Jahon adabiyoti


Tarixiy prozaning ikkinchi vakili Fukididdir



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə23/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Tarixiy prozaning ikkinchi vakili Fukididdir. Bu adib haqida ham yetarli ma'lumot yo‘q. Olimlar uni 470-460 yillar orasida tug‘ilgan bo‘lsa kerak deb taxmin qiladilar. 424 yili Peleponnes urushida qatnashib, Frakiya qirg‘oqlaridagi Afina flotiga qo‘mondonlik qiladi va yirik bir harbiy xatosi uchun davlat jinoyatchisi hisoblanib, Afinadan haydaladi. Taxminan 400 yillarda vafot etadi. U o‘z asarini Peleponnes urushi voqyealariga bag‘ishlaydi.
Notiqlik san'ati-jamoat oldida so‘zga chiqib, unga biron narsani tushuntirish yoki isbotlab berish zarurati qadim-qadim zamonlardan beri odamlarni dilkashlikka, so‘zamollikka rag‘batlantirib kelgan. Hatto Gomer ham o‘z poemalarida Nestor, Menelay va Odisseyning gapga nihoyatda chechan bo‘lganliklarini qayd etib o‘tadi. Biroq notiqlikning qadimgi namunalari yozma shaklda bizgacha yetib kelmagan. Asta-sekin bu san'at rivojlanib asosan ikki turga ajralib boradi:
Siyosiy notiqlik
Sud notiqligi. Keyinchalik uning uchinchi turi yuzaga keladi
Epidektik – ya'ni tantanali nutq notiqlari paydo bo‘ladi.
Epidektik notiqlar ulug‘ zotlarni va mashhur voqyealarni madh etib tantanali yig‘inlarda nutq so‘zlaganlar.
Notiqlik san'atini birinchi marta adabiy janr darajasiga ko‘targan va unga ilmiy tus bergan kishilar Sofistlar bo‘lganlar. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan va o‘sha kezlarda ijod qilayotgan so‘z ustalarining faoliyatlari namunasida notiqlik san'atining nazariy asoslarini ya'ni «Ritorika» ilmini yaratadilar.
Ritorika (orator, notiq)ning asl vatani Sitsiliya bo‘lgan. Qadimgi ritorikaning asoschilari deb Sitsiliyalik Korak hamda Tisey degan notiqlarni ko‘rsatadilar. Biroq ular haqida bizgacha hyech narsa yetib kelmagan. Bu notiqlarning vatandoshi bo‘lgan 483-376 yillarda yashagan Gorgiy haqida qisman bo‘lsada ma'lumotlar bor. 427 yilda o‘z shahri Leontina uchun harbiy yordam so‘rab, maxsus elchi sifatida Afinaga keladi. Xalq majlisida so‘zlagan nutqi bilan Afina yoshlari orasida kuchli taassurot qoldiradi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay Gorgiy Afinaga ko‘chib kelib shu yerda ritorik maktab ochib o‘z shogirdlariga so‘z san'atini o‘rgatish va notiqlik san'ati bilan shug‘ullanadi. Gorgiy asosan mifologik mavzularda tantanali nutqlar so‘zlagan, uning nomi ostida bizga qadar «elena» va «Polimed» sarlavhali ikkita yozma nutq yetib kelgan. Gorgiyning aytishicha notiqning eng muhim vazifasi tinglovchini ishontirish, uni maftun etish, rom qilishdir. Ellinizm davrining olimlari Afinada yashab, shu yerda ijod qilgan bir talay mashhur so‘z san'atkorlarining orasidan 10 tasini eng ulug‘lari deb biladilar. Ular quyidagilar:
Antifont, Andokid, Lisiy, Isokrat, Isey, Likurg, Demosfen, Esxil, Giperid va Dinarx. Bizgacha mana shu so‘z san'ati ustalarining asarlari yetib kelgan xolos.
Yuqorida nomlari zikr qilinganlar orasida eng mu'tabarlaridan biri Lisiy bo‘lgan. U 459-380 yillarda yashagan. Vatani Sitsiliyadir. Notiqning otasi Perikl taklifi bilan Afinaga kelgan va o‘rnashib qolgan. Lisiy hammasi bo‘lib 300 ga yaqin nutq yozgan. Shulardan 34 tasi bizgacha yetib kelgan. Ularning barchasi asosan sud nutqlaridan iboratdir. Lisiyning ulug‘ligi va san'atkorligining asosiy siri shundaki, u har qachon qo‘liga qalam olib so‘z yozishga kirishar ekan, o‘z oldiga faqat bir maqsadni qo‘yadi, u ham bo‘lsa so‘zlayotgan kishi haqida sud hay'ati dilida eng yaxshi taassurotlar qoldirish, uning har bir gapi yurakdan chiqayotgan chinakam, samimiy gaplar ekaniga ishontirishdir. Lisiyga buyurtma bergan odam kim bo‘lishidan qat'iy nazar notiq har qaysisining tabiatiga, bilimiga, jamiyatdagi o‘rniga mos keladigan, o‘zining monandligi bilan tinglovchilarni maftun etadigan uslubni topadi va shu yo‘sinda so‘zlovchining va uning nutqida nomlari zikr qilingan shaxslarning yorqin portretini chizishga muyassar bo‘ladi.
Notiqlik san'atini yanada yuksak bosqichlarga ko‘targan ikkinchi buyuk zot Demosfendir. U 384 yilda Afina shahrida anchagina badavlat oilada tug‘iladi, Biroq yetti-sakkiz yoshlarida otasi o‘lib, vorislari otasining mulkini talon-taroj qilib yuboradi. Voyaga yetgach merosni qaytarib olish maqsadida notiqlik san'atini o‘rganadi. Demosfen bir qancha vaqt Makedoniya istilosiga qarshi yunon xalqini o‘z notiqligi bilan birlashtirib ularning ruhini ko‘tarib, qo‘zg‘olonga chorlaydi. Necha bor urinmasin taqdir uni o‘z qahriga tortaveradi. Aleksandr o‘lganidan keyin yunonlar yana tutqunlikdan qutulish maqsadida urushga tayyorlana boshlaydilar. Bunda Demosfen ayniqsa juda katta tashabbus ko‘rsatadi. Biroq birlashgan yunonlar bu safar ham yengiladilar. Dushman qo‘zg‘olon rahbarlarining orqasidan quvib borib, ularni qurshab oladi. Tiriklayin dushmanga taslim bo‘lishni istamagan Demosfen zahar ichib o‘ladi. Shunday qilib ulug‘ vatanparvarning hayoti o‘z xalqining milliy ozodligi yo‘lida qurbon bo‘ladi. Demosfendan bizga qadar 61 ta nutq va 6 ta maktub yetib kelgan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə