Kadirov tulkin baxridinovich



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

Tadqiqotning usullari
. Tadqiqot jarayonida axborotlar ustida ishlash, 
tanqidiy tahlil, anketa so‘rovlarini o‘tkazish, bilish darajasini aniqlovchi test, 
tajriba-sinov, matematik statistik tahlil usullaridan foydanildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
quyidagilardan iborat: 
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
jarayonida ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligi axborotlarni ongli 
tahlil qilinishi, sog‘lom anglab axborotlarni saralash kompetensiyasi 
mediasavodxonlik, mediatahlil va mediakreativlikning muhim omili ekanligi 
asoslangan; 
ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligini baholash standart va 
nostandart vaziyatlarda mediamatnlar ustida ishlash, axborot faolligi yo‘nalishini 
belgilovchi maqsad va motivlarni aniqlash, kognitiv, kommunikativ, qayta aloqaga 
kirishuvchanlikka moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ijtimoiy fan o‘qituvchilarining 
mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi mazmuni utilitar, funksional, 
pragmatik, interfaollik, estetik, kreativ ko‘nikmalarni vitagen ta’lim bilan 
integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining mediakompetentligini baholashning 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish elektron platformasida mustaqil axborotlardan 
foydalanish (tanlash, saralash, tizimlashtirish, qayta ishlash, uzatish) monitoringini 
kriterial-diagnostik mezonining adekvat standarti ishlab chiqilgan. 
Tadqiqotning amaliy natijasi 
quyidagilardan iborat: 
uzluksiz
 
kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
ijtimoiy fan o‘qituvchilarida mediakompetentlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish 


8
maqsadida elektron resurs http://mediakom.uz/ ishlab chiqilib, kitoblar, elektron 
darsliklar, metodik qo‘llanmalar, ensiklopediyalar, ilmiy-amaliy anjuman 
materiallari, monografiya va foydali maslahatlar bilan tanishish imkoniyati 
yaratildi; 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
yordamida 
ijtimoiy 
fan 
o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantiruvchi elektron qo‘llanma 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasiga joylashtirildi hamda o‘qituvchilar 
mediaga oid bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqildi. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə