Jahon adabiyoti


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə17/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:

  1. Antik adabiyot deganda qanday adabiyot tushiniladi?

  1. Mifologiya adabiyotga qanday ta'sir ko‘rsatgan?

  2. Yunon adabiyoti qanday davrlarga bo‘linadi?

  3. Qadimgi Yunon yozma adabiyotining ilk vakili va uning asarlari haqida nimalar bilasiz?

  4. «Homer masalasi».

  5. «Xronologik nomutanosiblik qonuni» ni tushuntirib bering.

  6. «Troya turkumi» ga qaysi dostonlar kiradi?



Adabiyot:

  1. Alimuhamedov N. Antik adabiyot tarixi, T., O‘qituvchi, 1980.

  2. Tronskiy N. Istoriya antichnoy lit., M., Vыsshaya shkola, 1988.

  3. Kun. Qadimgi Yunonistonning afsona va... T.

  4. Homer Iliada, T., G‘.G‘ulom nom. adab. va sanoat, 1998

  5. Esxil. Zanjirband Promotey. T., 1978.

  6. Sofokl. Shoh Edip. T., 1979.

  7. Evripid. Medeya. T., 1985.


MAVZU DAVOMI: QADIMGI YuNON DRAMASI
ReJA:

  1. Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda Yunon jamiyati;

  1. Dramaning paydo bo‘lishi;

  2. Esxil ijodi;

  3. Sofokl ijodi;

  4. Evripid ijodi.

Eramizdan avvalgi VII-VI asrda shakllangan yunon quldorlik jamiyati V asrda o‘zining eng yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Rosa yarim asr (499-449) bo‘lgan Eron-yunon urushida yunonlar g‘alaba qozoganlaridan keyin ilmu fan, madaniyat markazi kichik Osiyodagi Ioniyadan Afinaga ko‘chadi. V-IV asrlar adabiyoti Afina shahri joylashgan viloyat nomi bilan «yunon adabiyotning attika davri» deb ataladi. Afina 150 dan ortiq davlatlar (shahar) orasidagi eng kuchli va eng yirigiga aylandi.
Savdo-sotiq, mustamlaka-mamlakatlarni talash, xalqni ekspluatatsiya qilish natijasida V asr oxiriga kelib Afina davlati juda boyib ketadi. Afina demokratiyasi qulchilik asosiga qurilgan demokratiyadir. Afina fuqorosi huquqidan qullar va meteklar (boshqa yerdan ko‘chib kelganlar) mahrum edilar.
Afinaning eng gullab-yashnagan davri miloddan avvalgi V asrning 50-30 yillariga to‘g‘ri keladi. Bu paytda davlat tepasida Perikl turgan (500-429). U butun Yunonistondan faylasuf, shoir, haykaltaroshlarni Afinaga to‘playdi (faylasuf Anaksagor, Suqrot, tarixchi Geradot, tragediyanavis Sofokl, xaykaltarosh Fidiy va boshqalar).
Bu davrda Afinaning ichki qaloasi-Akropol va Parfenon ibodatxonasi quriladi. Bu ibodatxona markazidagi xunarmandchilik, donishmanchilik va taraqqiyot maobudasi Afinaga o‘rnatilgan 14 metrli haykal faqat sof oltin va fil suyagidan qilindi (shaharning yilliy mablag‘i miqdoriga teng).
Poeziya hamon adabiyotning asosiy turi edi. Davlat bilan fuqoro, shaxs bilan jamoa orasidagi munosabatlar adabiyotning asosiy mavzusi bo‘lgan. Jamiyatdagi ziddiyat va kurashlarni endi lirik hamda epik doston mukammal ifoda eta olmas edi. Shuning uchun yangi adabiy janrga ehtiyoj tug‘ildi. Bu janr drama edi (harakat). Bu yunonlarning (Homer dostonlari bilan birga) jahon madaniyatiga qo‘shgan katta hissasidir.
Taraqqiyot bosqichi mobaynida barcha xalqlar qo‘shiq aytib, raqs tushib, bajaradigan turli rasm-rusmlar bo‘lgan. Yunon dramaturgiyasining barcha turlari-tragediya, komediya, satirlar dramasi Dionisga bag‘ishlangan marosimlar asosida maydonga kelgan.
Afsonalarga ko‘ra, Dionis Zevs bilan Semela degan qizdan tug‘ilgan emish. Dionis o‘zining odamga o‘xshash, ammo dumdor, echki tuyoq hamrohlari (satirlar) bilan dunyoni kezib, odamlarni shod qilish maqsadida xudolar taomi – amvroziyani Olimp tog‘idan ularga keltirib bermoqchi bo‘lgan. Buni Olimp xukmdorlari sezib qolgach, Dionis amvroziyani yerga ko‘mib qochadi. U yerdan tok novdalari unib chiqadi va insonlarga shodlik keltiradi. Bundan achchiqlangan Zevs o‘z o‘g‘lini Olimp tog‘idan badarg‘a qiladi. Dionis vafotidan so‘ng Zevs uni gunohidan kechadi va Olimp xudolari qatoriga qabul qiladi. Dionis har yili 2 marta o‘z sharafiga bayram qilishni vasiyat qilgan ekan. Shundan beri Dionis may, shodlik, kayfi-chog‘lik rahnamosi bo‘lib qoladi.
Dionis shaoniga yozilgan maqtov qo‘shiqlar–difiramblarning dramatik janrga aylanishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi.
Difirambga birinchi aktyorni Fespid degan shoir kiritgan.
Aristotelning yozishicha, tragediya trago va oide so‘zlaridan kelib chiqib, “taka qo‘shig‘i” maonosini anglatadi. Insonlar Dionisni taka qiyofasida tasavvur etganlar.
Bayramlardagi hushchaqchaq hazillardan comos va oide, yaoni «masxarabozlar qo‘shig‘i» paydo bo‘lgan. Bora-bora qo‘shiqlarda Dionis sarguzashtlaridan chetga, boshqa mavzularga ham o‘tiladi. Satirlar xori real odamlar xori bilan almashtiriladi.
Keyinroq tragediya bilan komediyaning o‘rtasida turuvchi «satirlar dramasi» paydo bo‘lgan. Bu janrning ijodkori V asr boshlarida yashagan shoir Pratin xisoblanadi. Undan bizgacha hyech narsa yetib kelgan emas. Satirlar dramasi mustaqil ko‘rsatilmagan (tragediyalarning oxirgi qismida ko‘rsatilgan.)
Qadimgi Gretsiyada barcha o‘yinlar singari, teatr tomoshalari ham musobaqa shaklida o‘tkazilgan. Tragediyanavis shoirlar mazmunan bir-biri bilan bog‘liq 3 ta tragediya va 1 satirlar dramasini (tetralogiya, yaoni to‘rtlik) xakamlar hayoatiga topshirishi kerak edi. Komediyanavis shoirlardan faqat 1 ta asar talab etilardi. Asarini sahnalashtirishda xor rahbarlari-xoreglar katta rolp o‘ynaydi. Ular barcha harajatlarni o‘z bo‘yniga olishgan.
O‘sha davrdagi Afina teatriga 17 ming odam siqqan (teatr – «ko‘rish, kuzatish» degani).
Esxil (er. av. 525-456) chin maonoda «tragediyaning otasi» deb tan olingan.
Esxil hayotiga doir maolumotlar kam saqlanib qolgan. U 525 yili Elevesin shahrida aristokrat oilasida tug‘ildi. O‘z hayotida yirik ijtimoiy va siyosiy voqyealarning shohidi bo‘lgan. (Eroniylar bilan urush, Afina davlatida pul munosabatlarining mustahkamlanishi) 456 yili Sitsiliyaning Gela shahrida vafot etadi.
U 21 yoshida ilk bor dramatik shoirlar musobaqasiga qatnashadi
va 40 yoshida birinchi marta g‘alaba qozonadi. Umuman, u 13 marta g‘alaba qozongan.
Qahramonlik afsoanalari Esxil uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiladi. (Asosan Homer asarlari syujetidan foydalanilgan). Qahramon taqdiri 3 ta tragediyada aks ettiriladi. Undan so‘ng ana shu mifologik siklning syujetiga yozo‘ilgan satirlar dramasi bilan davom etadi. U 90 ga yaqin tragediya yozgan bo‘lib, bizgacha faqat 7 tasigina yetib kelgan.
Arastuning aytishicha («Poetika») Esxil birinchi bo‘lib aktyorlar sonini bittadan ikkitaga oshiradi, xor partiyasini kamaytirdi. Dialog asarning asosiy elementiga aylanadi. Aktyorning 2 ta bo‘lishi dramatik konfliktni kuchaytirishga ijobiy taosir o‘tkazadi. Ammo bu holatlarni Esxil ijodining so‘nggi davrida kuzatish mumkin xolos.
Esxil ijodining ilk namunasi «Iltijogo‘ylar» tragediyasidir. U aslida 3 qismdan iborat bo‘lib, keyingi qismlari bizgacha yetib kelmagan.
Asar syujeti shoh Danayning 50 qizi haqidagi «Daniadalar» afsonasidan olingan. Shoh Egiptning 50 ta o‘g‘illari, yaoni qizlarning amakivachchalari ularni zo‘rlik bilan xotinlikka olmoqchi bo‘ladilar. Qizlar panox izlab podshoh Pelasg yurtiga kelishadi. Yigitlar ham Argos shahriga yetib kelishadi. Ammo shoh Pelasg ularni (qizlarni) himoya qilishga tayyor ekanligini maolum qiladi. Xavf-xatar bartaraf qilindi, ammo qizlarning ko‘nglidan g‘ashlik ko‘tarilmaydi.
Asar oxirida «danaidalar» xoriga kanizaklar xori ham qo‘shiladi va Afrodita qudratini madh etadi.
Keyingi qismlarida (bizgacha yetib kelmagan) Egipit o‘g‘illari qizlarga uylanishadi, ammo qizlar kuyovlarini birinchi nikoh kechasi o‘ldiradilar. Faqat Gipermestra erini omon qoldiradi.
Asar dramatik qurilish jihatidan nihoyatda zaif bo‘lib, unda 2 ta aktyor bo‘lsa ham dialoglar juda ozchilikni tashkil etadi.
«Eroniylar» tragediyasi Eron-yunon urushiga (yunon adabiyotidagi zamonaviy mavzuda yaratilgan yagona asar) atab yozilgan, ammo bizgacha yetib kelmagan trilogiyaning 2- qismi hisoblanadi.
Uning «Oresteya» trilogiyasi bizgacha to‘la yetib kelgan. («Agamemnon», «Xoeforlar», «Evmenidalar» ). Esxilning saqlanib qolgan tragediyalari uning ijodini 3 ta davrga bo‘lish imkonini beradi.: 1) Ilk ppesalari («Iltijoygo‘ylar», «Eroniylar») uchun ikkinchi aktyordan unumli foydalanilmaydi, asosiy rolni xor ijro etadi.
2) «Fivaning yetti dushmani», «Zanjirband Prometey» asarlarida markaziy qahramon obrazi gavdalanadi, dialogga katta o‘rin beriladi.
3) «Oresteya» asarida kompozitsiya birmuncha murakkablashadi, ikkinchi darajali obrazlar asar dramatizmini oshiriga xizmat qiladi. Uchinchi aktyordan foydalanila boshlanadi.
«Zanjirband Prometey» asarining bosh qaxramoni bo‘lgan Prometey «eski avlod» vakillaridan, yaoni titanlar (xudolar) dan biri bo‘lib, Zevsning titanlar bilan urushida u tomonda bo‘ladi. Ammo Zevsning titanlar ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng insonlar avlodini yo‘q qilmoqchi va yangi nasl bilan almashtirmoqchi bo‘ladi. Bunga Prometey qarshi chiqadi. Olimp mehrobidan muqaddas olovni o‘g‘irlab, odamlarga keltirib beradi. Bundan g‘azablangan maobudlar titan boshiga ko‘p kulfatlar soladilar.
Esxil o‘z asarlarida ko‘pincha maobudlarni, yoki biror maqsad yo‘lida kurashuvchi, bukilmas irodali kishilarni tasvirlaydi. Shoir o‘z qahramonining yolg‘iz, birgina xislatini ochadi.
U foydalangan ko‘p dramatik uslublar keyinchalik eskirib, ishlatilmadi.

Sofokl 441 yili oliy lavozim – strateglikka saylanadi. Xukmdor Perikl bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lgan. U butun umrini izzat-ikromda, shonu-shavkatda o‘tkazib, 406 yili vafot etgan. O‘limidan so‘ng ulug‘ zotlar singari qahramon ko‘tarilib, har yili qabri ustida qurbonlik so‘yish taomilga aylangan. Uning 123 pepsasidan yettitasigina saqlanib qolgan. 1912 yil «izquvarlar» satirlar dramasidan katta parcha topilgan. Sofokl dramaturg shoirlar musobaqasida 24 marta g‘olib chiqqan.


U Esxil boshlagan ishni davom ettirib, tragediyaning tantanali lirik qo‘shiqdan chinakkam dramaga aylantirishda katta rolp o‘ynagan.
Agar Esxil asarlarida oliy kuchlar inson yurish-turishida faol ishtirok etgan bo‘lsa, Sofokl qahramonlari mustaqil harakat qilib, boshqa insonlarga nisbatan munosabatlarini ham o‘zlari belgilaydi.
Sofoklni to‘lqinlantirgan muammolar endi avlod taqdiri bilan emas, balki alohida individ taqdiri bilan bog‘liqdir. Bu narsa mazmunan bog‘langan trilogiyalardan (Esxilda shunday) voz kechishga olib keldi. Endi har bir asar alohida badiiy yechim va muammoga ega bo‘ladi.
Sofokl o‘z ijodi mobaynida xorni chiqarib tashlamagan bo‘lsa ham unda xor qo‘shiqlari qisqarib bordi va bu voqyealar suroatini tezlashtirdi. Sofokl tomonidan kiritilgan yana bir yangilik – dramaga uchinchi aktyorning kiritilishi bo‘ldi.
Uning «Shoh Edip», «Antigona», «Edip Kolonda», tragediyalarining syujeti afsonalarning Fivan turkumidan olingan. «Elektra», «Filoktet», «Ayaks» asarlari Troya afsonalari mavzusida yozilgan bo‘lsa, «Traxinali ayollar» Gerakl haqidagi rivoyatlar asosida yozilgan. Antik dunyodagi hyech qaysi dramaturgning asari jahon adabiyotida « Shoh Edip» tragediyasi kabi chuqur iz qoldirmagan. Bu asar taosirida XVIII asr oxiri XIX boshlarida yevropa adabiyotida «Taqdir tragediyasi» deb ataluvchi adabiy oqim paydo bo‘lgan va u Shekspirning «harakterlar» tragediyasiga qarshi qo‘yildi.
Qahramonlarning tabiatini chuqurroq ochish maqsadida Sofokl turli usullarni qo‘llaydi. Ulardan biri taqoslash usulidir. Ikki qaramonni yonma-yon qo‘yib tasvirlashning eng mohir namunasini «Antigona» tragediyasida ko‘ramiz.
Asar Antigona va Ismenaning suhbatlari bilan boshlangan. (Polinikning jasadini dafn etish haqida). Yozuvchi Antigonani beozor, dilrabo, muloyim, mehribon, ammo jasoratda singlisi bilan taqqoslab, o‘z qahramonini balandroq maonaviy yuksaklikka ko‘taradi.
Sofokl o‘zining ajoyib obrazlari bilan bir qatorda, dramatik voqyealarni ustalik bilan bir-biriga bog‘lagan sanoatkor sifatida ham mashhurdir. Gyotening fikricha, sahnani va o‘z kasbini hyech kim Sofokldek bilgan emas.
Qadimgi tragediyaning yana bir vakili Evripid (er.av. 480-406 y.) Afina yaqinidagi Salomin orolida tug‘ilgan.
V asr oxirida komediyanavislar shoirga ko‘p taona va maolomat yog‘dirdilar. Natijada, Evriped Makedoniyaga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi va ana shu yerda vafot etadi.
Evripid teatr musobaqalarida faqat uch marotaba g‘olib chiqqan. Lekin keyingi asrlarda (Ellinizm davrida) u o‘z xalqining eng sevimli tragik shoiriga aylandi. U jami 92 ta asar yozgan bo‘lib, bizgacha ularning 19 tasi yetib kelgan. Masalan: «Alkestida», «Medeya», «Geraklitlar», «Ippolit», «Elektra» «Andromaxa», «Troyalik ayollar» va boshqalar. Bu asarlarning hammasi Sofokl va Exsil singari mifologik afsonalar mavzuida yozilgan. Evripid o‘z asarlarida zamonasining turli-tuman muammolari bilan birga psixologik muammolarni ham qo‘yadi. Jahon adabiyotida Evripid avvalambor, ayollar obrazi va psixologiyasini mahorat bilan tasvirlagan shoir sifatida mashxurdir.
Uning eng kuchli tragedliyalaridan biri «Medeya» hisoblanadi. Asar syujeti «Argonavtlar» afsonasidan olingan.
Bir qancha Yunon pahlavonlari Yazon boshchiligida oltin qo‘chqor juni – yapog‘ini olib kelish uchun «Argo» degan kemaga tushib, Kalxida eliga jo‘naydilar. U yerda podshohning qizi, quyosh maobudi Geliosning nabirasi Medeya Yazonni sevib qoladi va uni deb ota-onasidan kechadi, akasini o‘ldiradi. Yunonistonga kelgach, sehr bilan Iolk podishohi Yazonning amakisi Pelyni ham o‘ldiradi. Shu jinoyatlari ayon bo‘lib qolgandan so‘ng ular ikki bolalari bilan Korinf shahriga qochadilar. Butun martabalaridan ajralgan Yazon, o‘z mavqyeini o‘nglash maqsadida Korinf shohi Kreontning qizi Glafkaga uylanmoqchi bo‘ladi. Evripidning asari xuddi ana shu yerdan boshlangan. Bevafolikdan g‘azablangan Medeya eridan qasos olishga ahd qiladi. Medeya qasos rejalarini tuzadi. Bolalarini kundoshiga qoldirishga roziligini va kelinchakka to‘y sarposini o‘zi taqdim etishga eridan ruhsat oladi. Bolalaridan zaharlangan kiyimlar va taqinchoqlarni Glafkaga berib yuboradi. Kelinchak sarponi kiyishi bilan tillaqosh boshini siqib, kiyimlarini o‘t olib ketadi, Qutqarmoqchi bo‘lgan otasi ham o‘ladi. Medeya eriga yanada kuchliroq alam o‘tkazish maqsadida bolalarini ham o‘ldiradi. Asar oxirida osmonda qanotli ajdarholarga qo‘shilgan arava paydo bo‘lgadi. Unda Medeya o‘tirar va uning oyog‘i ostida ikkala o‘g‘lining jasadi yotar edi.
Yazon xotinidan aqalli bolalarining jasadini tashlab ketishni so‘raydi. Lekin arava ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Evripid Yunon tragediyasida qo‘l urilmagan ishq-mahabbat mavzuiga «Ippolit» tragediyasiga qo‘l uradi.
Afina podshoxi Tezeyni oldingi xotinidan qolgan o‘g‘li Ippolit qobil, aqlli va halol yigit. U maobudalar orasida faqatgina sayyod (ovchi)lar rahnamosi Artemidani qadrlaydi. Bu ishq maobudi Afroditani g‘azabini keltiradi va shahzodani jazolash maqsadida uning o‘gay onasi Fedra qalbida o‘gay o‘g‘liga nisbatan muhabbat olovini yoqadi.
Umuman qadimgi Yunon dramasi antik adabiyotning yuksak badiiy kamolotidan darak beradi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə