Kelishildi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#110766
1   2   3   4   5   6   7   8
chorvachilik

MUNDARIJA

KIRISH




Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati




Tadqiqot o‘tkazish joyi va sharoiti




Tadqiqotning maqsadi




Tadqiqotning ob’yekti




Tadqiqotning predmeti va uslubi




Tadqiqot natijasida kutilayotgan ilmiy yangiliklar




2023-yil I-chorak (yanvar, fevral, mart oylari) davomida bajarilgan ishlar




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. «Dukkakli ekinlar yеr yuzida 135 mln. gektar maydonga ekiladi, shundan takroriy ekin sifatida dukkakli-don ekinlari 91,6 mln. gektar maydonga ekilib, o‘rtacha don hosildorligi 12,0 st/ga, yalpi hosil 206,4 mln. tonnaning tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha moshdan olinadigan hosil 5,3 mln. tonnani tashkil etadi, moshni yеtakchi yеtishtiruvchi va iste’molchi davlat Hindiston hisoblanadi.
O‘zbekistonda qisqa muddatda tub islohotlar amalga oshirildi, bu qishloq xo‘jaligi tizimini butunlay o‘zgartirishga va aholini turli xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga imkon bermoqda. Xususan, O‘zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining «3.3 bandi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirishga karatilgan»2 muhim strategik vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ushbu olib borilgan tadqiqotlar dukkakli ekinlar xususan mosh yеtishtirish texnologiyasi elementlarini takomillashtirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish kabi dolzarb masalalarga qaratilganligi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etadi [1, 3, 5].
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning
2020- 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘grisida”gi va
PF- 5742-sonli 2019-yil 17-iyundagi “qishloq xo’jaligida yеr va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘grisida”gi farmon, qarorlarida va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi [2, 4].
Dunyoda dukkakli ekinlar xususan mosh yеtishtirishning ilg‘or resurs-tejamkor texnologiyasi bo‘yicha keng ko‘lamdagi ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Moshning potensial imkoniyatidan foydalangan holda o‘ziga xos resurs-tejamkor yеtishtirish texnologiyalarni ilmiy asoslariga tayanib, tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan navlardan ekologik toza, tarkibida oqsil va vitaminlarga boy bo‘lgan don hosili yеtishtirmoqdalar. Shu nuqtai nazardan, moshning serhosil navlarining yеtishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish ya’ni ekish muddati va me’yorlarini to‘g‘ri belgilash, mineral o‘gitlar bilan oziqlantirishni maqbullashtirish hamda navbatlab ekishni to‘g‘ri tatbiq; etish bo‘yicha tadqiqotlar natijasida tuproq; unumdorligini tiklash va oshirish, chorvachilikni to‘yimli ozuqa bilan ta’minlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə