Kelishildi


Mavzuning ustuvor yo‘nalishlarga mosligi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#110766
1   2   3   4   5   6   7   8
chorvachilik

Mavzuning ustuvor yo‘nalishlarga mosligi. Ushbu ilmiy ishning mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarning qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, yangi dehqonchilik tizimiga o‘tish, yangi ekinlarni introduksiya qilish, moslashtirish va bu ekinlarni yеtishtirish texnologiyasini yaratish va takomillashtirish bo‘yicha bajariladigan ilmiy ish ustuvor yo‘nalishga qaratilgan.
O‘rganilganlik darajasi. Mosh o‘simligining biologik xususiyatlarini o‘rganish yеtishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy olimlardan H.Rawson, K.Jain Jai-jit, Su-jit, D.Dosimov, U.Maxmadyorov, M. Nosirova, T.Pirov, A.Pavlova va boshqalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsa, respublikamizda esa N.Glushenkova, R.MavlyanovaD. Atabaeva, M.Kogay, A.Pilov, M.Mirzovaliyev, Z.Jumayev, A.Sirimov, I.Ernazarov, N.Xalilov, B.Xalikov, I.Israilov, A.Iminov, S.Negmatova, N.Ravshanova, H.Idrisov kabi olimlar tomonidan keng qamrovli tadqiqotlar olib borilgan.
Lekin, mosh navlarini yеtishtirishda ekish muddati va me’yorlarini ko‘chat qalinligiga ta’sirini aniqlash; mosh navlarining fotosintetik va simbiotik faoliyatiga, hosildorligiga va don sifatiga ta’sirini aniqlash masalalaridan kelib chiqib, mosh yеtishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha yеtarlicha tadqiqotlar olib borilmagan, shuningdek, hosilni mexanizatsiya bilan yig‘ib olishga qulay yеtishtirish texnologiyasini ishlab chiqish zarurdir. Ushbu yo‘nalishlarda ilmiy ishlar olib borish bugungi kunning taqozasidir.
Tadqiqotning maqsadi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida moshning “Durdona”, va “Barqaror” navlarini o‘sishi, rivojlanishi, yuqori don hosili va sifatini ta’minlaydigan maqbul stimulyatorning maqbul turi va me’yorini ilmiy asoslash
Tadqiqotning vazifalari:
1.mosh navlarining o‘sib rivojlanishi, fotosintetik va simbiotik faoliyatiga stimulyatorlarning ta’sirini aniqlash va baholash;
2.stimulyatorlarni mosh navlarining hosildorligiga va don sifatiga ta’sirini aniqlash;
3.takroriy ekilgan mosh navlarini yеtishtirishda stimulyatorlarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə