Kasbiy psixologiya


Qobiliyatlarning tabiiy shartlari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Qobiliyatlarning tabiiy shartlari. 
Har bir kishida tug‟ma layoqat 
nishonalari, ya‟ni miyaning oliy nerv faoliyatining analizatorlarining o‟ziga xos 
xususiyatlari bor bo‟ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga 
bo‟lgan muayyan moyillik ana shunga bog‟liqdir. Tabiiy anatomik-fiziologik 
layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik 
qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui kishining iste‟dodi 
deyiladi. Lekin bu tabiiy layoqat nishonalari muvaffaqiyatli faoliyatning to‟la-
to‟kis shart-sharoiti bo‟la olmaydi. Layoqat nishonalarini rivojlantirish kerak, bu 
esa faoliyat jarayondagina ro‟y berishi mumkin. Layoqat nishonalari ko‟p 
qiymatlidir, yana tegishli sharoitlar mavjud bo‟lganda, faoliyatga qarab layoqat 
nishonalari asosida turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Masalan, yaxshi eshitish 
va ohangni sezish qobiliyati mavjud bo‟lganda bir kishi kompozitor, ikkinchisi 
yaxshi ijrochi, uchinchisi yaxshi dirijyor, to‟rtinchisi musiqa tanqidchisi va 
hokazolar bo‟lib yetishmog‟i mumkin. Qulay sharoitlar mavjud bo‟lganda ayrim 
kishilarda qobiliyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san‟atga 


148 
bo‟lgan layoqat ancha ertaroq paydo bo‟ladi. Masalan, M.I. Glinka 3-4 yoshidayoq 
shunday o‟yinni juda yoqtirgan: u ovoz chiqaradigan turli buyumlarni (mis, 
tog‟oracha, kostryulka) yog‟och bilan chalgan. Bunda kattalarni hayron 
qoldiradigan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo‟lganki, ularni eshitish 
maroqli edi. Keyinchalik bu bola buyuk kompozitor bo‟lib yetishdi. Biroq shunday 
ham bo‟ladiki, kishilar bolalikda favqulodda qobiliyatlarini namoyon qilganlar-u, 
biroq katta bo‟lgach, ulardan mahrum bo‟lganlar. Lekin bunday hollar nisbatan 
kam uchraydi.
Qobiliyatlar faoliyat davomida rivojlanadi. Qobiliyatlarni rivojlantirishning 
birinchi sharti - faoliyatga bo‟lgan ehtiyojni tarbiyalashdir. Mehnatga bo‟lgan 
ehtiyojni tarbiyalash uchun ishga qiziqish va unga odatlanish katta ahamiyatga 
egadir.
Qobiliyatlar shaxsning boshqa sifatlari bilan chambarchas bog‟langan. 
Kishining talantli ekanligi ma‟lum darajada uning psixik jarayonlari, shuningdek, 
ko‟pgina psixik xususiyatlarining rivojlanish darajasiga bog‟liq bo‟ladi. Ayrim 
qobiliyatlarni rivojlantirishda tegishli bilish jarayonlarining yuqori darajada 
bo‟lishi hal qiluvchi rol o‟ynaydi. Masalan, musiqachi uchun eshitish, rassom 
uchun ko‟rish idroklari katta ahamiyatga ega. Kishi o‟z qobiliyatlarini 
rivojlantirish bilan shug‟ullanar ekan, bu rivojlanish quruq maqsaddan iborat bo‟lib 
qolishi kerak emas. Asosiy vazifa jamiyatning munosib, foydali a‟zosi bo‟lib 
yetishishdan iboratdir.
Shaxs kasbiy shakllanishining o„zmaxsulligi va anglay olishining muhim 
omili uning kasbiy mehnatda ma‟no topishidadir, o„
z
kasbiy xayotini 
loyihalashtirish, mas‟uliyat bilan kasb, mutaxassislik va ish-joyini tanlash borasida 
qaror qabul qilishdadir. Albatta, bu muhim kasbiy muammolar shaxs oldida butun 
xayoti davomida paydo bulaveradi. Shaxs esa, doimo o„zgarib, rivojlanib turadi. 
Demak, uning rivojlanishini turli bosqichlarida kasbiy anglash muammolari 
turlicha hal etiladi. Kasblar olamida o„
z
o„rnini to„g„ri tanlash, o„z ijtimoiy kasbiy 
rolini kasbiy mehnatga jamoaga va o„ziga bo„lgan munosabatini anglay olishi 
inson xayotining muhim komponentlari bo„lib qoladi. Gohida kishi kasbdan 


149 
o„zoklashib, undan og„irlik seza boshlaydi unda o„z kasbiy xolatidan qoniqmaslik 
xissi paydo bo„ladi. Shuningdek, insonlarda majburiy xolatda kasb 
(mutaxassislik)ni va ish joyini almashtirish xollari gohida uchrab turadi. 
Ta‟kidlash mumkinki, shaxs oldida doimo undan kasbga bo„lgan 
munosabatni aniqlash, gohida o„z kasbiy yutuqlarini tahlil etish, kasb tanlovi yoki 
uni almashtirish qarorini qabul qilish, kar`erani aniqlash va korreksiyalash boshqa 
kasbga xos bo„lgan masalalarni hal etishni talab etadi. Kasbshunoslikda barcha bu 
muammolar kompleksi kasbiy aniqlanish deb tushuniladi. Tabiiyki, bunday 
murakkab psixologik xodisa psixologiya fanida yagona to„g„ri ta‟rifga ega bo„lishi 
mumkin emas. Shaxsda kasbiy shakllanish konsepsiyasini tadqiqotchi psixologlar 
tomonidan turlicha tushuntirib berilgan. 
A.Maslou konsepsiyasi bo„yicha, inson takomillashib borishiga, o„zini 
namoyon etishiga bo„lgan intilishi aks etadi. Uning konsepsiyasida “Aniqlanish” 
tushunchasi “O„zini namoyon etish” tushunchasi yaqin atama sifatida e‟tirof 
etiladi. 
P.G.Shedrovskiy “Aniqlanish” insonning o„zini o„zi o„z individual tarixini 
yaratish qobiliyati sifatida, o„zligini aniqlay olishida ko„radi. 
Ye.A.Klimov kasbiy anglashni batafsil tahlil etib, uni “psixik 
rivojlanishining, 
nimadir 
foydali 
ishni 
qiluvchilar” 
professionallar 
hamjamiyatining to„laqonli ishtirokchisi sifatida o„zini shakllantirishning muhim 
ko„rinishidir. Kasbiy anglash bo„yicha Ye.A. Klimovning fikri qadrli hisoblanadi. 
Uning fikricha, oson va qisqa muddatli hisoblangan kasb tanlovi aslida “lahza 
qo„shuv butun kelgusi xayot” formulasi asosida amalga oshiriladi. 
Shaxsda rivojlanish yo„llaridan avval turli mehnat sohalariga ma‟lum 
munosabat, ko„p kasblar xaqida tasavvur va o„z imkoniyatlarini baholash, ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatda to„g„ri yo„l tutishi kasb tanlovining “zaxira variantlari” va 
navbatdagi kasbiy anglash ichki tayyorgarlikka xos bo„lgan boshqa ko„p narsalar 
xaqida tasavvur shakllangan bo„ladi. 
Ye.A. Klimovning fikrini mantiqiy jihatdan umumlashtirib quyidagicha 
ta‟kidlash mumkin. Kasbiy anglash kasbiy tanlovining bir lahzali akti bo„lib 


150 
qolmaydi va tanlangan mutaxassislik bo„yicha kasbiy tayyorgarlik yakuni bilan 
tugatilmaydi, balki u butun kasbiy xayoti mobaynida davom etadi. 
Ushbu konsepsiyaning muhim jihati shundaki, bunda kasbiy anglash 
tahliliga tizimli yondoshuv qo„llaniladi, ammo tadqiqot muammosining faqatgina 
erta yoshlik yoshi bilan chegaralanishi konsepsiyasining evrestik imkoniyatlarini 
cheklaydi. 
Kasbiy va shaxsiy anglash N.S. Pryajnikov tomonidan olib borilgan 
izlanishlarning predmeti hisoblanadi. Uning konseptual yondashuvi quyidagilardan 
iborat: 
Adabiyotlar tahlili, amalga oshirilgan tajriba - eksperimentlar tadqiqot N.S. 
Pryajnikovga kasbiy shakllanishning nazariyasi va amaliyotini boyitish imkonini 
beradi. Kasbiy anglash shaxsning boshqa muhim sohalarida o„zini namoyon eta 
olishi bilan uzilmas aloqasini doimo ta‟kidlagan xolda, u shunday yozadi. “Kasbiy 
anglashning mohiyati aniq madaniy-tarixiy vaziyatda bajariladigan ish va butun 
xayot mazmunini mustaqil va anglangan xolda topishdadir”. 
Shaxsning kasbiy anglashi bo„yicha o„tkazilgan tahlilini umumlashtirib, bu 
jarayonning asosiy nuqtalarini ajratishimiz mumkin: 
1.
Kasbiy anglash - individning kasblar olamiga va tanlangan aniq kasblar olamiga 
nisbatan bo„lgan tanlovi munosabati. 
2.
O„z xususiyatlar va imkoniyatlarini, kasbiy faoliyat talablarini va ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan xolda kasbiy anglash yadrosi hisoblanadi. 
3.
Kasbiy anglash butun kasbiy xayoti davomida amalga oshiriladi, shaxs doim 
o„zgaradi, o„z kasbiy xayotini qayta anglaydi va kasbida o„zini namoyon etadi. 
4.
Shaxs kasbiy anglashning dolzarblashuvi, turli voqealar, yani umumta‟lim 
maktabini, o„quv yurtini tugatish malaka oshirish, yashash joyini almashtirish, 
attestatsiya, ishdan bo„shash va hokazalar bilan anglanadi. 
5.
Kasbiy anglash shaxs muhim ijtimoiy - psixologik yetukligini tavsifi 
hisoblanadi. 
Shaxs kasbiy anglashini tadqiq etib, N.S.Pryajnikov uning quyidagi 
mazmunli - protsessual modelini asoslab berdi: 


151 
1.
Ijtimoiy foydali mehnatning qadr-qimmatini va kasbiy tayyorgarligining 
zaruriyatini anglashning qadriyatli, ma‟naviy asosi. 
2.
Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda o„z yo„nalishini topish va tanlanadigan 
faoliyatni kelajakda rivojlantira olish. 
3.
Kasbiy mehnat olamida umumiy xolda o„z yo„nalishini aniqlay olish va 
kasbiy maqsadni ajrata olish. 
4.
Yaqin oradagi kasbiy maqsadlarni keyingi maqsadga eltuvchi yo„llar va 
vositalari sifatida aniqlash. 
5.
Kasbiy o„quv yurtlari va ish o„rinlariga muvofiq kasblar va 
mutaxassisliklar xaqida ma‟lumot berish. 
6.
Kasbiy maqsadlarga erishishni murakkablashtiruvchi to„siqlar xaqida 
tasavvurga ega bo„lish, shuningdek, mo„ljallangan rejalarni amalga oshirishga qo„l 
beruvchi o„z fazilatlarini bilish. 
7.
Anglashning asosiy varianti bo„yicha muvafaqqiyatsizlikka uchragan 
xolda, tanlov zaxira variantlarining mavjudligi. 
8.
Shaxs kasbiy istiqbollarining amaliy yuritilishini boshlanishi va 
mo„ljallangan rejalarni doimiy ravishda korrektirovka etish. 
Shaxsning o„zini namoyon eta olish imkoniyatlarini tahlil etib, 
N.S.Pryajnikov kasbiy anglash bo„yicha yettita turini taklif etadi: 
1.
Ma‟lum bir mehnat vazifada o„zini anglash. Bu anglash turi 
bajarilayotgan faoliyat doirasida o„zini namoyon eta olishini nazarda tutadi. Ishchi 
o„z faoliyat mazmunini ayrim mehnat vazifalarini sifatli bajarishda ko„radi 
(masalan, konveyrda ishlash paytida). Tanlash erkinligi va inson xarakatlarining 
diapazoni minimal darajada aks etishi bilan belgilanadi. Ko„p ishchilarga bu bir xil 
va bir maromda ishlash yomon ta‟sir etadi. Shuning uchun ishlab chiqarish 
tashkilotlari bunday ishlarni bajariladigan ishlar turini almashtirish hisobiga 
qo„shimcha vazifalar bilan boyitishga xarakat qiladilar. Ammo shuni ham 
ta‟kidlash lozimki, ayrim kishilar bunday mehnatdan rohatlanadilar. 
2.
Ish o„rnida o„zini anglash turli xil vazifalar bajarishni nazarda tutadi. Ish 
o„rni ma‟lum xuquqlar va topshiriqlar mehnat vositalarini o„z ichiga oluvchi 


152 
cheklangan ishlab chiqish muhiti bilan belgilanadi. Bajarayotgan faoliyat doirasida 
o„zini namoyon eta olish imkoniyati birinchi xolatda yuqoriroq bo„lishi mumkin. 
Aniq ish joyini almashinuvi mehnat sifati va samaradorligiga yomon ta‟sir etadi va 
ishchining qoniqmasligini keltirib chiqaradi. 
3.
Mutaxassislik bosqichida o„zini anglash turli ish o„rinlarini sezilarsiz 
almashinuvini nazarda tutadi va shu ma‟noda shaxsning o„zini namoyon eta olish 
imkoniyatini kengaytiradi. Masalan, avtotransport xaydovchisi avtomashinalarning 
turli rusumini boshqara oladi. 
4.
Kasbda o„zini anglash turi bo„yicha ishchi mehnat faoliyatida bir - biriga 
yaqin kasblarni o„zlashtira olishi nazarda tutiladi. Ma‟lumki, kasb bir qancha bir-
biriga yaqin mutaxassislarni birlashtiradi. Shuning uchun avval anglash turiga 
nisbatan bunda ishchi nafaqat ish o„rnini, balki mutaxassisliklarni ham tanlaydi. 
5.
Xayotni o„zini o„zi anglash turi kasbiy faoliyatdan tashqari o„zini xordiq 
chiqarishi, majburiy ishsizlik va hokazolar. Mazmun jihatdan bunday fikr 
insonning xayot tarzini tanlashi xaqida bormokda. Ta‟kidlash kerakki, ko„p kishilar 
xayot mazmunini kasbdan tashqaridagi faoliyatda ko„rishadi. 
Xayotni anglash nafaqat insonning u yoki bu ijtimoiy rollarini bajarishini 
balki xayot tarzini tanlashini ham nazarda tutadi. Bunday xolda kasb ma‟lum xayot 
tarzini yuritish vositasi bo„lishi mumkin. 
6.
Murakkabroq tur - shaxs o„zini anglashi. Bu tur xayotda o„zini 
anglashning oliy ko„rinishi bo„lib, bunda inson vaziyat va o„z xayotining egasi 
bo„ladi. Bunday xollarda shaxs kasb va ijtimoiy rollardan ajralib turadi. Inson 
ijtimoiy rolni egallabgina qolmay, balki yangi rollarni yaratadi va kaysidir 
ma‟noda xattoki ijtimoiy-psixologik mezon yaratish bilan shug„ullanadi va 
atrofdagi odamlar u xaqida yaxshi muxandis, shifokor, pedagog deb gapirib 
qolmasdan, balki takrorlanmas shaxs deb ta‟riflashadi. Aytish mumkinki, shaxs 
o„zini anglashi bu o„ziga xos “Men tarzini” topishidir doimo shuni rivojlantirib 
atrofdagi odamlar orasida tasdiqlashdan iboratdir. 
7.
Nixoyat eng murakkab tur - shaxsning madaniyatda o„zini anglashi 
(shaxs o„zini anglashning oliy ko„rinishi sifatida). Bunda kaysidir ma‟noda 


153 
insonning ijtimoiy abadiyligi to„g„risida gapirishga imkon beruvchi “o„zini boshqa 
odamlarda davom etishi”ga yo„naltirilgan ichki faollik seziladi. O„zini anglashning 
oliy turi shaxsning keng ma‟noda tushuniladigan madaniyat rivojlanishiga 
qo„shgan hissasida namoyon bo„ladi. (ishlab chiqarish, san‟at, ilm, din). 
Yukorida berilgan o„zini anglashning xar bir turida N.S.Pryajnikov
shartli 
ravishda inson o„zini namoyon etishining besh bosqichini ajratadi. Bosqichlarni 
ajratish mezoni sifatida inson tomonidan mazkur faoliyatni ichki qabul kilinishi va 
unga bo„lgan ijodiy munosabatining darajasi bilan belgilanadi. 
Bajariladigan faoliyatni agressiv qabul qilmaslik (destruktiv bosqich). 
Tinch yo„l bilan mazkur faoliyatni chetlab o„tishga intilish. 
Mazkur faoliyatni namuna, shablon ko„rsatma asosida bajarish (passiv 
daraja). 
Faoliyat 
sub‟ektining 
malakasi 
kasbiy 
yetuklikning 
muhim 
ko„rsatkichlaridan biri hisoblanib, u o„zining funksional imkoniyatlari va 
extiyojlarini kasbiy talablar bilan muvofiqlashtiradi. Bu ko„rsatkich kasbiy “Men-
konsepsiyasi”ning o„ziga xosligini anglatadi. Yoshlik davrida, ayniqsa, kasbiy 
yetuklik bosqichida “Men-konsepsiyasi” xar tomonlama boyitiladi, bir tomondan-
xayot va faoliyatning o„zgaruvchan talablari, ikkinchi tomondan esa, o„zini o„zi 
baholashning shakllanishi ro„y beradi. A.A.Reanning ta‟kidlashicha, yetuklik 
davrida “Men-konsepsiyasi” kasbiy faoliyat ta‟sirida, ko„pgina maxsus 
konsepsiyalarning namoyon bo„lishi hisobiga shakllanadi. Ular reallashib, 
professional mahoratning usishi bilan bog„liq ravishda rivojlanib boradi. Shaxs 
asta-sekinlik bilan o„z imkoniyatlarini namoyon qiluvchi maqsadlarni tanlashda 
o„ta sinchkov va ishning natijasiga mas‟uliyat bilan yondashadigan bo„lib boradi. 
“Shaxsning ahloqiy qoidalar va ayniqsa, muhim shaxsiy qadriyatlar doirasida 
o„zini o„zi faollashtirish” Men- konsepsiyasining tub mohiyatiga singib boradi. 
Kasbiy yetuk shaxslarda ularning o„zlari xaqidagi ma‟lumotlarga 
asoslangan xolda o„zini o„zi baholashning kognitiv komponentlari kuchayib 
boradi. O„zini o„zi baholashning emotsional komponenti esa, biroz cheklanadi. 
Mutahassisning o„zini o„zi baholashini ko„p qismi uning ichki etalonlariga 


154 
yo„naltirilgan bo„ladi. Shaxsda o„ziga nisbatan ongli, real munosabatlarning 
namoyon bo„lishi emotsiyalarni boshqarishga olib kelishidan dalolat beradi. O„zini 
o„zi baholash umumiy xarakterga egadir. 
Kasbiy o„zini o„zi baholashni o„zini o„zi baholash professional mahorat va 
kompetentlik darajasida aks ettiriluvchi shaxsning o„zini mehnat sub‟ekti sifatida 
baholashi bilan bog„liq operatsional faoliyat aspektlariga va shaxsiy sifatlarni 
“Men-mutahassisman” konsepsiyasi bilan mutanosibligini baholashda aks 
ettiriluvchi shaxsiy aspektlarga ajratish mumkin. 
O„zini o„zi kasbiy baholashda faoliyat natijalari va mutahassisning shaxsiy 
potensial baholari ko„rib chiqiladi, birinchisida mehnat yutuqlaridan qoniqqanlik 
darajasi aks ettirilsa, ikkinchisida shaxsning o„z imkoniyatlarini baholash va 
shaxsning o„z kuchiga ishonganlik darajasi ko„rib chiqiladi. O„zini o„zi 
baholashning past ekanligi mutahassisni yetuk yoki “yetuk emasligi”dan dalolat 
bermaydi. O„zini o„zi baholash negizida pozitiv motivatsion o„zini o„zi 
rivojlantirish yotadi va shaxsning ijtimoiy, kasbiy muvaffaqiyatlari bilan 
korreksiyalanadi. 
Mehnat insonning mavjudligi va taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi muhim 
shartlardan biri hisoblanadi. Mehnat ijtimoiy muhitni, sub‟ektning faoliyatda 
shakllanishi va uning extiyoji, maqsadi, qadriyatlari tizimi hamda xayot 
mazmunini anglash vositasidir. Mehnat faoliyati jarayonida inson psixikasi 
namoyon bo„ladi va rivojlanadi, shu bilan bir qatorda inson shaxs sifatida 
shakllanib, uning yangi qirralari ochilib boradi. 
Shaxs va faoliyatning murakkab hamda ko„p qirrali aloqalari shaxsning 
psixik boshqaruvi, shaxs xarakterini determinatsiyalovchi funksiyalar va 
to„zilishlarning o„ziga xos hususiyatlari, shuningdek, faoliyatning vaqt va makon 
kabi boshqa maxsus tavsiflari bilan shartlangan. Bu shaxs - faoliyat tizimi 
munosabatlar 
dinamikisini 
ta‟minlaydi, ya‟ni o„zaro ko„nikish, shaxs 
komponentlari va faoliyatga adaptatsiyasida namoyon bo„ladi. Bu jarayon nafaqat 
shaxsning psixik komponentlarining faollashishi, faoliyat maqsadi, vazifalari va 
mazmunini adekvat ta‟minlash tizimini shakllanishi bilan cheklanib qolmasdan, 


155 
shu bilan bir qatorda shaxsning alohida sifat va o„ziga xos jihatlarining shakllanishi 
bilan muvofiq ravishda kechadi. 
Shaxsning faoliyat xarakteri bilan bog„liq ravishda rivojlanish jarayoni 
qator shaxsiy va faoliyat omillarini o„ziga xosligidan kelib chiqadi. Bu taraqqiyot 
shaxsning aniq, tipik xayotiy va kasbiy sharoitlarda adekvat hamda ishonchli 
xarakatlarini ta‟minlashga, faoliyatni jadallashtirish uchun zarur bo„lgan shaxs 
tuzilishi va barqaror sifatlarning shakllanishiga yo„naltirilgan bo„ladi. Ma‟lumki, 
maqsadga yo„naltirilgan xulq-atvor birinchi navbatda, kasbiy faoliyat uchun shaxs 
taraqqiyotini stimullashtiruvchi tashqi faoliyat va ijtimoiy omillar hamda shaxs 
hususiyatlarining o„zaro ta‟sirida namoyon bo„luvchi mehnat sub‟ektining sifatlar 
tizimini yuzaga kelishi va shakllanishi, aniq xulq-atvor va faoliyat shakllari uchun 
xos bo„lgan shaxs hususiyatlarini shakllanish vaziyatlari bilan tavsiflanadi. Shu 
bilan bir vaqtda, shaxsni faoliyatga jalb qilinganligi, uning maqsad va vazifalarini 
amalga oshirishga bo„lgan ustanovkalari, sub‟ektning mehnat jarayoniga shaxsning 
psixologik hususiyatlari orqali aniqlanuvchi yuqori imkoniyatlarni tadbiq qilish 
malakasi va mazmuniga moslashishi, ko„nikishiga intilishi bilan bogliqdir. 
Shaxs va faoliyatning o„zaro aloqasi va o„zaro ta‟siri jarayoni dinamik 
xarakterga ega bo„lib, bu jarayon psixologiyada 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə