Kadirov tulkin baxridinovich


-rasm. O‘qituvchi mediakompetentligi imkoniyatlari



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

1.3-rasm. O‘qituvchi mediakompetentligi imkoniyatlari 
Mamlakatimizda o‘qituvchi kasbining maqomini oshirish ularning mehnatini 
qadrlash borasida ta’lim tizimida islohotlar amalga oshirilmoqda. 2021-yilning 30-
sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 
ayni shu jihatlarga e’tibor qaratilib, О‘zbekistоnda yangi uyg‘оnish dаvri, ya’ni 
Uchinchi Renessans pоydevоrini tа’lim islоhоtlаrini оlib bоrish оrqаli yаrаtish 
mа’lum qilindi. Ma’ruzada keltirilgan “Ilmdаn bоshqa nаjоt yо‘q va bо‘lishi hаm 
mumkin emаs” degan chuqur ma’noga ega hadisi sharif esga olindi. Shu o‘rinda, 
bir narsani yoddan chiqarmaslik zarur, deb hisoblaymiz. Ilmni yetkazishda 
ustozlarning o‘rni beqiyosdir. To‘g‘ri, axborot texnologiyalari yordamida kerakli 
ma’lumotlarni qidirib topish va ular orqali bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishlari 
mumkindir[18]. 
Birinchidan,
 
o‘qituvchi va muallimlarning mavqeini oshirish maqsadida 
ularning maqomi qonun darajasida belgilanadi. Qonunda o‘qituvchilarga ta’lim 
berishda o‘zlarining salоhiyatini tо‘liq namоyon etishini ta’minlash ijtimoiy, 
huquqiy, moddiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlangan. O‘qituvchilarning huquqlari 
O‘qituvchi mediakompetentligi imkoniyatlari 
me’yoriy hujjatlarni tushunadi va ishlay oladi, sohaga tegishli hisobotni 
mustaqil tayyorlay oladi, o‘z ustida ishlash imkoniyati kengayadi 
internet resurslari materiallari bilan ishlaydi, tahlil qila oladi 
ta’lim sohasiga tegishli internet saytlaridan ma’lumot olish malakasiga ega 


36
davlat himoyasida bo‘lishi, turli tashkilotlar va shaxslarning ularning kasbiy 
faoliyatiga noqonuniy aralashuviga, turli xil ommaviy ishlarga jalb qilinishiga chek
qo‘yilgan. 
Shuningdek, o‘qituvchilarni rag‘batlantirish mezonlari va ularga ustamalar 
to‘lash o‘ta murakkab bo‘lib, ortiqcha qog‘ozbozlik talab qiladi. Shu bois, mazkur 
tizim eskirgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish orqali to‘liq qayta ko‘rib 
chiqiladi. 
Ikkinchidan, o‘qituvchilarga ipоtekа va iste’mоl kreditlari аjrаtish, ulаrning 
sоg‘lig‘ini mustаhkаmlаsh, sanatoriylarda davolanishini tashkil etish masalalari 
nazoratga olinadi. 
Uchinchidan,
 
maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimi qayta 
ko‘rib chiqiladi. Bunda, o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchilar uchun majburiy malaka 
oshirish talablari bekor qilinib, ularning kasbiy faoliyati natijalari ta’lim olgan 
o‘quvchilarning natijalari bilan baholanib, muqobil malaka shakllari ham tashkil 
etilgan. 
To‘rtinchidan,
 
maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta 
tayyorlashning uzluksiz tizimi joriy etildi va ular vaqtini sarflab markazda emas 
ishdan ajralmagan holda malaka oshirish imkoniyatiga egа bo‘ladilar. 
Beshinchidan,
 
hudud rahbarlarining maktab direktorlari, ilg‘or sinf 
rahbarlari, faol o‘qituvchilarni yaqindan tanib olish imkonini beradi. 
Bugungi axborotlashgan jamiyatda Youtube, Mytube, Facebook, Telegram, 
Instagram, WhatsApp, Twitter kabi axborot uzatish vositalaridan olinayotgan turli 
xil ko‘rinishdagi axborotlarni yopish va taqiqlash, uzatilayotgan turli syujetlarni 
chegaralash katta sahnada mediakompetentlik tushunchasining paydo bo‘lishi, 
uning kelajakda ta’lim sohasining rivojlanish imkoniyatlarini orttiradi. 
Mediavositalar, mediakompetentlik, mediamadaniyat shakllanishiga ijtimoiy 
va informatsion omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mediakompetent o‘qituvchi 
tarbiyalayotgan o‘quvchilar ongiga informatsiyaviy tahdidlarning, ommaviy 
madaniyatning turli xildagi salbiy ko‘rinishlari ta’sir etishi oldini olishga harakat 
qiladi[56,61]. Bizning olib borgan tadqiqotlarimiz natijasiga ko‘ra pedagogik 


37 
nuqtai-nazardan 
mediakompetentlikni 
rivojlantiruvchi 
omillar 
sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə