Kadirov tulkin baxridinovich


partitsipativli yondashuvlarni qo‘llash samarali natija beradi



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)


partitsipativli yondashuvlarni qo‘llash samarali natija beradi. 
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi olimlar, o‘qituvchilar, menejerlar “ta’limni 
qo‘llab-quvvatlash uchun raqamli media va texnologiya imkoniyatlari”ni 
o‘rganadilar[152], ommaviy axborot vositalari yordamida “universitetlarda 
talabalarni ilmiy ishga yo‘naltirishda”, “XXI-asrning yangi ta’lim madaniyati 
kontekstida darslarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘qituvchilarning 
malakasiga ta’sir etadigan omillar” aniqlandi. Tadqiqotlar media ta’lim 
texnologiyalari - zamonaviy mediata’lim muhitini yaratish “o‘qituvchining 
ommaviy axborot vositalarini professional tarzda ishlatib ta’lim maqsadlariga 
erishish vositasi hisoblanadi”[146]. 


32
Bizning 
tadqiqotimizda 
uzluksiz 
kasbiy 
rivojlantirishdagi 
kasbiy 
tayyorgarlik talablari, kasbiy standartda e’lon qilingan malakaviy talablarida 
belgilangan vazifalar o‘qituvchiga qo‘yiladigan professional va shaxsiy 
me’yorlarga muvofiqligi har bir o‘qituvchini yangi faktlar ta’siri ostida o‘z-o‘zini 
rivojlantiradi. 
Zamonaviy transformatsion jarayonlar hozirgi dunyoda tobora jadallashib 
bormoqda va mazkur jarayonlarning yoshlar hayotiga ko‘rsatayotgan ta’siri har 
qachongidan 
ham 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
etib, 
mediamadaniyatning 
universallashuvini kuchaytirmoqda. Internet orqali tarqalgan xabarlar yoshlar 
ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, videolar va kompyuter o‘yinlari yoshlarning 
saviyasi pasayib, hayotga, atrof-muhitga va insonlarga bo‘lgan munosabati tubdan 
yomonlashishiga olib kelmoqda. Shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi kompyuter 
o‘yinlari yoshlar ongini zaharlamoqda. Demak, ta’lim jarayonida o‘quvchilarda 
kompyuterdan foydalanish madaniyatini ham rivojlantirish zarur. 
Axborotlashgan jamiyat – bu tuzilishi, texnik bazasi va kishilik salohiyati 
bilimlarining axborot resurslarga muvofiq aylanishi va passiv shakllardagina 
(kitoblar, maqolalar, patentlar va hokazolar) faollarga (modellar, algoritmlar
dasturlar, loyihalar) aylantirish maqsadida ishlab chiqish uchun moslashtirilgan 
jamiyatdir. 
Axborotlashgan jamiyatda axborotning qiymati ortib, u jamiyatning 
rivojlanish ehtiyojiga aylanib bormoqda. 
Hozirgi hayotning o‘ta o‘zgaruvchanligi axborotlashgan jamiyatda qator 
yangi jihatlarni yuzaga keltiradi: 
1) axborot va bilim jamiyatning asosiy o‘zgartiruvchi kuchiga aylanadi; 
2) ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy texnologiyalarning yangilanishi 3-5 yilni 
tashkil etib, avlodlar almashinishi sur’atidan o‘zib ketadi; 
3) uzluksiz ta’lim va yangi ixtisoslikka ega bo‘lish shaxsning ijtimoiy 
mavqeini saqlab qolishning ajralmas qismiga aylanadi; 
4) kerakli axborotlarni o‘z vaqtida topish, olish, qabul qilish va samarali 
foydalanish har bir insonning qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. 


33 
Axborotlashgan jamiyatda ongli ravishda kasbiy faoliyatga tegishli 
axborotlarni izlash, mediakanallari orqali ko‘rgan, o‘qigan va eshitganlariga 
nisbatan munosabat mediamatnlarni tanqidiy tahlil qiladi va baholashga 
o‘rgatadi[27]. Bugungi kunga kelib internet global tarmoqqa aylanib ulgurdi. 
Buning natijasida jahon hamjamiyatida globallashuv jarayonlari tezlashib ketdi va 
bu jarayonlarning jamiyatimizda to‘g‘ri talqin etilishi targ‘ibot ishlarining faol 
qatnashuvchisi hisoblangan o‘qituvchilar zimmasiga tushadi. 
Internet tizimining rivojlanishi iste’molchilarda ikki xil qarashni yuzaga 
keltiradi. Ijobiy tomoni o‘z vaqtida olingan axborot insonlar dunyoqarashini 
yanada boyitishi, bilim olishi va axborotlar bilan ishlashda imkoniyatlar kengligi 
bilan zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishiga imkon beradi. G‘arb davlatlarida odatga 
aylangan ayrim xatti–xarakatlar kirib kelib milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan 
insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa, 
bunday ma’lumotlar tez tarqalib qadriyatlarimiz va an’analarimizga zid bo‘lgan 
axborotlar kishilar ongiga salbiy ta’sir qilib noto‘g‘ri yo‘llarga boshlaydi[34]. 
Shuning uchun barcha turdagi ta’lim beruvchi tashkilotlarda, jumladan uzluksiz 
kasbiy rivojlanishda ham zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
imkoniyatlari va axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga e’tibor
qaratish zarur. 
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishlab chiqish 
hamda amaliyotga joriy etish natijasida xalq ta’limi xodimlari uchun jаhon ilmiy-
tеxnik ma’lumоtlarning elektrоn axborot resurslаridan fоydalanish imkоniyatini 
ta’minlaydi[13]. 
Interfaol mediata’lim, o‘qituvchining o‘quvchiga individual ta’sir etadigan 
usul sifatida qarash mumkin. Mediakompetentlik bu o‘qituvchining shaxsiy fikr 
yurita olish, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirish, axborot olish, uni qayta ishlash 
va sintez qilish, shаxsiy xulоsаlаr chiqаrishgа о‘rgatadi[33,38,38,43,44,51]. 
Zamonaviy sinfxonalar bugun televidenie, radio, kino, video va internetlar tizimiga 
ulangan. Ushbu holatda sinfdagi o‘quvchilarning internetga bo‘lgan qiziqishi 
ortadi. 


34
O‘qituvchi 
mediavositalardan 
to‘g‘ri 
foydalanish 
ko‘nikmasini 
o‘quvchilarda shakllantirish uchun “mediadarslar”ni tashkil etishi zarur bo‘lib 
quyidagi afzalliklarini ko‘rish mumkin: 

o‘quv jarayonida o‘qituvchi nazariy bilimlarni berish bilan chegaralanib 
qolmay o‘quv materiallarini zamonaviy texnika vositalari yordamida tayyorlangan 
tayyor mahsulоt shaklida yetkazib beradi. Bu vaziyatda о‘quv ob’ektlari va 
voqealarini modellashtiradi; 

o‘quv faoliyatida kompyuterlardan va turli dasturlar bilan ishlash 
imkoniyatiga ega. Mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlashi rasm, jadval, qo‘shimcha 
ma’lumotlar bilan boyitishi mumkin. Mustaqil topshiriqlarni berish orqali 
o‘quvchilarni tadqiqotchilikka yo‘naltiradi. Shaxsan o‘zlari о‘quv mаterialini 
amаliyоtda sinab, bajаrib kо‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; 

о‘quvchilаrgа individuаl tоpshiriqlаrni berish оrqаli qiziqish va ijоdiy 
ishlаrini takоmillаshtirish imkоniyаti yarаtilаdi; 

mediamaхsulоtlаr о‘quvchilarning о‘quv mazmunini о‘zlashtirishlariga 
qiziqishini оshiradi; 

о‘quvchilardа ko‘rgаzma-obrazli ta’sirda fikr yuritish, motоrik va verbаl, 
vertual kо‘nikmаlаrning shаkllаnishiga оlib keladi; 

axbоrоt bilan ishlash (axbоrоtni qidirish, zarurlarini ajrаta bilish, qаytа 
ishlаsh, tartibga keltirish), axborotlar mazmunini tushunish, mantiqiy yaqinlarini 
ajratishga o‘rgatadi. O‘quvchilarda mediamahsulotlarni tayyorlash orqali 
mediamadaniyat ham shaklllanadi. 
Mediakompetentlik bu – qonunlarni huquqiy jixatdan tushunishga yordam 
berish, mediaaxborotlar tilini o‘rganish, mediamatnlarni malakali tahlil eta olish, 
o‘rgatish va qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat(1.3-rasm). 


35 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə