Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Qobiliyatlarning turlari. 
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‟ladi. 
Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‟lganda kishi faoliyatning turli xillari bilan 
muvaffaqiyatli shug‟ullana oladi. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir 
muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‟ullanish imkoniyatini beradi. Masalan, 
matematik, texnikaviy, adabiy, musiqiy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo‟ladi.
Umumiy qobiliyatlarga ko‟p hollarda intellekt, tafakkurning kreativligi va 
shaxsning psixomotor qobiliyatlari kiradi deb hisoblaydilar.
Intellekt.
Yuqorida ko‟rsatib o‟tganimizdek odamning aqliy rivojlanish 
darajasini o‟rganishga intilish "intellekt" tushunchasini va nazariyasininng 


143 
yaratilishiga olib keldi. Ko‟rsatib o‟tganimizdek intellektini o‟lchash va baholash 
uchun turli testlar qo‟llaniladi. Ularning barchasi intellekt testlari degan umumiy 
nom bilan ataladilar. Biz yuqorida intellektini baholashda ko‟p qo‟llaniladigan 
testning mohiyatiga qisqa to‟xtalib o‟tgan edik. Shuni ta‟kidlab o‟tish lozimki, 
ulardagi formulalar bolalar intellektini o‟lchashda qo‟llaniladi. Katta yoshli kishilar 
intellektini baholash uchun boshqa mezon, individual natijani biror me‟yor 
(ko‟pchilikni o‟rganish natijasida tajriba yo‟li bilan topilgan) bilan taqqoslanadi. 
Quyida shunday jadvallardan birini ko`rishimiz mumkin.
Intellektni baholash jadvali.
Intellekt koeffitsienti 
IK
Aqliy 
rivojlanish darajasi 
% hisobida 
taqsimlanganlik 
ko‟rsatgichi 
130 va yuqori
Juda yuqori
2,2 
120 - 129
Yuqori
6,7 
110 - 119
Yaxshi
16,1 
90 - 109
O‟rta
50,0 
80 - 89
Past
16,1 
70 - 79
Chegara 
ko‟rsatgichi
6,7 
69 va past 
Aqliy zaiflik
2,1 
Ko‟rinib turibdiki, (jadvalga qarang) yuqori intellektga egalar va aqliy 
zaiflar 2% ni tashkil qilar ekan. Aqliy rivojlanish darajasini o‟lchash ko‟proq aqliy 
zaiflikni, ijtimoiy qarovsizlikni yoki kasbga tanlash maqsadida qo‟llaniladi. 
Hozirgi vaqtda psixologik tadqiqotlar intellektning o‟zgarmasligini inkor qiluvchi, 
uning juda ko‟plab omillarga bog‟liq (ijtimoiy muhit, oila, irsiyat, motivatsiya) 
ekanligini ko‟rsatmoqda. Shu sababli intellekt koeffitsienti kishining taqdirini 
belgilovchi birdan-bir ko‟rsatgich sifatida qo‟llanilishi mumkin emas.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə