Kadirov tulkin baxridinovich


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
pedagogik ta’lim sohasidagi 
respublikamiz, chet ellik оlimlаrning tаdqiqоtlаrigа аsоslаngаnligi, nаzаriy va 
innоvatsion yоndashuvlar va qо‘llanilgan usullarning ilmiy manbаlаrdаn оlingаni, 
tаdqiqоt vаzifаlаridаn kelib chiqib tаdqiqоt metоdlаrining tаnlаngаni, empirik 
tаhlillаrning аmаlgа оshirilgаnligi vа tаjriba-sinоv ishlаri sаmаrаsining matematik-
statistik 
metodlar 
vositasida 
asoslangani, 
tadqiqot 
yuzasidan 
berilgan 
tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani, erishilgan natijalarning vakolatli 
tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilаnаdi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
. Tadqiqot 
natijalarining ilmiy ahamiyati uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy 
o‘rta ta’lim maktablari ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining mediakompetentligini 
rivojlantirish axborotni izlash, tizimlashtirish, simulyatsiyalardan holi bo‘lish, 
mediata’limga oid nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga bog‘lash bilan izohlanadi. 
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati uzluksiz
 
kasbiy rivojlantirish 
jarayonida ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish, 
elektron axborot-ta’lim resurslarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida 
qo‘llash, mediakompetentlik darajalarini oshirish, shuningdek, mediabilim, 
mediasavodxonlik ko‘nikmalarini hamda mediakompetentlikni rivojlantirishga 
xizmat qiluvchi texnologiyalarni takomillashtirish bilan ifodalanadi. 
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
jarayonida 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim 
maktablari 
o‘qituvchilarining 



mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga oid 
tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligi pedagogik (axborotni tanlash, 
saralash, baholash, tizimlashtirish, qayta ishlash va uzatish), psixologik (o‘zlikni 
anglash, imkoniyat, qobiliyat) omillarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga 
doir tavsiyalar PZ-2014-0910154408-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” nomli 
loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy 
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 6-iyuldagi 02-07-
1820/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari ijtimoiy 
fan o‘qituvchilarida mediakompetentlikni rivojlantirishning pedagogik va 
psixologik omillari asoslari aniqlangan; 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy 
ehtiyojlaridan kelib chiqib maqsadli, muammoli, mualliflik kurslarini tashkil 
etishning on-line shakli e-learning (elektron ta’lim), uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
(continuing professional development — CPD) platformasida interaktiv audio, 
video konferensiya, telekommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida 
asoslashga oid takliflar I-OT-2019-9 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va 
joriy qilish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda 
foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 
2022-yil 6-iyuldagi 02-07-1820/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy fan 
o‘qituvchilarining 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
yordamida 
mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish orqali 
o‘qitish samaradorligi oshgan; 
ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish 
mezonlari (ijtimoiylik, kommunikativlik, intellektuallik, axborotlilik) hamda 
axborotlarni almashishning (sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish) 
shakllarini faol qo‘llashda mediamadaniyat shakllanishini ilmiy asoslash bo‘yicha 


10
ma’lumotlar PZ-2014-0910154408-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” nomli 
loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy 
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 6-iyuldagi 02-07-
1820/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida 
o‘qituvchilarning mediakompetntligini rivojlantirish mezonlari ishlab chiqilgan; 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ijtimoiy fan o‘qituvchilarining 
mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi mazmuni utilitar, funksional, 
pragmatik, tanqidiy tahlil, interfaollik, estetik, kreativ ko‘nikmalarni vitagen ta’lim 
bilan integratsiyalashga doir tavsiyalar I-OT-2019-9 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni 
yaratish va joriy qilish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini 
ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
universitetining 2022-yil 6-iyuldagi 02-07-1820/04-son ma’lumotnomasi). 
Natijada, ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mustaqil mediavositalarni yaratish 
malakasi shakllantrilgan. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə