Kelishildi


II. TADQIQOT O‘TKAZISH SHAROITI VA USLUBLARI



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#110766
1   2   3   4   5   6   7   8
chorvachilik

II. TADQIQOT O‘TKAZISH SHAROITI VA USLUBLARI
2.1. Tajriba o‘tkazish joyi va sharoiti Ilmiy tadqiqot ishi Toshkent davlat agrar universiteti eksperimental ilmiy tadqiqot va o‘quv tajriba xo‘jaligida 2023-2025-yillarda o‘tkazildi.
Tajriba xo‘jaligi Chirchiq daryosining yuqori qismida, dengiz sathidan 481 m balandlikda, 410 11II shimoliy kenglikda va 380 31II sharqiy uzoqlikda Toshkent viloyati qibray tumanida joylashgan.
Tajriba stansiyasi universitet hududidan 1500 m masofa uzoqlikda bo‘lib, janub tomonidan Toshkent PTI ning kasalxonasi, sharq tomonidan Salar arig‘i, g‘arb tomonidan Bo‘z-suv kanali, shimol tomonidan esa aholi yashash joyi bilan chegaradosh. Ilmiy izlanishlar olib borilgan hudud lyossimon yotqiziqlarda shakllangan tipik bo‘z tuproqlar bo‘lib, bu tuproqlarning morfogenetik ko‘rsatkichlarini fizik-mexanik, kimyoviy va agrokimyoviy xossalarini tuproq profili bo‘yicha o‘rganilgan. Tuproqning haydalma qatlami bo‘zrang sarg‘ish, kesmaning pastki qatlamlariga o‘tgan sari bo‘zrang-sarg‘ish, qo‘ng‘irsimon tusli. Bu tuproqlar agrofizik xossalariga ko‘ra zichlashgan bo‘lib, hajm og‘irligi 1-24-1,44 gr/sm, solishtirma og‘irligi haydalma qatlamda 2-59-2,61 gr/sm3, pastki qatlamlarda
2-67-2,72 gr/sm bo‘lib, tuproqning g‘ovakligi 40-46 % ni tashkil qiladi. Mexanik tarkibiga ko‘ra haydalma gumusli qatlami (0-25 sm) o‘rtacha qumoq, haydalma qatlam osti (25-50 sm) va pastki qatlamlarda (50-100 sm) tuproqing mexanik tarkibi og‘irlasha borib, og‘ir qumoq va yеngil sozdan iborat bo‘lib, og‘ir fraksiyali minerallari ko‘p 2-10 % gacha, umumiy fosforga boy 0,15-0,30 %, umumiy kaliy miqdori yuqori 2,1-3,0 %, fizik loy miqdori 47-52 % ni tashkil kiladi.
Tajriba o‘tkazish uslubi Tajribada moshning “Durdona” va “Barqaror” navlariga stimulyatorlarning ta’siri o‘rganiladi. Tajribada quyidagi variantlar o‘rganiladi:
Tadqiqot uslublari. Tajribalar dala va laboratoriya sharoitida bajariladi. Tadqiqotlarda “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” (T.O‘zPITI 2007-y), “Metodika polevogo opita” (B.Dospexov, 1985 y), “Metodika Gosudarstvennogo sortoispitaniya selskoxozyaystvennix kultur” (1985, 1989), “Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix issledovaniy pochvi Sredniy Azii” (1988) uslublaridan foydalaniladi.
Tajribalarda quyidagi kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar, kimyoviy tahlillar, statistik tahlillar olib boriladi:
Fenologik kuzatuvlar: Maysalanish, shoxlanish, shonalash, gullash, meva hosil qilishi va pishish davrlarida aniqlanadi. Bu kuzatuvlar barcha takrorlanishda hisobli o‘simliklarda bajariladi. Barcha tajribalarda variantlar bo‘yicha rivojlanish sanalari va davomiyligi aniqlanadi.
Barg sathi A.A.Nichiporovich uslubida, barg kesmalari orqali aniqlanadi, buning uchun himoya qatorlaridan 5 tadan tipik o‘simlik olinib, tahlil qilinadi. Barg sathi amal davrida 4 ta chinbarg paydo bo‘lganda, gullashda va dukkaklash fazasida aniqlanadi. Shu davrlarda tuganaklar soni va vazni G.S.Posipanov uslubida aniqlanadi.
Mosh navlarining barg yuzasi Nichiporovich (vazn uslubi ) uslubida aniqlanadi, buning uchun bir tupdagi barg vazni, har tupdan kesib olingan namunalarning yuzasi va vazni aniqlanadi. Barg soni hisobli o‘simliklarda barcha paykallarda aniqlanadi. Buning uchun himoya qatordan 5 tadan o‘simlik ikki takrorlanishda (1, 3) o‘simliklar olinadi. Barg sathi amal davrida 4 ta barg paydo bo‘lganda, gullashda va dukkaklash fazasida aniqlanadi. O‘simliklarning poya, barg va dukkak vazni ho‘l va quruq holatda aniqlanadi, barglardan doira shaklda 20 ta namuna kesib olinadi, tortiladi va mutanosiblik usulida bir tup o‘simlikda va bir gektardagi barg yuzasi aniqlanadi. Bu barcha tajribalarda aniqlanadi.
Fotosintez mahsuldorligi aniqlanadi. Buning uchun amal davrida mosh navlarida fazalar bo‘yicha quruq organik moddaning to‘planishi aniqlanadi va barg yuzasiga nisbatan ma’lumot aniqlanadi.
Tuproq tahlil qilinadi. Bunda ekishdan oldin va hosil yig‘ilgandan keyin barcha variantlar bo‘yicha tuproq namunasi olinadi va tarkibidagi gumus miqdori I.V.Tyurin, yalpi azot va umumiy fosfor miqdorlari L.P.Gritsenko, I.M.Malseva usulida, nitratli azot-ionometrik, harakatchan fosfor B.P.Machigin va almashinuvchi kaliy P.V.Protasov usulida aniqlanadi. Bu tahlillar O‘simlikshunoslik va moyli ekinlar kafedrasi laboratoriyasida bajariladi.
Ildiz vazni aniqlanadi. Ildiz vaznini aniqlash uchun hosil yig‘ilganda 60x50x30 sm o‘lchamda monolit kovlab olinadi, ildizlar yuvilgan va ho‘l hamda quruq holatda tortiladi (5 ta o‘simlik olinadi);
Simbiotik faoliyatiga baho berish uchun tuganaklar soni va vazni aniqlanadi.
Mosh navlarining hosildorligi aniqlanadi. Buning uchun paykallarda hisobli qatordagi o‘simliklarning dukkagi yig‘ib olinadi, yanchiladi va don vazni aniqlanadi. Hisobli o‘simliklar 4 takrorlanishda tahlil qilinadi, bunda poya uzunligi, shoxlanishi, pastdan birinchi dukkakning joylashishi, dukkak va don soni, dukkak va don vazni, don chiqishi (%) va 1000 ta don vazni aniqlanadi. 1000 ta don vaznini aniqlash uchun 2 ta 500 ta songa ega namuna olinadi, tortiladi, o‘rtacha ko‘rsatkich aniqlanadi va 2 songa ko‘paytirib 1000 ta don vazni aniqlandi. Paykaldagi hosil tup sonidan foydalanib gektariga aylantirgan holda hosildorlik aniqlandi. Don sifati, don tarkibidagi oqsil va moy miqdori aniqlanadi.
Olingan ma’lumotlar “Методика полевого опыта” (B.Dospexov, 1985-y) uslubida statistik tahlil qilinadi. Korrelyatsiya koeffitsienti aniqlanadi.
Amal davrida ekinzor, navlar, texnologik jarayon rasmga olinadi va fotoalbom tayyorlanadi. O‘simlik namunalari saqlanadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə