Jarayonni tashkil etish



Yüklə 266,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix01.03.2023
ölçüsü266,14 Kb.
#101729
1   2   3   4   5   6   7   8
921-928 (1)

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng 
miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o’zgardi, 
zamonaviy o’quv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan ta’lim 
maskanlari sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. 
Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatining pedagogik-psixologik asoslari, davlat 
va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil 
etishning pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini 
tashkil etishning xukukiy-me’yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00683 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 924 www.ares.uz 
ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o’rganish va shu asosda chora-
tadbirlarni belgilash, amaliyotga joriy qilish ishlari jadallashmoqda. 
Maktabgacha ta’lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi 
ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda 
rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash 
vazifalari bilan uyg’unlikda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalari to’g’risida e’tirof 
etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma’naviy 
barkamol shaxs bo’lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-ma’naviy 
jihatdan o’sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib 
keladi. 
MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, 
yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha 
ta’lim jarayonida insonparvarlik omilini ta’minlaydigan ustozlarning shaxsiy 
sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik
xushmomalalik.
 
Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim-tarbiya oluvchilar uchun 
ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o’qitish va tarbiyalash mahoratiga 
ta’sir ko’rsatadi. 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o’zining “Buyuk kelajagimizni mard 
va olijanob halqimiz bilan birga quramiz” kitobida: “O’z xalqiga fidoyi, biz 
boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo’lgan, har tomonlama yetuk rahbar 
oldida dolzarb vazifa – kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi”-
degan fikrni e’tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar 
rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi
rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo’lmokda. SHuning uchun 
insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik 
jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi.
Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati – tarbiyachi va xodimlarning kasbiy 
rivojlanishi tavsifi bo’lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos 
kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan 
belgilanishi e’tirof etiladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini 
rejalashtirish, uni amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan 
emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalari, mustaqil ravishda 
olgan bilimlari bilan bog’liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama 
taraqqiy etgan, aqlan va ma’nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni 
maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi 



Yüklə 266,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə