Kadirov tulkin baxridinovich


Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning tahlili



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

 
Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning tahlili . . . . . . . 
 
106 
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar…………………………………... 
114 
XULOSA VA TAVSIYALAR
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
115 
FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLAR RО‘YXATI 
. . . . . . . . . 
 
118 
ILOVALAR 
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
 
135 



KIRISH (fаlsаfа doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Jahonda axborot va 
raqamli texnologiyalarning jadal taraqqiyoti jamiyat hayotining barcha sohalarini 
qamrab olmoqda. Ta’lim tizimida mediatexnologiyalardan keng foydalanish 
jamiyatda axborot madaniyatini shakllantirishning pedagogik ilmiy asoslarini 
yaratishni taqozo etadi. Shu sababli, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida 
axborotlar oqimining xilma-xilligi jahon internet axborot tarmog‘i, multimedia 
vositalaridan ta’lim tizimida foydalanishga asosiy kompetensiya sifatida 
qaralmoqda. Xalq ta’limi xodimlari uchun “Professional development” tamoyili 
asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida mediatexnologiyalarni amaliyotga 
keng joriy etishga ustuvorlik berilmoqda. 
Dunyoda o‘qituvchilarning mediakompetensiyasini rivojlantirish YuNESKO 
tavsiyalarida ko‘rsatilgan bo‘lib, mediavositalarni tanlashda o‘qituvchilarning 
mediakompetentligini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Jamiyatni manipulyatsiya 
qilinishi mediaga bo‘lgan ehtiyojini orttirdi. Mazkur tadqiqotlar “media-axborot 
kompetentligining rivojlanishi axborotlashgan jamiyat davrida dezinformatsiya”
1
ga 
chalg‘imaslik va axborotdan to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib qiladi. Shuning uchun 
AKTdan ta’lim jarayonida zarur axborotlarni tegishli manbalar asosida topish
o‘rganish hamda qayta ishlab foydalanishga ehtiyoj sezilmoqda. 
Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini 
barpo etish borasida islohotlarni amalga oshirishda “...axborot texnologiyalari 
sohasida chuqur bilim va malakaga ega bo‘lgan, ulardan unumli foydalana 
oladigan zamonaviy mutaxassislar milliy iqtisodiyotimiz uchun zarur”ligi
2
vazifasi 
belgilangan. Ushbu vazifalar “…pedagoglarning o‘z-o‘zini rivojlantirishini, 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida internet tarmoqlaridan foydalanish 
madaniyatini oshiradi”. Mediakompetentlilik (media compentence) — shaxsning 
axborotlar bilan tanishishi, tushunishi, axborotni asoslay olishi, bilimlari
qobiliyatlari birligi shu bilan birga, uzatishga, jamiyatdagi murakkab jarayonlar 
1
Julie Posetti, Alice Matthews. A short guide to the history of “Fake News” and disinformation. 
https://www.icfj.org 
2
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. O‘zbekiston nashriyoti. – 2021 y. 277-bet. 


4
tahliliga ko‘maklashadi. Shunga ko‘ra, uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida 
o‘qituvchilarning mediakompetentligini rivojlantirish masalasi ilm-fan oldida 
turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Таdqiqot ishining оb’ekti sifаtidа 
umumiy о‘rtа tа’limdа fаоliyаt kо‘rsаtаyоtgаn ijtimоiy fаn о‘qituvchilаrining 
mediаbilimgа egаligi lаyоqаtini ifоdаlоvchi mediаkоmpetentlik tаshkil etаdi. 
Mediakоmpetensiyа shаxsning kuzаtuvchаnligini rivоjlаntirib, аxbоrоtlаrni qаytа 
ishlаb iste’mоlchigа yetkаzishdа mediаmаdаniyаtni shаkllаntirаdi. Umumiy o‘rta 
ta’lim maktablari ijtimoiy (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) fanlar 
o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish masalasi uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish jarayonining muhim ob’ekti hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son 
“Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son 
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari, 2021-yil 25-yanvardagi PQ-
4963-son “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash 
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 
17-yanvardagi 25-son “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 
hamda mazkur sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada 
xizmat qiladi. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə