Kadirov tulkin baxridinovich


-§. Uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonida o‘qituvchilarning



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

1.2-§. Uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonida o‘qituvchilarning 
mediakompetentligini rivojlantirishning mavjud holati 
Mamlakatimizda axborotlar almashinuvi tufayli raqamli texnologiyalarning 
rivojlanishi, “Elektron hukumat”[6] tizimining joriy etilishini ta’minlash, aholi, 
biznes va davlat o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Axborot vositalari 
bilan ochiq, ommaviy o‘zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda uslubiy 


25 
jihatdan ta’minlash orqali ko‘maklashish, milliy axborot makonini hamda 
ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va ularning 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tarmoq korxonalarining moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlashga ustuvorlik berilmoqda[4]. Shuningdek, ta’lim tizimida 
shu turdagi texnologiyalar yordamida ta’lim tashkilotlarining o‘rtasida hamkorlik 
tashkil etish samarali natijalarni beradi. Elektron hukumat tizimining yo‘lga 
qo‘yilishi davlat, barcha sohalarning o‘zaro hamkorligini, shuningdek, jahon 
raqamli makonida integrasiyalashuvni ta’minlashga qaratilgan[6]. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-
son 
“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmoni zamоnaviy axborоt 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivоjlantirish, 
interaktiv 
davlat 
xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat оrganlarining aholi bilan 
muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib 
borilishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish sohasida 
sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishni nazarda tutadi[5]. 
Axborоtlar erkinligini tа’minlash, axbоrot texnologiyalari sоhasi va 
оmmaviy axborоt vositalarini rivоjlantirishning institutsional-huquqiy asoslarini 
shakllantirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilishi belgilab berilgan. 
Fuqarolarning axborot va so‘z erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining 
ro‘yobga chiqishini ta’minlash, orqali aholining axborotlardan to‘g‘ri foydalanish 
madaniyatini shakllantirish dolzarb masala sifatida berilgan[6]. 
Axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda ilmiy salohiyat amaliy ish 
tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash choralari, axborot-resurs 
markazlari bazasida mavjud darslik, o‘quv-uslubiy va boshqa qo‘llanmalar raqamli 
formatga o‘tkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishini ta’minlash 
bo‘yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy qilish belgilangan[11]. 
Ommaviy axborot vositalari yordamida tarqatilayotgan materiallar 
mazmunining, shu jumladan, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyasini 


26
ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tizimli ravishda 
tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Xorijda O‘zbekistonning ijobiy imidjini targ‘ib etish, axborot uzatuvchi 
tarmoqlar ishining sifatini ko‘tarish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub 
islohotlarning borishi, yaratilgan qulay shart-sharoitlar va ishbilarmonlik 
muhitining yaxshilanishi to‘g‘risida ma’lumotlar tizimini shakllantirish bu orqali 
xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat 
arboblari orasida targ‘ibot ishlarini olib borish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
qudratini dunyoga tanitadi[15]. Mediata’lim tushunchasi foydalanuvchilar uchun 
uchta vazifani o‘z ichiga oladi: 

mustaqil mediafaoliyatni rivojlantirish uchun maxsus maqsadli dasturlar 
tayyorlash; 

qabul qilingan xabarlarni, axborotlarni tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini 
shakllantirish; 

ishlab chiqish, ijodkorlik va interaktivlikni rag‘batlantirishda ommaviy 
axborot vositalaridan keng foydalanish. 
“Media va axborot savodxonligi” tushunchasi XXI asrda o‘zini o‘rab turgan 
borliqni tushunishi uchun insonga zarur bo‘lgan turfa xil ko‘nikmalar to‘plamini 
anglatadi. Media va axborot savodxonligi shaxsning huquqiy savodxonligini 
rivojlantiradi, bundan tashqari arxiv ma’lumotlari bilan ishlash biz yashayotgan 
jamiyatdagi ayrim xolatlar to‘g‘risidagi manbalar bilan tanishish inson ongida
yangicha fikrlarning paydo bo‘lishiga olib keladi[138]. 
Media va axborot savodxonligi media va boshqa axborot yetkazuvchilar 
nima ishlab chiqarayotgani, qanday xabarlarni tarqatayotgani bo‘yicha mavjud 
ma’lumotlar asosida, media va boshqa axborot yetkazuvchilarni baholash hamda 
maqsadli auditoriya rolini baholash imkoniyatini beradi. Insonlar media 
savodxonligi ularning quyidagi ko‘nikmalarga egaligini bildiradi: 

medianing ta’sirini tushunish; 

qarorlar qabul qilishda mustaqil fikrlay olishi; 

ekologiya bo‘yicha so‘nggi ma’lumot olish; 


27 
Axborot savodxonligi 
Axborotga bo‘lgan ehtiyojni identifikatsiya qilish
Mediata’lim 
Mediasavodxonlik 
Mediakompetentlik 
Mediani o‘rganish 
Tahlil va sintez qilish layoqati 
Turli xabarlar bilan tanishish va uzatish qobiliyati 
Mediamadaniyat 
Shaxslar umuman jamiyat madaniyatini oshiradi 

axborotning zarurligini anglab yetish; 

muammolаr yechimi bo‘yicha о‘z fikriga ega bo‘lish; 

ijоdiy rivоjlanishdа mediаgа murоjааt qilish; 

jamiyatdagi siysiy, ijtimoiy harakatlarda faol bo‘lish. 
Mediasavodxonlik ko‘nikmalarini egallash davomida professional faoliyati 
doirasida va umuman hayotida samarali bilim olish layoqatini o‘zlashtiradi. 
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
orqali axborotni izlash, tizimlashtirish va undan foydalanish sohasidagi 
imkoniyatlari yanada kengayib boradi(1.1-rasm). 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə