Jarayonni tashkil etish


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 266,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix01.03.2023
ölçüsü266,14 Kb.
#101729
1   2   3   4   5   6   7   8
921-928 (1)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00683 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 922 www.ares.uz 
kelajakda kim bo’lib yetishishlari, qanday fuqarolik pozitsiyani egallashlari bilan 
bog’liq holda qaraladi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Respublikamizda 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi 
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish” kontseptsiyasini ishlab 
chiqildi. Kontseptsiya O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni 
rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo’nalishlari, o’rta va uzoq muddatli 
istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini 
rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish 
uchun asos bo’ladi. [1] 
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh 
avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma’naviy salohiyatini oshirishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb emoqda. Bu 
borada pedagog rahbar–jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’ygan ijtimoiy 
buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar.
Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining 
rivojlanishi davrida maktabgacha ta’limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, 
ularga zamonaviy ta’lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak 
bo’lgan muammo hisoblanadi. Aynan, maktabgacha ta’limni isloh qilishda bolaning 
maktabga tayyorgarligi bilan belgilanuvchi ta’lim sifatini oshirish muhim va zaruriy 
bo’lib hisoblanadi.
Shu jihatdan olganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini 
ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot 
texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur vazifani amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar 
xodimlarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo’lish 
talab etiladi. «Avvalambor, uning vatanparvar va yurtparvarlik fazilatlariga ega 
bo’lishi, ona yurtini chin qalbidan sevishi va ardoqlashi, el-yurti uchun o’zini 
ayamasligi, kerak bulsa, bu yo’lda jonini ham fido qilishiga tayyor bo’lishini, o’z kasb-
korining ustasi, shu ishning chinakam bilimdoni, bu borada boshqalarga o’rnak 
bo’lishini kutadi. Jamoatchilik, halq rahbar shaxsning mustaqil dunyoqarashi, keng 
fikrlashi, uzoqni ko’ra bilish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turishini, iymon-
e’tiqodi mustahkam, irodasi baquvvat, or-nomusli, harom-xarish ishlardan hazar 
qiladigan, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkorlik fazilatiga ega bo’lishini, 



Yüklə 266,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə