Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

 
 
Tayanch so`z va iboralar:
 
qobiliyat, qobiliyatlar va bilim, shaxsning 
faoliyatini amalga oshirish sharti, individual-psixologik xususiyatlar, miqdor
jihatdan o‟lchash muammosi, qobiliyatlarning turlari, intellekt, ijodiy qobiliyatlar, 
psixomotor qobiliyatlar, qobiliyatlarning tabiiy shartlari.
 
kasbiy shakllanish, 
munosabatni aniqlash, o„z individual tarixini yaratish qobiliyati, turli mehnat 
sohalari, kasbiy shakllanish nazariyasi va amaliyotini, shaxsning kasbiy anglashi, 
mazmunli - protsessual model, kasbiy anglash turlari, “Men-konsepsiyasi”, kasbiy 
yetuklik, o„z o„zini kasbiy baholash, shaxs va faoliyatning o„zaro aloqasi, shaxs 
yetukligi. 
Qobiliyatlar odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, 
ko‟nikma va malakalarni orttirishning samaradorligi, tezligi shu xususiyatlarga 
bog‟liq bo‟ladi, lekin bu xususiyatlarning o‟zi bilim, ko‟nikma va malakalarga 
taalluqli bo‟lmaydi. Aks holda, imtihonda qo‟yilgan baho, doskada qaytarilgan 


140 
javob, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilgan yozma ishiga qarab odamning 
qobiliyatlari haqida qat‟iy xulosa chiqarish mumkin bo‟lar edi. Ammo psixologik 
tadqiqotlar va pedagogik tajribalarning ko‟rsatishicha, ba‟zan dastavval boshda 
nimalarnidir qila olmaydigan va buning natijasida atrofdagi boshqa odamlardan 
ajralib qolgan odam ta‟lim olish jarayonida tez orada boshqalarni quvlab o‟tib 
ketadi va ish ishining katta ustasi bo‟lib yetishadi. Unda boshqalarga qaraganda 
ko‟proq qobiliyatlar namoyon bo‟ladi. Qobiliyatlar bilim, ko‟nikma va malakalarni 
egallashda namoyon bo‟lsa ham, ular bilim, ko‟nikma va malakalarga taalluqli 
bo‟lmaydilar.
Qobiliyatlar va bilim, ko‟nikma va malakalar biri-biri bilan aynan bir 
narsalar emas. Bilim, ko‟nikma va malakalarga nisbatan odamning qobiliyatlari 
qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo‟ladi. Yerga tashlangan urug‟ ana shu 
urug‟dan o‟sib chiqishi mumkin bo‟lgan boshoqqa nisbatan faqat imkoniyat 
bo‟lgani kabi odamning qobiliyatlari bilim, ko‟nikma va malakalarni egallash 
uchun faqat imkoniyat hisoblanadi. Bu bilim, ko‟nikma va malakalar egallanadimi 
yoki egallanmaydimi, imkoniyat haqiqatga aylanadimi yoki yo‟qmi - bularning 
hammasi juda ko‟p sharoitlarga bog‟liqdir. Bolada namoyon bo‟lgan musiqa 
qobiliyati uning musiqachi bo‟lishiga hech bir kafolat bermaydi. Bola musiqachi 
bo‟lishi uchun unga maxsus ta‟lim berilishi, qat‟iylik, salomatligining yaxshi 
bo‟lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‟p sharoitlar bo‟lishi kerak. Bularsiz 
qobiliyat taraqqiy etmayoq so‟nishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‟ladi, shunda ham faqat ana shu 
qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‟lmagan faoliyatlardagina namoyon 
bo‟ladi. Agar odamni hali rasm solishga o‟rgatmagan bo‟lsa, agar u tasviriy 
faoliyat uchun zarur bo‟lgan hech qanday malakalarni egallamagan bo‟lsa, uning 
rasm solishga nisbatan qobiliyatlari haqida hech qanday gap bo‟lishi mumkin 
emas. Rasm chizishga, tasviriy san‟atga maxsus o‟rgatish jarayonida o‟quvchining 
qobiliyati bor yoki yo‟qligi namoyon bo‟lishi mumkin.
Qobiliyat, bilim, ko‟nikma va malakalarning birligi nimada ifodalanadi? 
Qobiliyat bilim, ko‟nikma va malakalarning o‟zida ko‟rinmaydi, balki ularni 


141 
egallash dinamikasida namoyon bo‟ladi, ya‟ni, boshqacha qilib aytganda, mazkur 
faoliyat uchun zarur bo‟lgan bilim, ko‟nikma va malakalarni o‟zlashtirish jarayoni 
turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirilishida 
namoyon bo‟ladi. Xuddi mana shu yerda yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar 
bizga haqida gapirish imkonini beradi.
Shunday qilib, qobiliyatlar shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga 
oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko‟nikma hamda malakalarni egallash 
dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‟ladigan individual-
psixologik xususiyatidir.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‟ladi. Idrok etish paytida, 
masalan, ranglarning tovlanishidagi nozik farqlar, predmetlarning aniq ko‟rinishi, 
proportsional nisbatlarni tushunish (rassomlar ishida), absolyut eshitish (musiqa 
bilan shug‟ullanishda) va hokazolarda ayon bo‟ladi. Yozuvchi ixtirochining 
mehnatida ayniqsa zarur bo‟ladigan ijodiy xayol ham qobiliyatlar uchun katta 
ahamiyatga ega.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida xarakterlanadi
ya‟ni bir odamning boshqa odamdan farq qiladigan sifatlarini ochib beradi. O‟z-
o‟zida ma‟lumki kishilar teng emas. Mana shuning uchun qobiliyatlar haqida 
gapirganda, bu farqlarni xarakterlab o‟tish zarur. Ular sifat va miqdor jihatdan 
xarakterlanishi, farq qilishi mumkin.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga turli yo‟llar 
bilan borishga imkon beruvchi "o‟zgaruvchan miqdor" to‟plami sifatida, faoliyat 
muvaffaqiyatini ta‟minlovchi psixologik xususiyatlarning murakkab kompleksi 
sifatida ko‟rinadi.
Qandaydir faoliyatni bajarishdagi bir xil yoki nimalar bilandir o‟xshash 
yutuqlar asosida juda xilma xil qobiliyatlar birikmasi yotishi mumkin. Bular 
bizning ko‟z o‟ngimizda shaxs qobiliyatlarining muhim tomonini ochib beradi: bir 
xususiyatning o‟rnini boshqa bir xususiyatlar bilan to‟ldirish (kompensatsiya 
qilish) ning keng imkoniyatlari bor bo‟lib, buni odam o‟zida chinakam va 
qat‟iyatlik bilan ishlash orqali rivojlantirish mumkin.


142 
Odamning qobiliyatlarida bor bo‟lgan kompensatorlik imkoniyatlari
masalan, ko‟rish va eshitishdan mahrum bo‟lgan odamlarni maxsus tarbiyalashda 
namoyon bo‟ladi.
Qobiliyatlarni miqdor jihatdan o‟lchash muammosi psixologiyada katta 
tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridayoq bir qator 
psixologlar (Kettel, Termen, Spirman va boshqalar) ommaviy ixtisosliklar uchun 
kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan uzviy bog‟liq bo‟lgan talablar ta‟siri 
ostida ta‟lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniqlashni talab qilib chiqdilar.
O‟sha paytlarda qobiliyatlarni o‟lchash usuli sifatida 
aqliy iste‟dod 
testlari
dan foydalanilgan. Aqliy iste‟dod testlarining yordami bilan bir qator 
mamlakatlarda (AQSH, Buyuk Britaniya va boshqalar) qobiliyatlarni aniqlash va 
maktablarda o‟quvchilarni saralash, armiyada ofitserlik xizmatini bajarish, ishlab 
chiqarishda rahbarlik lavozimini tanlash va shu kabilar amalga oshiriladi.
Aqliy iste‟dod testlari o‟zlarining mazmunlariga ko‟ra muvaffaqiyatli 
yechilishi (ko‟pincha sarflangan vaqtni hisobga olib) ballar yig‟indisi bilan 
hisoblanadigan bir qator savollardan yoki masalalardan iboratdir. Test natijalari 
maxsus ravishda standartlashtiriladi, maxsus koeffitsientlarga aylantiriladi. Bular 
"aqliy iste‟dod koeffitsienti" (IK) ni aniqlash imkonini beradi.
O‟sha davrdagi ko‟pchilik psixologlarning ko‟rsatishicha qandaydir 
o‟zgarmas, har tomonlama iste‟dodni yoki "umumiy intellektni" (general 
intellegence) namoyon qiladi deb ta‟kidlaganlar.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə