Jismoniy tarbiya va sport pedagogining kasbiy etikasi fanidan


Ma’ruza-4. Pedagogning kasbiy madaniyati va odob ahloqi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə12/45
tarix24.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#118822
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Методик қўлланма Нуруллаев Абдурашид 2022

Ma’ruza-4. Pedagogning kasbiy madaniyati va odob ahloqi.
O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha.
O‘qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil haroratini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. SHuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchilik kasbi, o‘qituvchi axloqiy qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo‘llik ham talab etiladi.
Muallimning bilimdon bo‘lishi, ma’naviy barkamolligi o‘quvchi shaxsining shakllanishiga ijobiy axloqiy ta’sir o‘tkazadi.
O‘qituvchi halollik, rostgo‘ylik, axloqiy poklik, odamiylik, kamtarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi pedagogik odobining muhim talab- qoidasidir. Muallim deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol- javob qiladi, ularning yaxshi xulqi, ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya xatti - harkati uchun tanbeh beradi.
Albatta, o‘qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin, lekin u hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i lozim. Sinfda o‘qituvchi "yaxshi ko‘radigan", "yomon ko‘radigani" bor degan taassurot tug‘ilmasligi kerak
Fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat o‘quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgatish va jalb etishni talab qiladi. Xullas, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun bo‘lajak muallim yuksak pedagogik odob madaniyatini egallashi zarur. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik odobning talab va qoidalarini bilib, o‘zlashtiri6 olishi, tajribada pedagogik faoliyatda qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi va ahlokiy tajribasi bilan boyitishi lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida pedagogik odobning talab va qoidalari o‘qituvchining shaxsiy e’tiqodiga, axlokiy fazilatlariga aylanadi.
Har qanday mutaxassis odob-ahloq namunalariga ega bo‘lishi tabiiy, lekin pedagogik odoblilik mutlaqo o‘zgacha holdir. Chunki tabiatga, jamiyatga, notanish kishilarga, jism va ashyolarga, o‘z-o‘ziga munosabatda haqiqiy mezon rolini bajaruvchi qobiliyatga ega bo‘lishlik aynan o‘qituvchi shaxsida mujassamlashadi. Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter xususiyati, xulq, faoliyat, muomala qoidalari, qonuniyatlari va ko‘nikmalaridan me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi:

  • emostional his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar xossalari, chegaralariga batamom rioya qilish;

  • xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash; bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini tiyish;

  • nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik;

  • hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish, manmanlikni namoyish etmaslik;

  • o‘quvchilar va o‘kituvchilar jamoalari bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda rasmiy, qat’iy boshqaruvchanlik uslublariga asoslanish va hokazo.

O‘qituvchi - ziyolilar ichida ma’naviy dunyosi muayyan darajasi bilan tafovutlanib, ko‘rsatkichi bo‘yicha ancha yuksaklikka ega inson. Uning bu darajaga erishishi manbalari - o‘qituvchining kundalik, ijodiy izlanish faoliyatining ko‘rinishidan, ijtimoiy status va rolni qat’iy ijro etishdan iborat. O‘qituvchining kasbiy mahoratidan tashqari, uning siyosiy, iqtisodiy, tarixiy bilimlarga ega bo‘lishidek zaruriyati, ehtiyoji, imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik nazokat o‘qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, bolalar bilan psixologik kontaktni saqlashga yordam beradi.
O‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib o‘zida muloqotning demokratik uslubini shakllantiradi, o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi.
Pedagogik nazokat o‘qituvchiga bolalar bilan muloqotda konflikt (qarama - qarshilik)dan qochishga, o‘zaro munosabatni to‘g‘ri kurishga yordam beradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə