Kelishildi


Mosh yеtishtirishda stimulyatorlarning ahamiyati



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#110766
1   2   3   4   5   6   7   8
chorvachilik

Mosh yеtishtirishda stimulyatorlarning ahamiyati Dukkakli-don ekinlari yеtishtirishda agrotexnik tadbirlarning ahamiyatini yanada yorqinroq ifodalash uchun ildizida yashab havodagi erkin azotni o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar faoliyatini tahlil etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ekimov S.V [20] dukkakli-don o‘simliklarining havodagi erkin azotni ildizidagi tuganak bakteriyalar vositasida o‘zlashtirilishi hamda ularni parvarishlash qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarni ta’siri bilan bog‘liqligini o‘rgangan bo‘lsa, havodagi erkin azotni dukkakli-don o‘simliklari ildizida yashovchi tuganak bakteriyalar vositasida o‘zlashtirilishining biologik, fiziologik va biokimyoviy asoslarini ishlab chiqqan.
Kudryashov V.O va boshqalar [25] ma’lumotlari bo‘yicha bakteriyalar dukkakli-don o‘simliklari ildiziga kirganidan so‘ng bir qancha o‘zgarishlarga uchrab, dastlab taqchasimon shaklga kiradi, keyin esa bakteroidlar hosil qilib, ushbu bakteroidlar vositasida havodan erkin azot o‘zlashtirilib, dukkakli-don o‘simliklari ildizlarida zaxira holda to‘plana boshlaydi.
Kuk D.U [24] havodagi erkin azotning dukkakli-don o‘simliklari ildizlaridagi tuganak bakteriyalar vositasida o‘zlashtirilishi ko‘proq gullash fazasida jadal bo‘lib, fotosintez jarayoni bilan bog‘liqligini aniqlaganlar. Shuning uchun moshnn takroriy ekin sifatida erta muddatlarda ekish, ya’ni uning gullash fazasini uzun kun davriga mos kelishiga e’tibor berish kerak.
Nemex Mohammad Zeniddin [26] dukkakli-don o‘simliklari ildizlarida yashovchi tuganak bakteriyalar Rizobium turga mansub bo‘lib, qaysi oilaga mansubligini munozarali ekanligini ta’kidlaydi. Shu bilan bir qatorda De Mooy C.J., Spaldon E [27] dukkakli-don o‘simliklari ildizlarida yashab, havodagi erkin azotni o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar fiziologik faol moddalar va vitaminlarni ham sintez qilishini aniqlagan.
Jones.I [28] dukkakli ekinlar parvarishida agrotexnik qoidalarga to‘liq amal qilinganda ulardagi fermentlarning faolligi yuqori bo‘ladi va azot o‘zlashtirilishi tezlashadi degan fikrni ilgari suradi.
Demak, dukkakli-don o‘simliklari ildizida yashab, havodagi erkin holdagi azotni o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalarning faoliyati va faolligi xo‘jayin o‘simlik hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning faolligi ekinlarni qay darajada parvarish qilishga, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazishga, ayniqsa tuproq- iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ularni ekish muddatlari va me’yorlarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir.
Ma’lumki, ziroatlarni sug‘oriladigan maydonlarda va suv ta’minoti cheklangan sharoitda takroriy ekishning o‘ziga xos agrotexnologiyasini ishlab chiqish talab etiladi. Chunki, iqtisodiy manfaatdorlikni oshirishning ichki imkoniyatlardan biri va aholini oziq-ovqat mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda takroriy ekinlarning o‘rni beqiyosdir.
Hozirgi vaqtda kuzgi boshoqli don ekinlarining xosili yig‘ishtirilib olinganidan so‘ng takroriy ekinlar yеtishtirib, mo‘l va sifatli hosil olish bo‘yicha ko‘p ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirildi. Lekin, ang‘izda takroriy ekin sifatida yеrning unumdorlilik darajasini oshiruvchi mosh va boshqa ekinlar yеtishtirishga oid ilmiy manbalar yеtarli emas.
Kapoor A.S va boshqalar [29] ning ilmiy tadqiqot ishlari turli mintaqalarda va mamlakatlarda o‘tkazilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi dukkakli-don ekinlarni takroriy ekinlar sifatida ekib, don va yеm-xashak hosilini 1,5-2 hissagacha oshirishga bag‘ishlangan.
Kumar.V [30] tajribalarida asosiy ekin sifatida yеtishtirilgan ekinlar hosili yig‘ishtirilib olinganidan so‘ng yеm-xashak uchun mosh ekilganda hosildorlik 1,5-2 marta oshishi aniqlangan.
Shuning uchun ham aholi ehtiyojini oqsil va vitaminlarga boy bo‘lgan don mahsulotlari bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan dukkakli-don ekinlari maydonini oshirishning asosiy imkoniyati ularni takroriy ekinlar sifatida ekishdan iborat bo‘lmog‘i kerak [32].

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə