Kadirov tulkin baxridinovich


Tаdqiqоtning respublikа va fаn texnоlоgiyаlаri rivоjlаnishining ustuvоr



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

Tаdqiqоtning respublikа va fаn texnоlоgiyаlаri rivоjlаnishining ustuvоr 
yо‘nаlishlаrigа mоsligi. 
Mаzkur tаdqiqоt ishi respublika fаn va texnоlоgiyаlаr 
rivоjlanishining 
I. 
“Axborotlashtirish 
va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan. 
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. 
Respublikamizda pedagog kadrlar 
malakasini oshirish tizimiga uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining joriy etilishi 
va tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari kredit-modul tizimida 



baholanishi, shaxsiy kasbiy rivojlantirishning “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron 
platformasining takomillashtirilishi, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning masofaviy 
va 
muqobil 
shakllarining 
yo‘lga 
qo‘yilishi, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonidagi o‘rni, ijtimoiy fan 
o‘qituvchilarining mediakompetentligi darajasiga bog‘liq. Ta’lim jarayonida 
axborot 
texnologiyalarining 
ahamiyati, 
pedagogik 
ta’lim 
jarayonini 
axborotlashtirish, xalq ta’limi tizimida mediata’lim vositalaridan foydalanish 
masalalari bo‘yicha A.Abduqodirov[19], R.Djurayev[51], U.Begimqulov[25], 
U.Inoyatov[59], 
N.Muslimov[82], 
Sh.Paxrutdinov[96], 
N.Taylakov[113]lar; 
“Informatika va AT” o‘quv kursining mazmuni va o‘quv jarayonini 
kompyuterlashtirish 
zarurligini 
A.Abduqodirov[19], 
F.Zakirova[54],
 
M
.
Aripov[21]lar tomonidan
 
o‘rganilgan va asoslab berilgan. Medianing ijtimoiy 
ta’siri, 
mediata’lim 
muammolari 
X.Kadirov[130], 
S.Beknazarova[127], 
Ya.Mamatova[79], 
G.Xalliyeva[120], 
S.Babadjanov[24], 
B.Qarshiev[131], 
S.Tursunov[111], N.Mо‘minоvа[88]lar tomonidan o‘rganilib, chuqur tahlil 
qilingan. Malaka oshirish tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy 
kompetentliligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmi, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari asosida pedagog kadrlar uzluksiz kasbiy rivojlanish muammolari 
A.Ibragimov[67], 
A.Asqarov[24], 
G.Boymurodova[32], 
Sh.Nizamova[97], 
E.Alkarov[25], N.Ermetova[137]lar tomonidan o‘rganilgan. 
Mustaqil 
davlatlar 
hamdo‘stligi 
mamlakatlari 
olimlaridan 
A.Fyodorov[114,115], 
Ye.Muryukina[83]
,
N.Legotina[76], 
A.Veryaev[38], 
V.Protopopova[97], 
Ye.Nikitina[89], 
V.Fateev[117], 
Ye.Pavlicheva[94],
A.Novikova[91], 
L.Zaznobina[53], 
N.Zmanovskaya[58]lar 
bo‘lajak 
mutaxassislarni tayyorlashda mediata’limning ahamiyati, mediamadaniyat va 
mediata’limni rivojlantirish muammolari yechimini ilmiy asoslab berishgan. 
Xorijiy 
olimlardan 
D.Buckingham[139], 
U.Carlsson[141], 
D.Frau-
Meigs[143], 
D.Baacke[144],
V.
McMahon[146], 
C.Worsnop[150], 
W.Potter[147]lar pedagoglar mediakompetentligini rivojlantirish borasida tadqiqot 
ishlarini olib borishgan. 


6
Mazkur ishlarda malaka oshirish muassasalarida axborot texnologiyalarini 
o‘qitish metodikasi va metodologiyasini yangilash va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini kasbiy pedagogik faoliyatida foydalanishga tayyorlash, 
zamonaviy o‘qituvchilarni shakllantirish mazmuni tadqiq qilingan va uning 
samaradorligini oshirishda o‘ziga xos usullardan foydalanish nazarda tutilgan. 
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida pedagog kadrlar malaka talablarida 
mediakompetentlik darajalari aniq ko‘rsatilmaganligi, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanishdagi muammolar, ta’lim 
xizmatlarini ko‘rsatishda pedagoglar mediakompetentligining tadqiq etilmaganligi, 
mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanish olib borish zarur ekanligini ko‘rsatadi. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə