Kadirov tulkin baxridinovich


-rasm. Mediakompetentlik tuzilmasi



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

1.1-rasm. Mediakompetentlik tuzilmasi 
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining hayotimizdagi o‘rni va 
ahamiyati oshib bormoqda. XXI asr global axborot oqimi tezligi ortishi insonlar 
hayotiga kuchli ta’sir etib, umummadaniy kontekstning tarkibiy qismiga aylanib 
bormoqda. Shuning uchun mediaaxborotni uning iste’molchilariga ijobiy va salbiy 
ta’sirini kuzatish mumkin. 
Ommaviy axborot vositalarining murakkablashib borishi foydalanuvchilarda 
tanqidiy fikrlash va malakasini oshirishda matnlardan foydalanishda munosabatni 
o‘zgartiradi. Rivojlangan mamlakatlarda “media madaniyati”, “axborot 
madaniyati”, 
“audiovizual madaniyat”, “media savodxonlik”, “axborot 
savodxonlik”, “audiovizual savodxonlik”, “ommaviy axborot vositalari”, “axborot 
ta’limoti”, “audiovizual ta’lim”, “kompyuter savodxonligi”, “ko‘pmedia 


28
savodxonligi”, “axborot kompetentligi”, “media kompetentligi”, “audiovizual 
vakolat”, “audiovizual kompetentlik” kabi tushunchalar axborot texnologiyalari 
sohasi bilan bevosita bog‘liqdir. 
Ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik media sohasidagi 
izlanishlar uchun muhim hisoblanadi. Yuzaga kelayotgan media maydon axborot 
kommunikatsiya sohasining rivojlanayotganini bildirib jamiyatning ehtiyoji shu 
sohaga ortib borayotganini bildiradi (1.2-rasm). 
1.2-rasm. AKT ning globallashuv jamiyatidagi o‘rni 
L.Xandrabura, N.Gru fikricha, “Ommaviy axborot vositalari ta’lim omili 
bo‘lib, media axborotning turlicha – matn, ovoz, grafika shaklida iste’molchiga 
uzatiladi”[130]. L.Xandrabura, N.Gru kuzatishlarida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish, uzatish usullarining xilma-xilligiga qarab media 
turlariga aniqlik kiritadi. 
1.
Jamoat mediasi ommaviy axborot vositalari tijorat maqsadlarida va 
plyuralizm, to‘g‘rilik va teng huquqlilik tamoyillari asosida mamlakat, mintaqa 
aholisini xabardor qilish. 
2.
Davlatga siyosatini targ‘ib etuvchi media vositalari bu hukumat siyosatini 
belgilovchi televidenie va radio hisoblanadi. 
3.
Xususiy media sarmoya kiritgan bir nechta shaxslarning qiziqishlari 
natijasi hisoblanadi: 
AKT ning globallashuv jamiyatidagi o‘rni 
Fan 
Iqtisodiyot va boshqaruv 
Ommaviy axborot vositalari 
Barcha sohalardagi yangiliklar 


29 

tijorat - daromad olish maqsadida axborotni iste’molchiga yetkazish bilan 
shug‘ullanadi; 

axborot-ta’limni rag‘batlantirish maqsadida madaniyat, ilm-fan, ekologiya 
va shunga yaqin xizmatlar bilan shug‘ullanadi; 

jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilib foydali va raqobatchilarga zarar 
keltiradigan axborotni tarqatish bilan shug‘ullanadi. 
4.
Mustaqil media moliyalashtirish shakli va egasidan qat’iy nazar, barcha 
ommaviy axborot vositalari mustaqil tahririyat siyosatini olib boradi. Ularning 
axborotlarda hech qanday siyosiy yoki iqtisodiy kuchni qo‘llab-quvvatlamaydi, 
hech qanday mafkuraviy chiziqni targ‘ib qilmaydi, balki teng darajada jamiyatdagi 
barcha muammolar va voqealarni aks ettiradi. Bugungi kunda ta’lim sohasiga 
taalluqli yangiliklar ham mazmunan va shaklan zamonaviylashganligi bilan ajralib 
turadi(1.1-jadval). 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə