Jahon adabiyoti


Mil.av. 31 yilda Rim tarixida yangi – davr yakka hukmdorlik davri boshlandi. Oktavian Avgust



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə20/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Mil.av. 31 yilda Rim tarixida yangi – davr yakka hukmdorlik davri boshlandi. Oktavian Avgust tomonidan joriy etilgan yangi idora usuli Rim quldolarini harbiy diktatura asosida jipslashtirdi. Oktavian barcha idora ishlarini o‘z qo‘liga olmaydi, o‘zini yangi grajdanin deb atash bilan qanoatlanib qoladi. U juda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi. Unga haykallar o‘rnatildi, unvonlar berildi. «Avgust» nomi ham (maqaddas ma'buda) uni ulug‘layotgandek bo‘lardi. U oilalarga, urf-odatlarga katta e'tibor beradi. Biroq shu davrda adabiyotning bir muncha turlari susayib, keyinchalik umuman yo‘qolib ketdi. Dramuturgiya Avgust zamonasida deyarli rivojlanmadi.
Publiy Vergiliy Maron mil.av. 70 yilda Italiyaning Montuya shahrida tug‘ilgan. U Kremonda, Milan va Rim shaharlarida tahsil oladi. Ritorika, falsafa, adabiyotni o‘rganadi. Vergiliy uchta asar yozgan: «Bukolikalar» (Cho‘pon she'rlari), «Georgikalar» (dehqonlar she'ri), «Eneida dostoni». Vergiliy «Chivin va kris» to‘plamlarini ham yozgan degan fikrlar bor.
«Bukolikalar» ning mazmuni, mavzusi, obrazlarini aksariyat hollarda Feokrit ideologiyasidan foydalangan. Uning qahramonlari o‘rmonzorlarda, o‘tloqlarda, chashmaning bo‘ylarida yashovchi oddiy odamlardir. Ular o‘z hayotlarini rohat-farog‘atda o‘tkazadilar. Feokrit ideoligiyasida cho‘ponlar betashvish hayot kechirgan bo‘lsalar, Vergiliy cho‘ponlari hayotiga kulfat va musibat aralashib turadi. Masalan, 1 va 3 eklogalarda o‘z hayotlaridan noliydilar (Avgust tomonidan Vergiliyning yer-mulki musodara qilingan). Eng mashhur ekloga IV eklogadir. Bunda shoir tez orada butun dunyoni o‘ziga bo‘ysindiruvchi bola dunyoga kelishi haqida yozadi. (Xristian dini, Iso). Uning sharofati bilan urushlar tugaydi, odamlar, hayvonlar o‘rtasida oqillik qaror topadi. Bukolikaning asosiy g‘oyasi dehqonchilikni ulug‘lash, oddiy qishloq hayotini madh etishdan iborat. «Georgikalar» (Dehqon qo‘shiqlari) 4 qismdan iborat bo‘lib, 1-qism- g‘allachilik, II-qism – bog‘dorchilik, tokchilik, III qism – chorvachilik, IV- qism- asalarichilikka bag‘ishlangan. Asar davomida shoir Avgustning nomini bir necha bor esga oladi, uning g‘alabalari, oliy fazilatlari ulug‘lanadi. Asar yozishda Gesiod ijodidan sezilarli foydalanilgan («Mehnat va kunlar»).
Shoir «Eneida» dostoni ustida o‘n yil ishlagan, lekin oxiriga yetkaza olmagan. Avgust topshirig‘i bilan taxrir qilingan. 12 bob va xotimadan iborat ushbu asarda Eney va uning hamrohlarining sarguzashtlari hikoya qilingan.

Vergiliyning zamondoshi va do‘sti Kvint Goratsiy Flakk mil.av. 65 y.Italiyaning Vinuziya shahrida tug‘ilgan. Goratsiy Metsenant bilan tanishib, ular o‘rtasidagi munosabat uni saroy doiralariga yaqinlashtiradi. Goratsiy asarlari: 1. «Epiodlar» deb ataluvchi 17 she'rdan iborat 2 ta to‘plam. 2. «Qasidalar» ; 103 she'r, 4 ta to‘plam. 3. «Nomalar» 23 she'r , 2 to‘plam. 4. «Satiralar» 18 she'r, 2 to‘plam. 5. «Bayram gimni» she'ri. Bu she'rlarning barchasi siyosiy, ijtimoiy va hayotiy masalalarga bag‘ishlangan.


«Qasidalar» Goratsiyning eng buyuk asaridir. U Sapfo, Anakreont va Alkeyga taqlid qiladi. Yunon lirikasining yutuqlari Rim she'riyatining shaklini boyitib, unga latif va nozik taronalar bag‘ishlanganligini Goratsiy o‘zining adabiyot oldidagi buyuk xizmati deb bilgan. «Qasidalar» mazmuni va shakli jihatdan xilma-xildir. 4 majmuadan iborat. XVII asr Fransuz klassitsizmning nazariyachisi Bualo Goratsiyni ustoz va murabbiy darajasiga ko‘taradi. Goratsiyni Arstotel bilan bir qatorda ko‘radi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə