Kadirov tulkin baxridinovich


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
. Mazkur tadqiqot natijalari, 3 ta 
xalqaro va 12 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi
. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 
jami 24 ta ilmiy ish chop etilgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertasiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop 
etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, ulardan 5 ta maqola 
respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya 
hajmi 142 betni tashkil etadi.
 


11 
I-BОB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA UMUMIY 
O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARI 
MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-
METODOLOGIK ASOSLARI 
1.1-§. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim 
maktablari o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirishning 
nazariy tavsifi 
O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini rivojlantirish ta’limning barcha bo‘g‘inlarida 
amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat 
jihatidan yаngilash ularni pedagog kasbiga qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz 
оshirish, о‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayоniga 
individuallashtirish tamоyillarini bоsqichma-bosqich tatbiq etish, Xalq ta’limi 
sohasiga zamоnaviy axborot-kommunikаtsiya texnologiyalari va innоvatsion 
loyihalarani joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi[7]. 
Axborot texnologiyalarining taraqqiyoti va raqamli media vositalarining keng 
tarqalishi, mediasavodxonlikka ehtiyoj ortganini bildiradi. Media bilimlarni qulay 
vaziyatlarda qo‘llash asosiy kompetensiyalardan hisoblanadi[27]. YuNESKO 
tomonidan olib borilayotgan loyihalarda media va axborot savodxonligini targ‘ib 
qilish, pedagogik faoliyatda samarali foydalanish to‘g‘risida tavsiyalar ishlab 
chiqilgan. 1982-yilda Gryunvald Deklaratsiyasida 19 ta a’zo mamlakat vakillari 
qatnashgan bo‘lib, “Axborot vositalarining muqarrar kuchi muhokama qilinib, 
ijtimoiy hayotga kuchli tа’sir kо‘rsatishi va zamonaviy madaniyatning ajralmas 
elementi ekanligi ta’kidlangan[101]. Konferensiyada dunyoda media shakllanishi, 
davlatlarning ta’lim sohasidagi olib borayotgan siyosati va amalga oshirilayotgan 
amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, sohaga tegishli va ijtimoiy sohaga taalluqli 
yangiliklar bilan tanishib borish ommaga to‘g‘ri yetkazishga e’tibor berilgan. 
Gryunvald 
Deklaratsiyasida 
o‘qituvchilarning 
mediakompetentligini 
rivojlantirish bo‘yicha quyidagi qoidalar tavsiya etilgan: 


12

ta’lim muassasalarida mediata’lim bo‘yicha keng qamrovli dasturlarni 
tayyorlash va amaliyotga joriy etish; 

o‘qituvchilar malakasini oshirish jarayonida tegishli oliy ta’lim 
muassasalari bilan sohadagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 

mediakompetentlikni rivojlantirish maqsadida ta’lim sohasida tadqiqotlar 
o‘tkazish va axborotlar tayyorlanib efirga berib borish; 

o‘qituvchilarning media savodxonligini rivojlantirish maqsadida xorijiy 
davlatlar tajribasini o‘rganish[101]. 
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish dasturlariga integratsiyalashuvi natijasida 
media muhit yuzaga keladi. Media muhit “media yordamida” ta’limni pedagogik 
vositalar sifatida ajratib ko‘rsatish “media haqida” ta’lim, o‘rganish ommaviy 
axborot vositalarining jadal rivojlanishi unga bo‘lgan talabni oshirdi. Mediata’lim 
natijasida o‘qituvchilar amaliyot davomida axborotlarga oid yangi ko‘nikmalarga 
ega bo‘ladi. 
“Media” so‘zi lotin tilida “medium” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘rta, oraliq, 
oraliqdagi” ma’nolarni bildiradi. Zamonaviy qo‘llanishda Mazkur atama bir necha 
ma’noga ega. Birinchidan, “media” so‘zi OAVni: gazeta, televidenie, radio, kitob 
va Internetni anglatadi. 
Ikkinchidan, undan mediakontentni - yangiliklar, reklama e’lonlari, elektron 
o‘yinlar va filmlarni yaratishda foydalaniladi. Uchinchidan, u mediakontentni 
ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlarni, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni 
bildiradi. Foydalanuvchilar va auditoriya, texnologik qurilmalar, kontent hamda 
media ishlab chiqaruvchilari bilan turli interfaol munosabatda bo‘ladi. Media 
tashkiloti sifatida media kommunikatsiyalarni rag‘batlantiruvchi ijtimoiy-madaniy 
funksiyani bajaradi. 
Inson 
huquqlari 
umumjahon 
deklaratsiyasining 
19-moddasida 
ko‘rsatilishicha, “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda etish huquqiga 
ega, ushbu huquq o‘z e’tiqodiga to‘siqsiz tarzda sodiq bo‘lish hamda axborot va 
g‘oyalarni har qanday vositalar bilan har qanday davlat chegaralaridan qat’iy nazar 
izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘zida mujassam etadi”. Mazkur huquqning 


13 
amalga oshishi mediata’lim bo‘yicha 1982-yilda qabul qilingan Gryunvald 
deklaratsiyasi bilan ham belgilanadi. Unda siyosiy va ta’lim tizimi yordami bilan 
fuqarolarda kommunikatsiya fenomeni tushunchasini rivojlantirishda va ularning 
OAV va (an’anaviy va yangi) kommunikatsiyalarda ishtirok etishini 
rag‘batlantirish ko‘rsatib o‘tilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmog‘idan 
foydalangan ta’lim oluvchilarning malaka va ko‘nikmalarni o‘qitishning ilg‘or 
shakllari va axborot vositalari foydalangan holda rivojlantirish pedagog 
kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga maqsadida o‘quv dasturlarini 
takomillashtirish lozimligi ta’kidlangan[2]. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion 
faoliyat to‘g‘risidagi qonunda axborotni erkin almashish, ilmiy, texnologik, 
statistikaga oid va boshqa axborotni olish, texnologiyalar transferi bilan bog‘liq 
axborotni tahlil qilish va tarqatish masalalariga to‘xtaladi[3]. 
Axborot 
sohasini 
davlat 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash 
tizimini 
takomillashtirish, mamlakat media-bozorini jadal rivojlantirish, davlat organlari va 
boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmonining 98-maqsadida: 
mamlakatimiz imidjini sifatli axborotlarni yetkazish samaradorligini oshirishga 
qaratilgan bo‘lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning dunyo 
ommaviy axborot vositalari orqali xolisona yoritishga qaratilgan hamkorlikni 
kuchaytirishga doir vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, respublikamizda faoliyat 
ko‘rsatayotgan mahalliy axborot vositalarining xorijiy davlatlardagi shu turdagi 
faoliyat bilan shug‘ullanayotgan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik 
qilishni yo‘lga qo‘yish va bunday foydalanuvchilarda media madaniyatini 
rivojlantirishga alohida to‘xtalib o‘tilgan[8]. 
O‘zbekistonning jahon axbоrоt bozorlaridagi o‘rni mamlakatimizda qo‘lga 
kiritilayotgan yutuqlarni, ishlab chiqarish va xo‘jalikning boshqa sohalaridagi 
yangiliklar shu bilan birga ta’lim sohasidagi modernizatsiya jarayoni bugungi 


14
kunda dolzarb hisoblanadi. Yetakchi xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga 
oshirilayotgan loyihalardagi O‘zbekistonning ishtiroki davlatimiz tomonidan 
amalga oshirilayotgan islohotlarda belgilab berilgan. “Raqamli O‘zbekiston-2030” 
strategiyasida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli 
texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni 
ta’minlashning muhim shartlaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan[9]. 
Buning asosida o‘quvchilarni o‘qitish dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish shuningdek, ta’lim 
sohasida 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan 
pedagoglarning 
kasbiy 
mahoratini 
rivojlantirishning muqobil shakllaridan foydalanish amaliyotga joriy etilmoqda. 
Yaratilayotgan o‘quv dasturlarining raqamli iqtisodiyot talablariga 
moslashishini va bu borada ta’lim hamkorligini rivojlantirish axborotlar 
almashinuvining 
intensivligini 
ta’minlash 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarini rivojlantirish, shu jumladan, raqamli texnologiyalar o‘quv 
markazlarini jalb etgan holda aholini mehnat bozorida axborotlar bilan ishlash 
ko‘nikmalari shakllantirilmoqda. 
O‘qituvchilar mediakompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari
axborotlarni to‘g‘ri talqin etish to‘g‘risida olimlar tomonidan fikrlar bildirilgan. 
Axborot tarqatuvchi manbalar sonining o‘sishi uzatish vositalari va elektron 
pochta axborot vositalari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositalari hisoblangan – mediadan ta’lim 
jarayonida foydalanishning keng imkoniyatlari ochilmoqda. 
Mediata’lim bu o‘quvchini ijodkorligini, axborot olish, qayta ishlash, 
uzatish, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Ta’lim jarayonida mediata’lim va media 
vosita qanchalik sifatli bo‘lsa, u foydalanuvchining intellektual salohiyatini
rivojlantiradi[57]. Mediata’limning nazariy asoslarini o‘rganish amalda unumli 
darajada qo‘llashga o‘rgatadi. 
Mediata’lim ta’lim sohasini sifat jihatdan yanada yuqoriroq pog‘onaga 
ko‘tarish, foydalanuvchilarda axborot madaniyatini o‘stirishga xizmat qiladi. 
O‘quvchiga nazariy bilim berish materiallarni yuqori darajadagi zamonaviy 


15 
texnika vositasida namoyish etish imkoniyatini beradi. 1973-yilda kino va 
televidenie bo‘yicha xalqaro kengash (YuNESKO qoshidagi) tomonidan ilk bora 
mediata’limga maxsus bilim sohasi sifatida qaralib ommaviy axborot vositalaridan 
foydalanish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi sifatida qaralgan[136]. 
Mediavositalar axborotlarning sifatli yetkazilishini ta’minlaydi, bu 
tinglovchining individual qobiliyatlarini, tafakkurini boyitishga, bilimlarini 
oshirishga yordam beradi. Mediata’lim resurslari yordamida materialni tezroq 
o‘zlashtirish ishtirokchilarning faolligini oshiradi. Mediata’limning maqsadi –
barcha sohaga tegishli media axborot tilini o‘rganish, tinglovchi saviyasining 
o‘sishi va rivojlanishiga yordam berish, o‘rganish va solishtirma tahlil etish 
ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat[136]. 
Dunyoda kechayotgan globallashuv axborot texnologiyalari sohasidagi 
yangicha yo‘nalishlarni shakllantirmoqda. Zamonaviy bilimlar takomillashgani 
sari axborotlardan noto‘g‘ri foydalanishda to‘siqlarni paydo qilmoqda. 
Mediaxborotlardan ta’lim sohasida qanchalik o‘rinli foydalansak, mediata’limda 
natijalar samarali bo‘ladi. Buning uchun o‘qituvchilar medianing mohiyatini 
anglab olishlari lozim. Axborotni uzatuvchi va iste’molchiga bir-birlarini to‘g‘ri 
tushunishi kerak. 
Ijtimoiy fan o‘qituvchilari dars berish davomida o‘quvchiga axborotdаn 
to‘g‘ri foydalanish va uni tizimli tartibga solish yo‘llarini topishgа o‘rgatadi. 
Endilikda ijtimoiy fan o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar o‘quvchi ongida 
axborotni to‘g‘ri shakllantirish, uni tizimli ravishda tartibga solish yo‘llarini 
topishdan iborat. Hozirgi rivojlangan mamlakatlar ta’lim amaliyotida tadqiqotlar 
o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Bu pedagogika fanida o‘ziga xos yo‘nalish 
– mediata’lim paydo bo‘lishiga zamin yaratgan. Mediata’lim o‘quvchilarga ta’lim-
tarbiya berish jarayonida yangicha usullardan foydalanishni talab etadi. 
Mediapedagogika – pedagogikada qo‘llaniladigan atama hisoblanib, yangi 
texnologiya va axborot vositalari yordamida o‘quvchilarda kreativlikni 
rivojlantiradi. Mediapedagogik resurslarga internet sahifalaridagi ma’lumotlar, 
televidenie, radio, audiomateriallari kiradi. 


16
S.V.Petrova 
professional 
o‘qituvchilarning 
mediakompetentligini 
shakllantirishni o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda, ularning ijodiy 
axborot muhitida faoliyat ko‘rsata olishida, o‘zgaruvchan va gipermatnli axborotlar 
bilan ishlay olishida, deb baholaydi[122]. 
O.A.Baranov tomonidan o‘qituvchilarning media matnlardan foydalanish, 
tanishtirish va o‘quv jarayonida uni qo‘llashning aniq usullari bo‘lgan talablarni 
keltirib o‘tadi. Muallifning o‘z tajribasi, mahalliy va xorijiy tajribalar tahlil 
qilinishi bilan birga mediata’lim maktab o‘quvchilarining ommaviy axborot 
vositalarini o‘rganishdan iborat, deb keltirilgan[35]. Mediata’limning asosiy 
vazifasi yangi avlodni tayyorlashdir, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sharoitida hayot, idrok qilish, insonni tushunish, tushunish uchun 
o‘rganish, uning psixikaga ta’siri, muloqot usullarini o‘rganish, texnik vositalar 
yordamida og‘zaki bo‘lmagan aloqa shakllari asosida zamonaviy axborot 
texnologiyalari va vositalari sifatida beriladi. 
Demak, mediata’lim hozirgi kunda jamiyat hayotining deyarli barcha 
sohalarini, shu jumladan ta’limni rivojlanishini “media” (ya’ni: televidenie, radio, 
kinematograf, ommaviy nashrlar, kompyuter axborot tizimlari)siz tasavvur qilish 
qiyin. Аxborot makonining glоballashuvi va uning “ochiqligi” zaminida yangi 
bilimlar, faktlar, qarashlar, konsepsiyalarning оqimi shiddat bilan ortib bormоqda 
va ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborоtlardan fоydalanish 
muammosi paydo bo‘lmoqda. 
Axborotlar ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish usullari va yo‘llarini 
ham nazorat qilish amalda qiyin bo‘lib bormoqda. Axborotning bunday aralash-
quralashligi ta’sirida o‘quvchining mustaqil ravishda tafakkur qilishi muammosi
uning qarashlarini, qadriyatlarini va ideallarining shakllanishi masalalari o‘quvchi 
ongida axborot olamini tartibga solish yo‘llarini izlashni, axborot bilan muomala 
qilishning yangi usul va ko‘nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni 
taqozo etmoqda. O‘tgan asrning 70-yillarida jahon ta’lim sohasidagi izlanishlar 
yangi yo‘nalishni – mediata’limni shakllantirdi. 


17 
A.Abduqodirov “jamiyatda internet tarmog‘iga murojaat etuvchilarning soni 
ortib borayotganini ta’kidlab, o‘quv jarayonidagi imkoniyatlariga baho 
beradi”[19]. 
Axborot asrida fan-texnika taraqqiyoti yuksak bosqichga chiqdi. Bugungi 
kunda biror soha faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Ta’lim oluvchilarga axborot texnologiyalari elektron aloqa 
vositalari yordamida axborotni tez va sifatli olish imkonini bermoqda. 
Mediata’lim (media education) – media muloqot qilish madaniyatiga egalik 
bo‘lib, mediavositalar yordamida o‘zligini anglashning shakli hisoblanadi. Ushbu 
jarayon yordamida shaxsning axborot maydoni imkoniyatlari kengayadi[90]. 
Mediata’lim – axborotlashtirish jarayonida chinakam axborotlashgan 
jamiyatni vujudga keltiradi. Bunda tasvir, ovoz va matn audiovizual madaniyati 
o‘ziga xos ravishda takomillashib darslar jarayonida ana shunday usullardan 
foydalanishga imkon yaraladi. Globallashuv davrida axborotlashgan jamiyatda 
yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalash, hayotga tayyorlash, turli axborotlarni qabul qilish, 
yaxshi va yomonni, oq bilan qorani farqlay olishga o‘rgatishdan iborat. Ta’limni 
axborotlashtirish davlat ta’lim standartini hayotga tatbiq etishning asosiy vositasi 
deb e’tirof etish mumkin. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari globallashuvining eng muhim 
xususiyatlaridan biri bu – turli axborotlarning ko‘payishi bilan izohlanadi. Bugungi 
kunda internetda qancha veb-sayt bo‘lsa, shuncha ma’lumotlar bazasi mavjud. 
Mediata’lim 
asosida 
dars 
o‘tishda 
o‘qituvchi 
qanday 
veb-saytdan 
foydalanayotganini yaxshi bilishi lozim. Bunda o‘sha veb-sayt qaysi nufuzli 
idoraga qarashli ekaniga emas, balki, qay darajada savodli, ishonchli hamda asosli 
ekanini aniqlab olish lozim. Internetdan foydanuvchi avvalo bilimli, yuksak 
saviyali tarbiyalangan bo‘lishi lozim. 
Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Fransiya kabi davlatlarda 60-
yillardan boshlab mediata’limga alohida e’tibor qaratila boshladi. O‘quvchi va 
talabalarga mediamadaniyat dunyosiga kirishga, ommaviy axborot vositalari tilini, 
mediamatnlarni tahlil qilishni o‘rganishda yordam bergan. AQShda bir necha yirik 


18
mediata’lim markazlari faoliyat ko‘rsatayotgani, bu hatto ta’lim standartlariga 
kiritilgan. 
Globallashuv 
jarayonlari 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari mamlakatimizda ta’lim sohasini yanada takomillashtirishga muhim 
omil bo‘lib xizmat qiladi. Mediata’lim uchun xizmat qiladigan dasturlardan ta’lim 
sohasini takomillashtirishda samarali foydalaniladi. 
Axborot texnologiyalari sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, 
dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va 
madaniyat boyliklarini o‘zlashtirish uchun, ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayon 
hisoblanadi. Internet orqali uyushtirilayotgan axborot xurujlari yoshlar ongini 
zaharlashi, ularning kelajagiga bolta urishdan boshqa narsa emas. Shunday 
sharoitda, biz bu zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ko‘proq 
ijobiy maqsadlarda foydalanish yo‘llarini topishimiz maqsadga muvofiqdir. Bugun 
ta’lim sohasini media texnologiyalar bilan yanada takomillashtirishni talab etadi. 
Bu esa mediata’lim foydalanuvchilarning intellektual salohiyatini oshirish bilan 
birga ularni turli mafkuraviy xurujlardan asraydi. 
A.V.Fedorovning tadqiqotida bu o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, 
ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilishi 
uning shaxsiy rivojlanishiga yordam berishini ta’kidlaydi[122]. 
F.M.Zakirova “Информатика и Информационные технологии” nomli 
o‘quv qo‘llanmasida “multimedia texnologiyalarining imkoniyatlarini ko‘rsatib 
o‘tib, musiqa, ovoz va boshqa audio ma’lumotlar va animatsion filmlarni 
tayyorlashdagi imkoniyatlarini ko‘rsatib” beradi[59]. Multimediali kompyuter 
jihozlari CD-ROM drayveri, ovoz kartasi va karnaylar, minigarnituralar, operativ 
xotira hajmi va dasturiy ta’minot to‘g‘risida ma’lumot beradi. 
Ya.Mamatova, S.Sulaymanovalar “O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida media 
ta’lim” nomli o‘quv qo‘llanmasida aholining ommaviy axborot vositalariga 
bo‘lgan ehtiyojiga to‘xtalib, axborot savodxonligini va media ta’limni ta’minlash 
global axborot makoniga kirish uchun zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda milliy 
axborotning vazifasi to‘g‘risida fikr bildirib, ommaviy axborot vositalari va 
ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi tadqiqotlarga to‘xtaladi[85]. 


19 
Ta’limda kompetentlik yondashuvning 1960-1970-yillarda ilk bor 
kompetentlik so‘zi ilmiy adabiyotlarga kirib kela boshladi. “kommunikativ 
kompetentlik” tushunchasi D.Xayms tomonidan birinchi qo‘llanilgan. 1984-yil 
“Zamonaviy jamiyatda kompetentlik” nomli asarida J.Raven kompetentlikni 
atroflicha ta’riflaydi[118]. 
1922-yilda Fransiyada pedagogik kongresslardan birida, Dj.Shevale 
tomonidan universitetlarda kinopedagoglarni tayyorlash taklifi kiritilgan. 
Mediapedagogning rolini tushunish kinopedagog bilan sinonimga aylandi, faoliyati 
ish vaqtidan tashqari bolalar bilan ishlash bilan cheklangan doiralar va kino 
klublarini tashkil qilish zarurligi ta’kidlangan. Fransiyani Yevropada media 
ta’limning rivojlanishida yetakchi, deb atash mumkin va bu mamlakatda uning 
rivojlanish xususiyatlarida amaliy yo‘nalishlar mavjud. Mediata’lim Fransiyada, 
darsdan tashqari faoliyatda, o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorlanishda kerakli 
manbalardan foydalanish imkonini bergan. Multimedia vositalari o‘qituvchilarning 
axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi[107]. 
A.P.Korochenskiy tomonidan mediata’lim pedagogik nuqtai nazardan tahlil 
etilib, maktab va universitet “rasmiy ta’lim”ning muayyan komponenti bo‘lib, 
ijtimoiy ta’limning tarkibiy qismi, deb hisoblaydi[74]. Mediata’limning jamiyatda 
uzluksiz rivojlanishi ommaviy axborot vositalarining rolini oshirib, mustaqil 
baholaydigan, huquqiy asoslangan axborot madaniyati hisoblanib mediaqadriyatni 
madaniy tamoyil sifatida qaraydi. 
Sh.Paxruddinov aloqa vositalarining rivojlanishi haqida kompyuterlashtirish, 
elektron pochta, internet, kosmik teleradio aloqa tizimlarining takomillashishi 
axborot almashuv imkoniyatlarini keskin darajada kengayib ketayotganiga 
to‘xtaladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez sur’atlarda taraqqiy 
etishi insoniyat hayotini to‘xtovsiz axborotlar oqimi bilan qamrab olinishiga, 
dunyoda global axborot tizimining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa, o‘z 
navbatida global axborot jamiyat shakllanishiga zamin yaratdi. Axborotlashuv 
sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muhim omil – inson omilidir. 
Chunki bugun “axborot” tushunchasi inson tafakkuriga turli ko‘rinishda ta’sir etib, 


20
uning hayoti va taqdirini salbiy yoki ijobiy tomonga yo‘naltirilgan kuchli vositaga 
aylandi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir shaxsdan kuchli sezgirlikni talab etmoqda. 
O‘sib kelayotgan yoshlarda axborot olish madaniyatini shakllantirish asosiy 
vazifalardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, axborot makonining globallashuvi 
sharoitida mediata’limning o‘rni nihoyatda muhim bo‘lib, u ijtimoiy-siyosiy 
ahamiyat kasb etadi[104]. 
Britaniyalik 
mediapedagog 
D.Bukingem 
fikricha 
“axborotlashgan 
jamiyatda” yoshlar albatta mediamaxsulotlarni passiv qabul qilishadi va albatta 
mediamateriallarning qurbonlariga aylanishadi”. Biroq, “mediapedagogika 
bolaning o‘zini rivojlantirishini diqqat markaziga qo‘yadi, egallagan mediabilim va 
ko‘nikmaga tayanadi”[148]. 
Ukrainalik 
pedagog 
S.M.Sterdenko 
mediamadaniyatni 
quyidagicha 
tasvirlaydi: 
1.
Mediama’lumotlar soni va davomiyligi rejalashtirilgan hisoblanadi; 
2.
Zarur axborotlarni to‘g‘ri tanlay olishi; 
3.
Axborotga tanqidiy yondashib medianing zararli ta’sirlarini o‘rsatib 
beradi; 
4.
Mediavositalardan axloq me’yorlari talablariga xos foydalanishga amal 
qiladi; 
5.
Yangi mediamaxsulot yarata oladi[117]. 
Ye.A.Stolbnikova jamiyat rivojlanishida inson o‘z-o‘zini anglashda tanlov 
huquqiga egaligini ta’kidlaydi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, 
ta’lim sohasida sifatli o‘zgarishlar tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda va bu sohada 
ommaviy axborot vositalarining ishtirokchilarga va ta’lim jarayonidagi ta’siriga 
to‘xtaladi. Ommaviy axborot vositalari ko‘plab funksiyalarni bajaradi: axborot, 
madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar va boshqalar. Ommaviy axborot vositalari 
aholining turli qatlamlari norasmiy ta’lim va ma’rifat tizimiga aylandi[116]. 
Jamiyatning talablari ortishi ta’lim sohasida mediabilimlarni amalda qo‘llay 
oladigan kasb egalariga talabni orttirdi. Ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 
o‘qituvchilarga ham dars mashg‘ulotlarida ijtimoiy muammolar yechimini va 


21 
kundalik axborotlarni yetkazishda kompetentlikka ega bo‘lish talab etiladi. 
Mediakompetentlik tushunchasi ham zamonaviy kompetentsiyalardan biri 
hisoblanadi. 
Pedagоglar 
axborot-kommunikatsiya 
texnolоgiyalari 
yordamida 
quyidagilarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim: 

mediakompetentlik sifatlarini anglab yetishi; 

mediani tushunish va baholay olishi[35]. 
A.B.Fedorov talqinida mediata’lim bu ijоdiy, kоmmunikаtivlik, tаnqidiy 
munоsаbat, mediаmаtnlаrni tо‘laqonli tushunib yetish va baholash deb 
ta’riflaydi[124]. Axborot (media) vositalari yordamida shaxsning rivojlanish 
jarayoni tushuniladi. 
Psixologik adabiyotlarda “kompetensiyaviy yondashuv” tushunchasi
1960-
yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida g‘arbda, 1990-yillarning o‘rtalariga 
kelib zamonaviy ta’limda kompetensiyali yondoshuv tushunchasi kirib 
keldi[144,126,103,97,86,70].
Hozircha “kompetensiyali yondashuv” tushunchasini 
yagona ta’rifi yo‘q. 
M.M.Vaxobov “...axborot almashinuvi tezlashgan asrda o‘quvchi-yoshlarda 
mediasavodxonlik va mediamadaniyatni rivojlantirish orqali turli axborot xurujlari, 
buzg‘unchi yot g‘oyalardan asrash ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri” 
deb hisoblaydi[39]. 
Kompetensiya tushunchasi lotincha “compete”
 
so‘zidan olingan bo‘lib, 
moslik ma’nosini bildiradi. Kishi egallagan ma’lum sohadagi bilimi, ko‘nikma va 
malakalar yig‘indisi ham kompetensiya hisoblanadi[66]. 
Kompetensiya – ma’lum bir sohada sifatli faoliyat olib borish uchun 
mutaxassisning ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yilgan me’yordir[49]. 
Kompetensiya – tegishli vakolatli organ tomonidan belgilangan ijtimoiy 
talab bo‘lib, u o‘quvchining ma’lum bir sohada faoliyat olib borishi uchun zarur 
bo‘lgan kasbiy tayyorgarligidir[168]. 
Demak kompetensiya shaxsning ta’limiy yetukligi bo‘lib, ko‘zlangan 
maqsadga har qanday vaziyatda erishish mumkinligini ta’minlaydi.


22
Kompetensiyaviy yondashuv aksariyat hollarda o‘qituvchi-pedagoglar 
faoliyatiga ham bevosita daxldordir. Bugungi kunda globallashuv ta’lim-tarbiya 
jarayonida yondashuvli faoliyat orqali muammo va topshiriqlarni hal eta olish 
tajribasini
rivojlantirishdan iboratdir. Axborotlar oqimining tezligi, jamiyatda yuz 
berayotgan o‘zgarishlar natijasida kishilarning mediasavodxon sifatida media 
muhitga tahliliy yondashadi, voqealarga tanqidiy yondashadi. 
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida mediasavodxonlik quyidagi 
ko‘nikmalarni rivojlantiradi: 

uzluksiz kasbiy rivojlantirish davomida ijtimoiy fan o‘qituvchilari 
mediakontentni yaratish orqali mediako‘nikmani rivojlantiradi. Estetik va kreativ 
ko‘nikmalarni egallaydi, tahlil qila oladi; 

o‘qituvchilar media vositalar yordamida mediamatnlarni qayta ishlay 
oladi. Mazkur ko‘nikmalarni ta’lim va amaliyot doirasida rivojlantirish imkoniyati 
mavjud. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida interfaol ko‘nikmalar, 
mediako‘nikmalar rivojlantirilib amaliyotda qo‘llay oladi; 

tanqidiy 
tahlil 
ko‘nikmalariga ega bo‘lib, turli mazmundagi 
mediakontentni tahlil qiladi. Ushbu ko‘nikmalar media dunyoqarashini 
rivojlantiradi; 

uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida media ma’lumotlarning 
xavfsizlik darajalarini aniqlay oladi, murakkab vaziyatlarda himoyalanish 
qobiliyati namoyon bo‘ladi. Virtual makondan xavfsiz foydalanish, shaxsiy 
makonni himoya qilish hamda zararli kontent va muloqotdan voz kecha oladi. 
Dj.Potter media savodxonligi rivojlanish ko‘rsatkichlarining kasbiy 
pedagogik jarayondagi samarasini quyidagicha ta’riflaydi: 

mediamatnning zarurligini aniqlash; 

mediamatn uchun zarur elementlarini aniqlash; 

foydalanayotgan mediamatnlar uchun tegishli va o‘xshash tomonlarini 
topish; 

foydalanilgan mediama’lumotni muayyan mezonlar asosida baholash 
orqali xulosa chiqarish; 


23 

mediamatnni umumlashtirish; 

mediamatndagi asosiy tushunchalarni izohlab berish; 

ma’lumotlar bilan tanishish natijasida ulardagi uzviylikni va uzluksizlikni 
aniqlash; 

foydalanilgan mediamatnni sintezlash orqali ma’lumotlarni to‘plash[156]. 
Avstraliya mediapedagoglari B.McMahon va R.Kubey tayanch bilimlar 
asosida kelajakda ommaviy axborot vositalariga barcha sohalarda bo‘lgan ehtiyoj 
to‘g‘risida fikr yuritib ularni o‘qitish to‘g‘risidagi takliflarni beradi[155]. 
Mediata’lim 
to‘g‘risida mavjud nazariyalar mediasavodxonlikning 
rivojlanishini bir qancha ko‘rsatkichlarga ajratish mumkin: 

motivatsion (janrli, mavzuli, emotsional, gnoseologik); 

kontaktli (muloqotning ta’sirchanligi); 

yangi terminlar (tanishish uchun tanlangan ma’lumotlardagi terminlarni, 
ma’lumotning tarixini, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish); 

perseptiv (mediamatnlarni tahlil qilish orqali idrok qilish qobiliyatini 
rivojlantirish); 

interpretatsion baholovchi (mediaidrok, tanqidiy mustaqillikning muayyan 
darajasi asosida mediamatnlarni sharhlash ko‘nikmasini rivojlantirish); 

amaliy-operatsion (o‘rgangan ma’lumotlar asosida muallif yangi axborot 
tayyorlash ehtiyojmandlarga yetkazish); 

kreativ (media ma’lumotlaridan foydalangan holda tadqiqotchilik bilan 
shug‘ullanish). 
Mediata’lim xorijiy va ayrim mahalliy pedagoglar tomonidan ko‘rib 
chiqilib, mustaqil ravishda mediamatnlarni sharhlash va baholash” deb 
ta’riflaydilar[27]. 
Mashhur mediapedagog L.Masterman zamonaviy o‘qitishda ommaviy 
axborot vositalarida mediata’limning yetti ustuvorlik sababini ko‘rsatib o‘tadi: 
1.
Media iste’molining yuqori darajasi jamiyatning ommaviy axborot 
vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanganligi; 


24
2.
Ommaviy axborot vositalarining mafkuraviy ahamiyati ommaga salbiy 
ta’sir etmasligi bilan belgilanadi; 
3.
Ommaviy axborot vositalarining tez o‘sishi, ularni boshqarish 
mexanizmlarini kuchaytirish va tarqatishdan iborat; 
4.
Ommaviy axborot vositalarining asosiy demokratik jarayonlarga kirib 
borishi; 
5.
Ommaviy axborot vositalari, vizual aloqa ahamiyatini oshirishdan iborat; 
6.
O‘quvchilarning kelajakdagi talablarga muvofiqligini ta’minlashga 
qaratilgan o‘qitish; 
7.
Axborotni xususiylashtirishning o‘sib borayotgan milliy va xalqaro 
jarayonidir[154]. 
Germaniyada mediakompetentlik mediaga nisbatan mulohazali jiddiy 
munosabat deb tushunilgan[107]. 
Mediakompetentlik - xabarlarni (messages) izlab topish, tahlil qilish, qayta 
ishlash va uzatish qobiliyati[147]. 
Mediakompetentlik umumiy ko‘rinishda shaxsning sotsiumda medianing 
faoliyati murakkab jarayonlarni tahlil qilishga tayyorlikda namoyon bo‘ladigan 
integrativ sifati tarzida tushuniladi[133]. 
Xulosa 
o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, mediakompetentlikni 
rivojlantirish ijtimoiy fan o‘qituvchilarida shakllangan ijtimoiy-madaniy 
kompetentlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mediakompetentlik 
o‘qituvchilarning media sohasidagi faoliyatining turli bosqichlarida axborot va 
mediamatnlardan foydalanishiga qarab aniqlanadi. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə