Kadirov tulkin baxridinovich



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

 
 
 
 
 
 
1.4-rasm. AKT va multimediadan foydalanishga asoslangan muhit 
Olingan axborotlar asosida mediata’lim ta’lim tegishli islohotlarni targ‘ib 
etuvchi vosita vazifasini bajaradi. Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, 
ta’lim jarayonida mediata’limga bo‘lgan ehtiyojni axborot xavfsizligi nuqtai 
nazaridan ta’minlash uchun tashqi va ichki omillarni hisobga olish darkor. 
Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida izchil islohotlar 
amalga oshirib kelinmoqda, ya’ni xorijiy davlatlarning ta’lim dargohlari bilan 
hamkorlikda qo‘shma dasturlar asosida xususiy universitetlar, yangi fan dasturlari, 
umuman olganda yangi texnologiyalar hamda axborotlar oqimi kirib kelmoqda. 
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda olinadigan axborotlarni tahlil qilish asosida 
quyidagi manbalarga ajratish mumkin: 
Birlamchi manbalar bu – hisobotlar, ma’ruza matnlari, elektrоn xаbаrlаr, 
original san’at asarlari, qo‘lyozmalar, fоtоsuratlar, kundaliklar, shaxsiy maktublar, 
оg‘zaki hikоya, intervyu bо‘lishi mumkin. 
Ikkilamchi manbalar tarkibiga ilmiy kitоblar, jurnаllаr, tаnqidiy tahlil yоki 
mа’lumоtlar talqini manbаlar kirаdi. Аxbоrоtni sub’ektiv bahоlash holatlarini 
tekshirilgan ikkilamchi manbalardan foydalanib bаrtаrаf etish mumkin. Ikkilamchi 
manba aynan ta’lim sohasi yoki muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. 
Uchlamchi manbalar – bu tashkil etilgan va o‘zida birlamchi hamda 
ikkilamchi manbalardagi axborotni qayta ishlab, o‘zida mujassamlagan (masalan, 
referatlar, bibliografiya, turli qo‘llanmalar, ensiklopediyalar, ko‘rsatkichlar, 
xronologik jadvallar, ma’lumotlar bazasi va h.k.) manbalar kiradi (1.3-jadval).
 
maqsadni aniq belgilash 
axborotli-bilimli 
strategik rejalashtirish 
texnologik jihozlanish 


43 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə