Kashfiyotlar •davr nashriyoti



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/56
tarix24.12.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#158922
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
8c9ztej0aQQajXtLkdfM

«Marko Polo kitobi» 
(1298) - Armaniston, Gruziya, Eron, 
Xitoy, Mog'uliston, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar geog­
raf iyasi, etnografiyasi va tarixi haqidagi ma’lumotlar bo'yicha qimmatli 
manba hisoblanadi. Kitobdan shuningdek xalq rivoyatlari, afsonalari va 
ertaklari ham o'rin olgan.
Bu kitob juda mashhur bo‘lib ketdi va XIV-XVI asrlardagi den­
gizchilar, harita tuzuvchilar, yozuvchilarga katta ta ’sir ko‘rsatdi.
Xristofor Kolumb Amerikaga birinchi bor suzganida bu kitob unga juda 
qo'l keladi deb hisoblab uni o'zi bilan olib ketdi.
Marko Polo fors tilini (o'sha vaqtdagi xalqaro
aloqa tili) bilardi, Xitoyda yashab m ongol tilini
(o'sha davrda Xitoydagi m a’m uriy til) o'rgandi,
biroq xitoy tilini o'rganishga zarurat sezmadi.


Buyuk Ip a k y  li
Buyuk Ipak yo‘li 
hech qachon yagona bir yo'ldan iborat bo'lmagan. 
Uning tarkibiga tog' dovonlari orqali otgan, cho'llarni aylanib o'tgan 
turli yo'nalishdagi bir necha karvon yo'llari tarmog'i kirgan.
Ipak yo'li Xitoyning qadim iy poytaxti - Chanandan (Chang’An) 
boshlanib, shimoliy Tyan-Shan yoqalab Dunxuaga - Buyuk Xitoy 
devori atrofidagi shaharga qarab ketgan. Shu yerga kelganda yo'l 
Takla-Makan cho'lini shimoldan va janubdan aylanib o'tadigan bir 
necha tarm oqlarga bo'linib ketgan. Shimoliy yo'l Turfan orqali Hi 
daryosi vodiysiga chiqqan. O'rtadagi yo'l So'g'diyonaga olib borgan, 
janub tom ondagisi esa - Baqtriyaga yo'nalgan. Tyan-Shandan 
oshib o'tgan karvon yo'l 
Sam arqand, Buxoro, Xorazm ga, 
undan 
esa Kaspiy dengizi q irg ’oqlariga yetib kelar edi. Janubiy yo'l ikkiga 
bo'linib ketgan, ularning biri Hindistonga boshlasa, ikkinchisi -
g'arbga, Parfiya, Fors, Mesopatamiya, Bog'dod, Damashq orqali 
O 'rtaYer dengiziga chiqqan.
SINAE
AFRICA
W
Buyuk Ipak Yo'li yo'nalishlari


Xitoy savdogarlari
Buxoro bozorida
Miloddan avvalgi III asrga qadar Yevrosiyodagi to 'rtta - Rim 
( 0 ‘rta Yer dengizi), Parfiya (Yaqin Sharq), Qushon (Hindiston, 
Afg'oniston, 0 ‘rta Osiyo) va Xan (Xitoy) imperiyalari tom onidan 
nazorat qilingan. Garchi ular o'rtasida savdo yo'lining muhim 
nuqtalarini izmida tutib turish uchun doimiy kurash olib borilgan 
bo'lsada, 
umuman olganda bu to 'rtlik karvon yo'llaridagi 
barqarorlikni ta ’minlashga muvaffaq bo'lgan.
Vaqt o'tib ularning o'rnini o'rta asr imperiyalari egalladi, ipak yo'li 
tarixida shunday qisqa davrlar ham bo'ldiki, bu paytda u deyarli 
bitta davlat tom onidan nazorat qilib turildi: VI asm ing oxirlarida 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə