K. Mahknmdjonov, L. lnozemseva



Yüklə 326,12 Kb.
səhifə1/25
tarix24.12.2023
ölçüsü326,12 Kb.
#159781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Sport bayramlarini tashkil qilish va otkazish metodikasi


O‘ZIłSKISTON ltlîsl UBLIKASI
OLIY VA łJ‘RTA !YIAXSUS TA’LIM VA7.I RUGI


K.Mahknmdjonov, L.lnozemseva, F.Nurmatov, L.Riistamov

SPORT BAYRAMLARINI TASIIKIL QILISH VA O‘TKAZISH METODIKASI


(darslik)

Toshkcnt
«IQTlSOD-MOLIYA» 2008



Teqrizchila r: f.d., professo , M.E. Xqydarov;
p. £.n., professor €.Xo’jayev


Professor: K.Mahkamdjonov umumiy tahriri ostida

Ushbu darslik kichkintoy bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda umumta’ lim maktablari bilan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari va sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi kursi bayon etilgan bo‘lib bo‘lajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga, bog‘cha tarbiyachilariga mo‘ljallangan. Kitobda holalar faoliyatini kuchaytirish, xushchaqchaqlik, yuzlarida tabassum, mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqish va boshqa fazilatlarni tarbiyalash ko‘zda tutilgan. Bu darslikdan OO‘YU professor-o‘qituvchilari, umumta’lim maktab o‘qi- tuvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kollej o‘qituvchilari unumli foydalanishlari


mumkin.

Bilim sohasi: Ta’lim sohasi:
Bakalavriat yo‘nalishi:

100000 — Ta'lim


140000 — O‘qituvchilar
5141900 — Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat
0 «IÇTïSOD-MOLIYA*, 2008
0 K.Mahkamdjonov, L.lnozemseva,
F.Nurmaiov, L.Rustsmov, 2008

Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’limni va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Shu boisdan ta’lim tiz.imini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat lıayotida faol ishtiriok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma'naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan hisob- lanadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomalligini shakllantirishning, sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr- muhabbatni singdirishning g‘oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sporti rivojlantirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi davlatimiz tomonidan respublika aholisining salomatligi to‘g‘risida g‘amxo’rlik qilishdir. Shu borada mamlakatimizda ta’lim tizimini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun turli tadbirlari o‘tkazish ko‘zda tutilishi lozim. O‘quvchilarni jismoniy jihatdan nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularni bu boradagi jismoniy harakat ko‘nikma va malakalar bilan oshno qilish, mazkur fanning asosiy vazifalaridir. O‘quvchilar sog‘lig‘ini yaxshilash, ularni jismoniy rivojlantirish, bolalarga j ismoniy chiniqish va sport bo‘yicha bilim berish maktabdagi jismoniy tarbiya dars[arida, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Bu vazifalami bajarish, bolalar sog'lig‘ini asrash, ularni har tomonlama garmonik rivojlantirish, barkamol avlodni tarbiyalashni eng kichik yoshdan boshlab uzluksiz ta’lim tizimi asosida boshlang‘ich sinflararo davom etilishi lozim.
Olimlaming ko‘rsatishicha, bola maktabga kelguncha 80 % harakatda bo‘lar ekan. Lekin maktabga kelganda uning harakatlari keskin kamayadi. 3-4 soat, balki 5-6 soatlab darsda o‘tirishi, maktabda olgan o‘quv vazifalarini uyida bajarishi, televizor ko‘rishi va boshqalar bolalar harakatsizligini borgan sari oshirib bormoqda.
Ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan doimiy haftada 2 soatli
jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilaming haftali harakatga bo‘lgan ehtiyoj lariga hamda ulaming jismoniy tayyorgarligini ta’minlashga javob bera olmaydi. Bu vazifalari amalga oshirish uchun sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarini, sport to‘garak

3
ishlarini, targ‘ i hot ishlarini hainda jismon iy tarbiya va sport bo‘yicha bil i in berishni yaxshilash va jonlashtirish lozim. Ayniqsa, j ismoniy mashqlar bilan inustaqil shug‘ullanish inalakalarini oshirish, uning zaruriyati va qiy matini to‘g‘ri tushuntirish flank zarur, kerakli mashqlarni tanlab majmua tuzish qobiliyatini shakllantirish kerak. Bolalarning harakat faolligini oshirishda kun tartihida o‘tkaziladigan sog‘loinlash- tirish tadbirlari, ayniqsa ommaviy sport bayramlari, inusobaqalari yetakchi rol o‘ynaydi.


Zamon talabini hisobga olgan holda hamma fanlar bo‘yicha maktab dasturlari o'zgardi, shu jumladan jismoniy tarbiya bo‘yicha Ham, o‘quvchilar oldida yuqori darajal i talablar qo‘yilgan. Bu dastur talablarga javob berisli maqsadida o‘quYchilar bilimga ega bo‘ lish uchun iraktabda va uyda o‘quv ishlari bilan shug‘ ułlanadilar. Albatta, bunday katta aqliy yuklama isliini bajarish uchun baquvvat va jismonan sog‘ loin bo‘lish kerak. Sir emaski, sog‘low bola hamma vazifalarní y uqori darajada sifatli bajaradi, u iroda, intiluvchan qizìqishga ega bo‘ladi.
Baxosiz dori-darmonlardan biri — bu jismoniy mashqlardir. Öu to‘grida Abu Ali Ibn Sino birinchi bo'lib ilmiy asoslab “Badantarbiya bilan muntazam shug‘ullanib borgan odam uchun dori-darmonga zaru- riyat qolmaydi” degan.
Yuqorida qayd etilgan talab va vazifalami amalga oshirish o‘qituvchilar zimrnasiga tushadi. Agarda boshlang‘ich .sinflarda l - sinfdan boshlab j ismoniy tarbiya darslarini mutaxassis o‘tkazayotgan bo‘Isa, bolalar jismoniy tayyorgarl ik holati yaxshi bo‘ladi. Aksincha, j ismoniy tarbiya mutaxassisl igiga. ega bo‘lmagan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari j ismonîy tarbiya mashg‘ulotlarini of ib borsalar, annal iyot ko‘rsatishicha, o*quvchilar j ismoniy iayyorgarligi juda past bo‘ladi. O‘qituvchilariiniz yetishinaydi. Boshlang‘ich sinf jismoniy tarbiya o‘qîtuvchilarini hech qaysi Universitet yoki pedagogika institutlari tayyorlamaydi. Kollej larni bitirgan boshlang‘ ich sinf o‘qituvcliilari yetarli darajada bu fan bo‘yicha bilimga ega bo' la oliraydilar. Shu boradan, ular o‘tkaxayotgan j ismoniy tarbiya darslarining sifati zsmon talabiga javob bera olmaydi. Demak, o‘quvchilar j ismoniy tayyorgarligi ham past. Bu yoshdagi o‘quvchilar — oltin yosh deyiladi. Chunki ular murakkab harakatlarni yengil o‘zlashtira oladigan yosh davri bo’ladi. Shuning uchun ko‘p sport turlari bo‘yicha bolalarni 5-7 yoshdan sport maktablariga qabul qiladi.
Shu sababdan, eng avvalo bolalarning “Salomatlik” poydevorinî eng kichik yoshdan ko‘rishni bosh lash kcrak. “Salomatlik”ning
omillaridan biri jismoniy tayyorgarligini va rivojlanish ko‘rsatkichlarini hamda organizmning funksional o‘zlashtirishlarini aniqlashdir.
Aholining “Salomat”ligi ko‘p omillardan iborat. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy siyosat davrida, eng avvalo, respublikaning iqlim sharoit va etnik sharoitlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya tizimining tarkibini ilmiy asoslash lozim.
Ikkinchi tomondan “Salomatlik”ning asosiy omili jismoniy tayyorgarlikdir. Bu masala bo‘yicha amaliyot katta tajribaga ega. Ular turli mashqlami bajarish natijalarini yaxshilash, harekat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, harekat faolligini oshirish, harakat texnikasini o‘rgatish, sifatini ko‘tarish va jismoniy harakat sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
Afsuski, hozirgi davrdagi jismoniy tarbiya mutaxassislariga yetishmovchilik, boshlang‘ich maktablarda moddiy bazalaming to‘la javob beradigan darajada emasligi bolalaming jismoniy tayyorgarligi, j ismoniy sifatlarining rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilmoqda.
Qadim zamondan o‘yin odam hayotining zarur qismi hisoblangan, chunki u yoqimli j ismoniy yuklamani yetadi darajada beradi, munosa- batda bo‘lish talablarini qoniqtiradi, tarbiyalaydi hamda tashqarida ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi, shu jumladan ham ko‘ngilochar, dam olish holatini va kayfiyatni yaxshilaydi.
Hamma davr pedagoglarining ko‘rsatib o‘tishicha, o‘yin bolalarda shodlik, quvonch, tabassumni ta’minlaydi, bolaning ko‘ngli shakllani- shiga, ochilishiga ijobiy ta’sir etadi, bolalar jismoniy kuchini va qobi- liyatlarini rivojlantiradi.
Umuman o'yin o‘g‘il va qiz bolalarni nima uchun o‘ziga tortadi? Eng avvalo o‘yin holatini har doim o‘zgarib turishi va harakat jarayonining qiziqligi bilan, to‘satdan kelib chiqadigan holatdan mustaqil chiqib ketish, o‘z kuchini o‘z tezkorligini, kuch va chidamliligini ko’rsatish, o‘rtoqlari bilan hamkorlikda bo‘lishni maqsad qilib qo‘yishi va boshqalar. Hatto o‘tkazi1adigan harakatli o‘yin nomi- ning o‘zi bolalarda ijobiy tabassum, kayfiyat, yoqimli hayajonlanishni olib kelishga ko‘maklashadi. Harakatli o‘yinlar nafaqat kichkintoy botalarga balki kattalatga ham juda yoqadi. Ular ham sevinch bilan o‘ynaydilar. Shuning uchun O‘zbekiston pedagogikasi bolalar o‘yinini rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya dasturiga kiritilgan, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida juda katta o'rin egallaydi, o‘tkaziladi hamda bolalar kun tartibiga kiritiladi va mustaqil bajariladi. Harakatli o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Quvnoq .startlar ”. Buni biz televizorda bolalar sport bellashuvini ko‘rib hayajonda bo‘ lamiz. Bu bellashuvlarda harakatli o‘yinlar asosiy o'yinni egallaydi. Bunda musobaqalarda bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, sportchi oilalar, rahatla jamoalari ishtirok etadilar. Bu musobaqalar kichik bo'lsa ham, tomoshabinlar hayajonlanishi, kayfiyatı, ijobiy shovqinlik hamda sport maydonida bo‘layotgan qizg‘in beIla- shuvlar mutlaqo katta musobaqalardan qol ishmaydi. Shuning uchun O‘zbekiston pedagogikasi o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash uchun o‘yindan yanada har tomonlama garmonik rivojlanishiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga ko’maklashadi.


Qanday o'y inlar maktabda o‘tkazilishi lozim, qanday o‘yinlami musobaqalarga k iritish mumkin? Ko‘p o‘yinlar murakkab tayyorgarlikni talab etmaydi va bolalarga tanish bo‘ladi. Ular sport inshootlarini yoki sport buyumlarini talab ham etmaydilar. Shular bilan birgalikda, ishtirok etuvchi bolalar ham bir-birini, ulaming kuch-quvvat, iroda, chaqqonlik va boshqa fazilatlarini yaxshi biladilar.
Albatta, o‘g‘il bolalar ko‘pincha kuch, tezkorlik va chaqqonlikni ko‘rsata oladigan o‘yinlami sevadilar, qizlar esa arqonchalar va kichik koptok bilan o‘yinlarni yoqtiradilar. Lekin bu o‘yinlarda ham chaq- qonlik, tezkorlik, chidamlilik va boshqa fazilatlami ko‘rsatish mumkin.
“Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi o‘mini ongli ravishda o‘zi belgilaydi" — Islom Karimov.
Jismoniy tarbiya dasturlarida nazariy bilim asoslari qismida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha nazariy bilimlami shakllantirish masalasi juda sust yoritilgan, balki yoritilmagan desa ham bo‘1adi, ayniqsa, mustaqil o‘rganish, mustaqil jismoniy sifatlami rivojlantirish, mustaqil jismoniy mashqlarni o‘tkazish, mustaqil harakatli o‘yinlarni tashkil qilish, umuman jismoniy mashqlarni kelib chiqishi, organizmga jismoniy ta’siri, olimpiya o‘yinlari to‘g‘risida sport maydon o‘ lchamlari, jismoniy sifatlarni tarbiyalash yo‘llari va shu kabilar nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari lozim.
Umumta’lim maktablari sharoitida o‘quvchi[ar harakat tanibini to‘g‘ri tashkil qilish asosida o‘quvchilarni salomatligi va ishchanligining yaxshilanishi hamda mustahkamlanishi amalga oshiriladi, bu esa maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollej larining o‘quvchilami har kuni jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini ta’minlaydi va isloh talablariga javob beradi.

6
Ratsional kundalik tartib o‘z ichiga barcha jismoniy tarbiya va sog‘ lomlashtirish ishlarini qaınrab oladi. Bunday sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘quv mashg‘ulotlari bilan bog‘langan holda o‘tkazi1ishi o‘quvchilarda harakat faolligini yuqori darajada bo‘lishini taminlaydi. Bu esa o‘quvchilarda charchash holatini yetarlicha pasaytiradi va o‘quv ishlari samaradorligini oshiradi.


Ushbu kitobda ma’ruzalar asosida ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda sport bayramlarini tashkil qilish masalalari keng bayon etilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmada didaktik qonuniyat asosida o‘quvchilar yoshi, j insi, tayyorgarligi va o“quvchilaming pedagogik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan.
Butun o'quv yilida ayniqsa muntazam o‘tkaziladigan sog*lomlashtirish tadbirlari va sport bayramlarîni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasiga, ularning qonuniyatlariga asosiy o‘rin ajratilgan.
Bolalar sportini rivojlantirish qaroriga binoan pedagogik univer- sitetlar va institutlaming boshlang‘ich ta’finn hamda maktabgacha tar- biya fakultetlarida 2-chi mutaxassislikni ochish to’g’risida qaror chiqdi. Albatta bu kadrlarni tayyorlash hamda boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya mutaxassislari bilan ta’minlashga katta imkoniyat yaratadi.
Bu albatta yurtboshimizning va davlat rahbarlarining kelajak avlodning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rligidir. Shu boradan kadrlarni tayyorlab ta’minlaydigan OO‘Yu professor-o‘qituvchilari yangi dasturlar ishlab chiqdilar hamda shu dasturlarga va davlat ta’lim standartligiga suyangan holda o‘quv qo‘llanmalar, darsl iklar ishlab chiqmoqdalar.
Yangi yo'nalish bo‘yicha tashkil qilingan fanning nomi “Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi” bo‘lib, ushbu mazkur darslik turli-tuman sog‘lomlashtirish va sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish qonun-qoidalarini, talablarini bayon etish ko‘zda tutilgan. Kitobni yozilishida o'quvchilar yoshi, jinsi, tayyorgarligi va o‘quvchilaming pedagogik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga olingan. Bulardan tashqari tajriba asosida foydalanilgan va ilmiy asoslangan mashqlar, o‘yinlar, maxsus harakatlar, sport tadbirlari hamda turli tadbirlar jarayonida qo‘llaniladigan sport anjomlari, uskunalar va boshqa sport buyumlari keltirilgan. Bu darslikdan bo‘lajak pedagogik kollej lar o‘qituvchilari unumli foydalanishlari mumkin.

Yüklə 326,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə