Jarayonni tashkil etish


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 266,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix01.03.2023
ölçüsü266,14 Kb.
#101729
1   2   3   4   5   6   7   8
921-928 (1)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00683 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 925 www.ares.uz 
bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta’lim sifati va tarbiya mohiyati bilan 
chambarchas bog’liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada 
amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni 
o’zida mo’jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi.
 
 
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda ta’lim 
jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni 
shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash
qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik 
uyg’otishdir. Pedagogning ko’p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy 
bo’lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat 
siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik mahoratga ega bo’lgan 
pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbar, o’sib 
kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini tushuna oladigan, ularning 
tuyg’ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bo’lgan bola shaxsiga mohirlik 
bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va 
fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo’lgan shaxslardir. 
Mustaqil O’zbekistonda pedagoglik kasbiga hurmat e’tibor va uni sharaflash 
beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo’yiladigan mas’uliyat ham katta. 
Hozirgi kunda o’zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o’qitish va 
tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo’shayotgan ijodkor pedagoglar, olimlar, 
tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Bularning barchasi mustaqil 
O’zbekiston diyorida pedagog shaxsiga bo’lgan e’zoz, e’tibordan dalolatdir. 
Imom al Buxoriyning «Al – jomi’ as – sahih» hadislar to’plamining «Ilm kitobi» 
bobida ilm egallash fazilati va xosiyatlar, ilm o’rganish va o’rgatish odobi to’g’risida 
ma’lumotlar berilgan. Ushbu bobda ilm o’rgatish va o’rganishga doir hadislar 
keltirilgan. Ularning tahlili, ilm o’rgatuvchiga nisbatan didaktik talablar, pedagogik – 
axloqiy g’oyalarni ifodalashga imkon beradi. Bugungi kunda ham pedagoglar 
malakasini oshirish jarayonida, ularning pedagogik, psixologik tayyorgarligi, bilimi, 
muomala madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy fan sirlaridan xabardor qilish, axborot 
va kommunikatsiya ko’nikmalarini singdirish va milliy psixologik omillarni e’tiborga 
olish kerak. Yuksak saviyali, mahoratli ustozlargina xalq orzusidagi barkamol insonni 
tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi. Ilmga chanqoq o’zbek xalqida 
ziyoli, ilmli insonlarni e’zozlash, ular faoliyatiga havas bilan qarash xususiyati 
mavjud. 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda bu 
borada to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, mamlakatni ijtimoiy-



Yüklə 266,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə