Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

mutaxassis shaxsini shakllanishi
muammosi doirasida o„rganilgan (A.E. Bodrov - 1991; E.F. Zeyer - 2003; Ye. A. 
Klimov - 1986, 1996; I.M. Kondakov, A.V. Suxarev - 1989; B.T. Kudryavsev - 
1981, 1985; B.T. Kudryavtsev, B.E. Egorov - 1983; Yu.P. Povarenkov - 1989; A. 
Rean - 2003; M. Safin, N. Nikov - 1984 va boshqalar). Bu muammoni 
o„rganishning muhim nuqtasi “
professional (mutaxassis)", “professionalizatsiya 
(kasbiy shakllanish)”, “professionalizm", “kompetentlik”, "malaka”
va 
“kasbiy 
yetuklik" 
tushunchalari hisoblanadi. Ma‟lumki, oxirgi tushuncha (“kasbiy 
yetuklik”) mehnat sub‟ektining muhim hususiyatlaridan biri hisoblanib, u 
mutaxassisning shakllanish (professionalizatsiya) jarayoni va uning natijasi 
(“professionalizm”, “kompetentlik”, “malaka”) sifatida namoyon bo„ladi. “Kasbiy 
yetuklik” tushunchasining mohiyati qator jaxon psixologlarining (A.A. Derkach-
2002; A.A. Derkach, V.G. Zazikin-1998; E.F. Zeyer-2003; O.G. Noskova-2000; 


156 
Yu.P. Povarenkov-1999; A. Rean-2003; B.A. Tolochek-2005) tadqiqotlarida 
o„rganilgan, lekin mehnat sub‟ektining bu hususiyatlarini shakllanish jarayoni, 
uning kasbiy faoliyatda namoyon bo„lishini o„ziga xos jihatlari va mutaxassis 
shaxsini shakllanishining boshqa komponentlar bilan o„zaro aloqasining xarakterli 
tomonlari hali yetarlicha o„rganilmagan. 
“Shaxs yetukligi” tushunchasi yuqori darajada shaxsiy, psixologik, ijtimoiy 
va kasbiy rivojlanganlik bilan tavsiflanib, uning tashqi vokelikka nisbatan adekvat 
munosabatida, ma‟naviy-axloqiy, etnik, madaniy, kasbiy va boshqa meyorlarni 
o„zlashtirishi hamda jamiyatdagi xulq-atvor me‟yorlari, muloqot va ong, pozitiv 
motivlarning namoyon bo„lishida, qadriyatlar tizimi, mazmuni hamda organizm va 
psixikaning funksional resurslarida aks etadi. Bu tushuncha shaxsning individ, 
shaxs, mehnat sub‟ekti sifatidagi taraqqiyotining o„ziga xos hususiyatlariga 
asoslangan aniq bir yosh davrini tavsifnomasi uchun keng qo„llaniladi. 
Yetuklik - bu shaxs rivojlanishining shunday darajasiki, bunda shaxs 
o„zining fuqarolik, oilaviy, kasbiy va boshqa majburiyatlarini to„liq bajarishga 
qodir bo„ladi, kolaversa, jamiyatning aniq sohalarida va mehnat faoliyatida 
samarali ishtirok etadi. “...taraqqiyotni tahlil qilish bu jarayonning o„ta murakkab 
va ziddiyatli ekanini ko„rsatmoqda, inson organizmining turli tizimlaridagi 
taraqqiyotning yuqori darajaga erishishi uchun turlicha vaqt sarflanganligi sababli 
uning psixikasi o„ta sodda va juda murakkabdir hamda uning evolyusiyasini 
boshlanishidagi geteroxronlik va kechishidagi tezlikning noadekvatligi kuzatiladi”. 
Muayyan bir shaxsning yetuklik darajasi uning individual hususiyatlari va 
ularning ijtimoiy muxit talablari, taraqqiyot sharoitlari bilan muvofiqlik darajasiga 
bogliqdir. Yetuk shaxs quyidagi hususiyatlarga ega bo„ladi: axloqiy va ijtimoiy, 
mustaqillik, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, xarakterning katiyligi, 
bag„rikenglik, ishonchlilik, samimiylik, xaqqoniylik va boshqalar. 
O.G. Noskovaning ta‟kidlashicha, amerikalik psixolog K. Arjiris yetuk 
shaxsni infantil, yetuk bo„lmagan shaxsdan farqlashning 7 ta mezonlarini ajratib 
ko„rsatgan. Shaxs yetukligini anglatuvchi bazaviy mezonlar quyidagilar:
- passivlik - faollik;


157 
- tobelik - mustaqillik;

xulq-atvorni 
ixtiyoriy 
boshqarishning 
rivojlanganlik 
darajasi; 
qiziqishlarning keng va barqarorligi;
- xayotiy maqsadlarning qisqa fursatliligi yoki uzoqni ko„zlaganligi;
- shaxsning atrofdagilar bilan hamkorligi, tobelik yoki qarama-qarshi 
munosabatlarni o„rnatish qobiliyati;
- refleksiyaning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
Ularga yana qo„shimcha tarzda o„zini o„zi baholash, o„zini o„zi anglash va 
o„zini o„zi rivojlantirish, tanqidiylik, tashqi olamdagi voqeliklarni to„g„ri idrok 
qilish qobiliyati kabi hususiyatlarni kiritishimiz mumkin. Aytish mumkinki, 
yuqorida sanab o„tilgan yetuk shaxsning hususiyatlari yetuk mutaxassis shaxsiga 
ham to„la mos keladi, biroq mehnat sub‟ektining kasbiy yetukligi mehnatga 
motivatsiyalashganlik, faoliyatning aniq bir turiga kasbiy yaroqlilik, uzoqni 
ko„zlagan kasbiy maqsad, qadriyat, dastur, harakat strategiyalarining anglanganligi 
kabi qator hususiyatlar bilan yanada boyitiladi. 
Shaxs rivojlanishining o„ziga xos hususiyatlari qator tadqiqotlarning 
predmetiga aylangan (L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, B.G.Anan`ev, A.V. 
Ansiferova, E. Erikson, A. Maslou, K. Rodjers va boshqalar). 
Qator tadqiqotlarda shaxs rivojlanishi fenomeni uning yosh davrlari bilan 
bog„lanadi. Mutaxassis shaxsining rivojlanishi nuqtai nazaridan yetuklik davrining 
psixologik hususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi (20-40 yosh, 40-60 yosh, 60-
75 yosh). Qiziqarlisi shuki, mutaxassis shaxsining shakllanishi yetuklik davrining 
ilk bosqichidan boshlanadi, lekin 40-60 yoshlarga kelib, o„zining shaxs 
hususiyatlarini namoyon qila boshlaydi. 
A.A. Rean bir qator olimlar va o„zining izlanishlari natijalari asosida 40-60 
yoshlarga kelib shaxsda psixofiziologik funksiyalarning susayishi kuzatiladi, lekin 
bu kognitiv soxasida aks etmaydi va ish qobiliyatini susaytirmaydi degan xulosaga 
keladi. Ayrim qobiliyatlar, ayniqsa, faoliyatning turli shakllari bilan bog„liq 
qobiliyatlar taraqqiy etishda davom etadi va intellektning rivojlanganligi bilan 
ajralib turadi. Bu bosqichda shaxs donishmandga aylanadi - uning dunyoqarashi 


158 
kengayadi, xar qanday xodisalarni chuqur va xar tomonlama o„ylab ko„radi, u yoki 
bu vaziyatning rivojlanishini bashorat qilishi, voqealarni kechishini nazorat qilishi 
va turli masalalarni ijodiy hal qilishi mumkin. Mualliflarning ta‟kidlashicha, bu 
davrda shaxs intellektual taraqqiyotining hususiyatlari ko„p xollarda uning shaxsiy 
xarakteri, xayotiy ustanovkalari, rejalari va qadriyatlari tizimiga bog„liq bo„ladi. 
Yetuklik davridagi shaxsning emotsional soxasi serqirraligi bilan ajralib 
turadi, ularda kayfiyatning tez o„zgarishi kuzatiladi. Yoshlik davriga kelib ijobiy 
emotsiya va xissiyotlarni yuzaga keltiruvchi oilaviy xayotning barqarorlashuvi, 
ruxiy va jismoniy potensialning to„liq namoyon bo„lishi, xayotiy va kasbiy 
rejalarning amalga oshirish xodisasi sodir bo„la boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda, 
ularning o„z-o„ziga xaddan ortiq yuqori yoki past baho berishlari, depressiya, 
o„zining ijtimoiy va mehnat mavqeidan qoniqmaslik xissi, stressga barqarorlikni 
pasayib ketishi bilan kuzatiladi. 
Olimlarning ta‟kidlashlaricha, motivatsiya tuzilishida qisqa vaqt ichida va 
to„liq shaklda rejalashtirilgan natijalarga erishish istagining kuchi negizida 
qo„zg„atuvchi extiyojlarni 
qondirishga yo„nalganlik yotadi. Xarakatlarni 
faollashtiruvchi asosiy motivlar-ijodiy potensialni amalga oshirishga intilish, 
o„zining bilim, tajriba, faoliyat natijalarini kelgusi avlodlarga yetkazish, o„zining 
va yaqinlarining xavfsizligini ta‟minlash, o„zining ijtimoiy va kasbiy mavqeini 
tartibga keltirish, xayotiy rejalarini amalga oshirishda yaqinlariga yordam berish, 
keksalik davrida tinch va farovon xayot kechirishga tayyorlanish va boshqalar 
hisoblanadi. Bu yosh davri uchun xayotga o„zgacha nazar bilan qarash va chuqur 
mushohada qilish, shaxsiy, oilaviy va kasbiy sohalarda avval qabul qilingan 
qadriyatlar tizimini kayta kurib chiqish kabi hususiyatlar xosdir. Majburiy xayotiy 
va kasbiy o„zgarishlar faqatgina stressni rivojlanishiga zamin xozirlabgina 
qolmasdan, balki avval qabul qilingan xayotiy rejalar va motivlarning o„zgarishi, 
kolaversa ulardan voz kechishga olib kelishi mumkin. 
Yetuklik davrida “Men”-konsepsiyasi shaxsning o„zi va atrof-muhit 
xaqidagi yangi tasavvurlari bilan boyidi. “Men”-konsepsiyasi shaxsning 
konseptual negizini boyishi natijasida rivojlanadi. Uning asosida axloqiy normalar, 


159 
xuquq va shaxsiy qadriyatlar negizida shaxsning o„zini o„zi faollashtirishi yotadi. 
Shaxsning o„ziga nisbatan realistik, ongli munosabati uning shaxsiy “Men”iga 
yo„naltirilgan emotsiyalarni boshqarish imkonini beradi. O„z-o„ziga baho berish 
umumiy xarakterga ega bo„lib, ularning “proeksiyasi” turli vaziyatlarda namoyon 
bo„ladi. “Men obrazi” ijtimoiy rollarni qabul qilish va shaxsiy mavkeni tiklash 
bilan bog„liq ravishda boshqa shaxslarning (bolalar, o„quvchilar va boshqalarning) 
taraqqiyotini ta‟minlashga yo„naltirilgan bo„ladi. 
Yetuklik davrida yetakchi faoliyat mehnat hisoblanadi. Kasbiy faoliyatda 
orttirilgan 
tajriba 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Muloqot 
va 
shaxslararo 
munosabatlarning ahamiyatini kuchaytiruvchi oralik va boshqaruvchi funksiyalar 
bilan bog„liq xolda kasbiy xulq-atvorning yangi shakllari rivojlanadi va namoyon 
bo„ladi. Faoliyat sohasining doirasi kengayadi, yangi xulq-atvor strategiyalari 
yuzaga keladi, shaxsiy mehnat jarayoni va uning natijalariga hamda boshqa 
mutaxassislarga nisbatan mas‟uliyatlilik hissi ortadi. Oilaviy xayotdagi barqarorlik, 
maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanib, bolalarga va qariyalarga yordam berishga 
bo„lgan extiyoj kuchayadi. Mehnat yuklamasining kattaligi, funksional 
zaxiralarning susayishi va unga nisbatan e‟tibor hamda vaqtning ishchanlik 
qobiliyatini qayta tiklashga sarflanishi natijasida shaxsda dam olishni tashkil 
kilinishi biroz cheklanadi. 
Demak, yetuklik davrining o„ziga xos tomonlari mehnat faoliyatining 
muhim ta‟sir darajasi, xayotiy va mehnat motivlarining shakllanishi va amalga 
oshishi, adekvat “Men” - konsepsiyasining tarkib topishi, shaxsiy imkoniyatlarning 
shaxsiy maqsad va rejalar bilan muvofiqligi, ma‟naviy- mazmuniy 
ustanovkalarning amalga oshishi bilan shartlangan shaxs to„zilishining turli 
komponentlarini progressiv rivojlanishida aks etadi. Qolaversa, bu davrda 
me‟yoriy inqirozlar va shaxs deformatsiyasi kuzatiladi, bu esa, shaxs 
taraqqiyotining pozitiv tendensiyasi buzilganligidan, xattoki, shaxs tuzilishidagi 
ayrim komponentlarning namoyon bo„lishi va xolatiga hamda shaxs xulq-atvoriga 
salbiy ta‟sir kilayotganidan dalolat berishi mumkin. 
Turli yosh davrlarida shaxs psixik taraqqiyoti shaxs tuzilishining u yoki bu 


160 
komponentlarining o„ziga xos sifatlari va bu jarayonning namoyon bo„lishini ayrim 
qonuniyatlari bilan cheklanib qolmasdan, aynan: 

turli psixik funksiyalar va hususiyatlarning taraqqiyotini nomuvofiqligi 
(ular o„zlarining yuksalish cho„qqisi, barqarorlik va inkiroz bosqichlariga ega), shu 
bilan birga taraqqiy etganlik qanchalik past bo„lsa, ikkilanish shunchalik kuchli 
bo„ladi; 

shaxs xayot-faoliyati va psixik faoliyat funksiyalari hamda ta‟lim 
tizimining roli va tuzilishining o„ziga xosligi orqali aniqlanuvchi shaxsning aloxida 
komponentlarini shakllanishining turli vaqtlarda sodir bo„lishi-geteroxronlik 
fazasi; 

psixik faollik tizimining barqarorligini ta‟minlovchi, vaqtga bog„liq 
bo„lmagan xolda namoyon bo„luvchi rivojlanishning alohida bosqichlarining 
beqarorligi; 

senzitivlik, ma‟lum vaqt davomida tashqi ta‟sirlarga nisbatan psixik 
funksiyalarning ta‟sirchanligining ortib ketishi; 

taraqqiyotning divergentligi-konvergentligi - bunda psixik taraqqiyot 
jarayonining serqirraligining ortishi va saralashning ortishi bilan tavsiflanadi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə