Kelishildi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#110766
1   2   3   4   5   6   7   8
chorvachilik

Tadqiqot ob’ekti: Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar, stimulyatorlar hamda moshning “Durdona”, va “Barqaror” navlari.
Tadqiqot predmeti: mosh navlarini har xil stimulyatorlar bilan vegetativ usulda va har xil me’yorlarda oziqlantirish sharoitida o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik va simbiotik faoliyatini, ildizning rivojlanishi, hosil shakllanishi, don sifati va tuproq unumdorligini o‘rganish iborat.
Tadqiqot usullari: dala tajribalarini o‘tkazish, hisoblashlar va kuzatishlar “Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining uslubiy qo‘llanmasi (1989)”, “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari (O‘zPITI, 2007)” va B.A.Dospexovning “Методика полевого опыта” asosida amalga oshiriladi. Barg yuzasi Nichiporovich (vazn uslubi) uslubida bajariladi. Variantlar rendomizatsiya usulida joylashtiriladi. Tugunaklar soni va vazni Posipanov usulida aniqlanadi. Tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarning statistik tahlili Microsoft Excel dasturi yordamida va B.A.Dospexov “Методика полевого опыта” qo‘llanmasi asosida dispersion tahlili uslubi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ilmiy ishning yangiligi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida moshning “Durdona” va “Barqaror” navlarini yеtishtirishda stimulyatorlarning moshning o‘sish-rivojlanishiga ta’siri o‘rganilib, yuqori hosildorlikni ta’minlaydigan maqbul variant aniqlanadi va ilmiy asoslab beriladi.
2023-yil I-chorak (yanvar, fevral, mart oylari) davomida bajarilgan ishlar.
Fevral oyida mosh navlari urug‘lari tanlab olindi hamda tozalanib ekish va laboratoriya sharoitida undirish uchun tayyorlandi. Laboratoriya sharoitida mosh urug‘larining unuvchanligi hamda unib chiqish quvvati aniqlandi. Bunda moshning “Durdona” va “Barqaror” navlari urug‘laridan laboratoriya sharoitida unuvchanligi hamda unib chiqish quvvatini aniqlash uchun 100 donadan 16 ta variant 2 ta takrorlanishda stimulyatorlarning maqbul meyorlarida ishlov berilib maxsus termostatda 24.6-25.0 C0 da 3, 5, hamda 7 kun mobaynida kuzatildi. Bunda eng maqbul bo‘lgan variantlar tanlab olindi.


















Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə