Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə19/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Dastlabki rim shoirlari
Liviy Andronik (mil.a. 284-204) yunonistonlik birinchi rim shoiri , tarjimon, Rim mastaolarida yunon va lotin tilidan dars beradi. Qadimgi saturn vaznida «Odisseya» ni lotin tiliga tarjima qilgan. Ko‘p o‘rinlarda misralarni qisqartirib, ma'budlarning nomlari bilan almashtiradi. Lotin «Odisseya» si qariyb 2 asr davomida Rim maktablarida asosiy o‘quv kitobi bo‘lib xizmat qiladi. Liviy Andronik lotin tilida komediya va tragediyalar ham yozgan. Shoir o‘z tragediyalari mavzusini Evripid asarlaridan, komediya mavzularini esa Meneandr, Filemon hamda Difilning asarlaridan olgan. Liviy Andronik Rim adabiyotini boshlab bergan birinchi qaldirg‘ochdir.
Geniy Neviy (taxm. m.o. 270-200 y) tragediya va komediyalar ijodkori. Neviy ham Andronik singari tragik asarlari mavzusini yunon yozuvchilari asarlaridan olgan, lekin shu bilan birga, o‘z vatani hayotidan olingan mavzularda tragediyalar yaratish mavzusini birinchi bo‘lib boshlab bergan. Tragediyalarning qahramonlari sahnaga senatorlar kiyadigan alvon hoshiyali ustki libos, ya'ni protekst kiyib chiqadilar. Shu sababli asarlarni protektstata deb ataydilar.
Neviy birinchi marta Rim adabiyoti tarixida kontaminatsiya, ya'ni 2 ta yunon komediyasidan bitta Rim komediyasini yarata boshlaydi. Komediyalarda o‘tkir siyosiy satira, zamonasining zo‘ravonlarini masxara qilishdan cho‘chimaydi. Xullas, Neviy komediyalarida Rim hayotining milliy nafasi sezilib turadi. «Pun urishi» dostoni Neviy istedodining cho‘qqisi hisoblanadi. Bu dostonda Rim xalqining troyaliklardan tarqalganligi haqidagi rivoyatga Neviy birinchi badiiy tus beradi. Doston Karfagen urushi voqyealariga bag‘ishlangan. Asarda o‘t ichida qolgan Troya shahri tasvirlangan. Troya urushi qahramoni Eney ma'budalarning amri bilan shaharni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Mashaqqatlarni yengib Karfanen shahriga malika Didona huzuriga yetib keladi. Shundan so‘ng troyaliklar Italiya qirg‘oqlariga qarab yo‘l oladi. Eneyning avlodi Romul tomonidan Rimning barpo etilishi tasvirlanadi.
Kvint Enney shoirlari orasidagi eng yirigi (m.o.239-169) Italiyaning janubidagi Klambriya viloyatida tug‘iladi. Rimga ko‘chib kelib, Pun urishida ishtirok etadi. Keyinchalik lotin va yunon tillaridan dars beradi. Uning tragediyalari teatr sohasida uzoq umr ko‘rdi. («Gekuba», «Ifegeniya», «Aleksandr», «Medeya» va boshq.) Enniy o‘zining «Annallar» («Solnomalar») dostoni bilan shuhrat qozonadi. 60 ming misradan iborat 18 bobli bu asar butun Rim tarixini o‘z ichiga oladi. Shoir epitet, o‘xshatishlar va boshqa poetik vositalardan ustalik bilan foydalanadi. Lotin she'riyati qurilishini o‘zgartirib, eski saturn vaznini yunon gekzametri bilan almashtiradi. «Annanalar» dostoni esa imperiya davrlariga qadar lotin tilidagi yakkayu yagona ulug‘ doston bo‘lib qoladi. Enniy rimliklarni yunon falsafasini namunalar bilan tushuntiradi; masal, latifa, kulguli kichik asarlar, ya'ni «satiralar» (ko‘rama) to‘plami yaratadi.
Tit Makk Plavt (mil.o. 250-184) Italiyaning Umriya viloyatida tug‘ilgan. Rimning komediyanavisi hisoblanadi. Plavt Andronik, Neviy, Enniy usullarini davom ettirib yunon komediyalarini rim sahnasiga moslashtirish bilan shug‘ullangan. Plavt ijodining asosiy xususiyati – Rim madaniyati original ruhiga singdirib yuboradi. Plavt kontaminatsiya usullaridan ham keng foydalangan va o‘zidan qiziq-qiziq iboralar, maroqli hodisalar kiritgan. (Sharqda “Xamsachilik” an'anlarini eslang!)Plavtning «Maqtanchoq jangchi» komediyasi, eng o‘tkir va maroqli asarlaridan hisoblanadi. Asarda Pirgopolinik degan shaxs hyech qanday janglarda bo‘lmasa ham o‘zini jang maydonlarida ko‘rsatgan bahodirliklarini, surgan ayshu-ishratlarini tasvirlaydi. Shoir ham o‘z qahramoniga monand dabdabali nom beradi: Pirgopolinik, ya'ni «shaharlar va minoralar zavoli» demakdir.
Asardan ana shu xotinbozning ishqiy sarguzashtlari ham o‘rin olgan. Bu asar yunon tilidan ko‘chirilib, Prirgopolinikning obrazi orqali og‘ir urushlar paytida chetga qochib, urush tugagach, bo‘lmag‘ur bahodirliklari bilan maqtanib yurgan harbiylarning ustidan kuladi. Plavtning yana bir asari «Xumcha» komediyasi bo‘lib, unda Rim jamiyati uchun muhim masala o‘rin olgan, ya'ni boylik inson hulqini buzishi tasvirlanadi. Plavt asarida ellinizm zamonasida keng tarqalgan kinik va stoiklar falsafasidan foydalangan. Davlatmandlikning tashvishlariga qaraganda, betashvish kambag‘allik yaxshi degan g‘oyani ilgari surgan. Xuddi shu asar asosida keyinchalik E.Vohidovning «Oltin devor» asari dunyoga keldi. Plavtning yana bir katta asari - « Psevdol» («Aldamchi qul») hisoblanadi. Bu komediyada muhabbat mojarolari bayon qilinadi. Boshqa shoirlarda bo‘lgani kabi, Plavt komediyalari qahramonlari: - keksa otalar, o‘g‘illari, maoshuqa qizlar, sudxo‘rlar, askarlar, qullardir. Shular ichida Plavt ko‘proq qulga eotibor beradi. Plavtning nodir poetik mahorati uning asarlarini kattakon tekis yo‘ldan yevropa sahnasiga olib chiqdi. Shekspir, Molper, Golpdoni, Lope de Vega, Bomarshe, Lessing kabilar uning ijodiga murojaat qilganlar. «Mobodo muzalar lotin tilida so‘zlashishni istasalar, ular muqarrar Plavt tilini tanlashar edi» – deb Rim olimlaridan biri bejiz aytmagan. Chunki shoir asarlarining boshidan to oxirgi sahifasigacha ajoyib xalq iboralari bizni o‘ziga jalb qilib turibdi.
Rim kishisining axloqini ko‘tarishda va hayotini yoritishda Terensiy ijodi katta o‘ringa ega. Publiy Terensiy (mil.o. ( 195-159) Afrikaning Karfagen shahrida tug‘ilgan. Uni bolaligida Rimga keltirib sotadilar. Yangi xo‘jasi Tronsiy xushyor, serzehn bola ekanligini sezib qolib, unga yaxshi bilim beradi va keyinchalik qullikdan ozod qiladi.
Terensiy zamondoshlar singari komediya yozish bilan cheklangan. Shoir adabiy faoliyati atigi 6 yil davom etadi. Uning «Qaynona», «Androslik qizlar», «Jafokash», «Og‘a-ini», «Axta qul», «Formion» komediyalari muhim rol o‘ynaydi. Terensiy o‘zining ustozi Menandr izidan borib, barcha asarlarida gumanizm g‘oyalarini talqin etadi. Terensiy komediyalari adabiy tilning rivojida, oila munosabatlarini ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi.

  1. Miloddan oldingi II asrning o‘rtalaridan boshlab Rim jamiyatida keskin sinfiy ziddiyatlar sodir bo‘ldi. Urushlar davrida qo‘lga kiritilgan qullarni ekspluatatsiya qilish natijasida yuqori tabaqa vakillari yer egalariga aylanadilar. Bu ahvol qo‘zg‘alonning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Spartak rahbarligidagi qo‘zg‘olon Rim davlatidagi eng yirik qo‘zg‘alonlardan edi. Yirik yer egalari bilan dehqonlar o‘rtasida raqobat kuchaydi. Natijada qarama-qarshiliklar avj oldi.

Rimda sodir bo‘lgan sinfiy kurashlar natijasida falsafa, adabiyot va notiqlik sanoati rivojlanadi. Bu davrda tarixshunoslar, adabiyotshunoslar, yozuvchilar yetishib chiqdi. Bular orasida Sitseron, Lutsiliy, Polibiy, Yuliy Sezar, Lukrensiy, Katull kabi shaxslarni tilga olish mumkin. Bular o‘zlarining yaratgan ajoyib asarlari bilan Rim adabiyoti hazinasiga katta xissa qo‘shganlar. Demosfen darajasiga ko‘tarilgan – Mark Tuliy Sitseron miloddan oldigi 106 yillarda Rimning Arpina shahrida badavlat suvoriylar toifasiga mansub oiladi tug‘iladi. Sitseron yoshligidan yunon tilini o‘rganadi. U yunon faylasuflari yordamida yangi falsafiy oqimlar bilan tanishadi. Sitseron o‘zining salkam 40 yillik adabiy faoliyatida turli-tuman asarlar yozgan. Sitseronning asosiy kasbi-notiqlik bo‘lib, u so‘z yig‘in va majlislarda nutq so‘zlardi. Uning 150 ga yaqin nutqlari nashr qilingan. Sitseronning so‘z san'atiga atab yozgan 3 asari: «Orator haqida», «Brut» va «Oratorlar» benihoya katta qimmatga egadir.
(Og‘ziga tosh solib nutqini tuzatgan Demosfen. G‘olibona safardan qaytib, sohilda yiqilib, vaziyatni tuzatish uchun “O, ona Vatanim, seni qanday sog‘indim!” deya xitob qilgan Sezar).
Rimda tarixshunoslik er.av. II asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Bu paytda ijod qilgan eng birinchi tarixshunos Gay Yuliy Sezardir. (mil.o. 100-44 y). Yirik sarkarda, zamonasining notig‘i, yozuvchisi hamdir. Undan «Galliya urushi xotiralari», «Grajdan urishi xotiralari» degan yirik memuar asarlar bizgacha yetib kelgan. Bu asarlar qahramonni yozuvchining o‘zidir. «Bu urushni men emas, balki Rim halqining dushmanlari boshlagan» Respublikaning tinchligini istayman» degan edi uning o‘zi. Bu asr tilining sofligi, ravshanligi va benuqsonligi bilan til o‘rganish uchun noyob qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.
Ichki urushlarni to‘xtatish, o‘rtoqlariga ko‘mak berish maqsadida Epikur falsafasini targ‘ib qilgan mutaffakir shoir Tit Lukretsiy Kar. «Buyumlar hislati» asarining muallifidir. Shoir haqida ma'lumotlar deyarli yo‘q. Bu asar Epikur falsafasining lotin tilidagi she'riy bayonidan iboratdir. Lukretsiy bu asarda dunyoning tuzilishi haqidagi nazariyaga to‘xtaladi. Uning « Buyumlar xislati» dostoni 6 bobdan iborat. Uning ushbu ajoyib, serqirra, buyuk asari jahon adabiyotining nodir durdonasi hisoblanadi. Respublika tuzumining mag‘lubiyatga uchrashini sezgan tarafdorlar o‘zlarini siyosiy ishlardan chetga ola boshladi. Bu loqaydliklar natijasida jamiyatning oliy tabaqalari o‘rtasida san'at va adabiyotdan ovunchoq axtarish kuchaydi. Bu kayfiyat maxsus oqimni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu oqim noteriklar, ya'ni shoirlar deb atala boshlandi. Oqim miloddan av. I asrda vujudga kelgan. Shu oqim tarafdorlaridan eng mashxuri – Gay Valeriy Katulldir. (Mil.avv. 87-54). Katul asarlarida noterikning barcha xususiyatlari bayon qilingan. U. «Berenikaning kokili», «Attis» kabi she'rlarni yozgan. Katullning ko‘p she'rlari Klavdiya degan ayolga bag‘ishlanadi. Uning she'rlari sevgining shodligi bilan yangraydi. U ma'shuqasini Lesbiya deb ataydi. Lekin bir umr Katullga sevinch nasib qilmaydi. Katull ijodiga xos bo‘lgan she'riy vaznlar, soddalik, misralarning ravonligi, yengil yumorlar shoir asarlarida berilgan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə