Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Kreativlik
(ijodiy qobiliyatlar). Ko‟rsatib o‟tganimizdek birgina IQ 
(intellekt koeffitsienti) asosida kishini ishga qabul qilish, uning imkoniyatlarini 


144 
baholash noto‟g‟ri bular edi. Shu sababli 50 yillardan boshlab aqliy rivojlanishni 
o‟rganish bilan bir qatorda kishining ijodiy qobiliyatlarini ham o‟rganish va 
o‟lchashga katta e‟tibor berib boshlandi. Bu borada maxsus testlar yaratildi.
"Intellekt" tushunchasi ko‟proq psixologiyadagi konvergent tafakkur 
tushunchasiga mos keladi - birdan-bir to‟g‟ri javobni izlash va unga keltirishga 
yo‟nalgan.
"Kreativlik" tushunchasi esa ko‟proq divergent tafakkur tushunchasiga mos 
keladi. Divergent tafakkur, bu turli tomonlarga tarmoqlanuvchi, bir vaqtning o‟zida 
turli yo‟nalishlarga tarqaluvchi, ko‟plab yechim variantlarni yaratishga yo‟nalgan 
tafakkur. Shu sababli divergent tafakkur kutilmagan natija va yechimlarga olib 
keladi.
Ijodiy qobiliyatlarni (kreativlik) baholashda berilgan vazifani yechishning 
"yengilligi", "moslashuvchanligi, egiluvchanligi" va "orginalligi"ga e‟tibor 
beriladi.
Kreativlik 
(umumiy 
ijodiy qobiliyat) bilimlarni o‟zgartirishni 
xarakterlaydi. Kreativlik xayol, fantaziya, gipoteza (faraz) qo‟yish jarayonlari bilan 
bog‟liq. 
Intellekt esa, o‟zlashtirilgan bilimlarni amalda qo‟llash, mavjud bilimlarga 
tayanib masalani hal qilish (test intellekti)dan iborat. 
M.Vollax va N.Kogonlar 11-12 yoshli bolalardagi kreativlikni o‟rganish 
natijasida to‟rt guruh o‟quvchilarni ajratadilar. 
Bilimlarni 
o„zlashtirish 
Bilimlarni o„zgartirish 
va saqlash 
Bilimlarni amalda 
qo„llash 
Ta‟lim olishga 
bo„lgan qobiliyat 
Kreativlik 
Intellekt 


145 
A.
 Yuqori intellektga va yuqori kreativlikka ega bolalar
. Ular o‟z 
qobiliyatlariga ishonadilar, o‟z-o‟zini baholashlari adekvat. Ularda yuqori 
darajadagi o‟z-o‟zini nazorat qila olish, ichki mustaqillikka egalik mavjud. Ular 
bolalarga xos psixologiyaga ega, ammo vaziyat talab qilsa o‟zlarini kattalardek tuta 
oladilar. Ular barcha g‟ayritabiiy, yangi narsalarga qiziqadilar, juda tashabbuskor
o‟zlarining mustaqilligini, fikr va harakat erkinligini saqlab qolgan holda ijtimoiy 
muhitga yaxshi moslasha oladilar. 
B.
 Yuqori intellekt va past kreativlikka egalar
. Ular maktabda o‟zini 
ko‟rsatishga, yuqori baholar olishga intiladilar. Ular muvaffaqiyatsizliklarni og‟ir 
boshdan kechiradilar, aytish mumkinki ularda muvaffaqiyatga ishonch emas
muvaffaqiyatsizlikdan qo‟rqish ko‟p. Ular tavvakal qilmaydilar, 
o‟z 
fikrlarini 
ko‟pchilik oldida izhor qilmaydilar. Ular indamas, ko‟pchilikka (sinfdoshlariga) 
qo‟shilmaydilar. Ularning yaqin do‟stlari juda kam. Ularni o‟z holiga tashlab 
qo‟yishsa buni yoqtirishmaydi, ishlarini, o‟qishini, hatti-harakatlarini tashqaridan 
adekvat baholanib turilishiga muhtoj. 
C.
 Past intellektga va yuqori kreativlikka egalar
. Bunday o‟quvchilar ko‟p 
hollarda 
"yomonlar" 
sifatida 
baholanadilar. 
Maktab 
talablariga 
qiyin 
moslashadilar, ko‟pincha ularning qiziqishlari maktabdan tashqarida bo‟lib, u 
yerda ular o‟zlarining ijodiyliklarini namoyon qiladilar. Ular ko‟pincha bezovta, 
o‟zlariga ishonmaydi, o‟zlarini kamsitilgandek his qiladilar. Ko‟pincha 
o‟qituvchilar ularni diqqatsiz, befahm sifatida baholaydilar, chunki bu bolalar bir 
xil, zerikarli ishlarni istamay bajaradilar, diqqatini ishga to‟play olmaydilar. 


146 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə