Kelishildi


Moshning xususiyatlari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə5/8
tarix17.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#110766
1   2   3   4   5   6   7   8
chorvachilik

Moshning xususiyatlari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati Dukkakli-don ekinlari orasida mosh ekiladigan maydon hajmi jihatidan jahonda soyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi (25 mln gektarga yaqin). Ushbu ekin ko‘proq MDH davlatlaridan Ukraina, Moldaviya, Gurjiston kabi davlatlarda yеtishtiriladi [16]. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikamizda esa har yili takroriy ekin sifatida 18-20 ming gektardan ortiq maydonda yеtishtiriladi .
Internetdan olingan ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda ayni vaqtda kechayotgan iqtisodiy vaziyat, dunyoda aholini jadal tarzda ko‘payib borayotganligi, oziq-ovqat zaxirasining yеtishmasligi, dukkakli-don ekinlaridan olinadigan mahsulot bilan dunyoning asosiy aholisini ta’minlovchi Avstraliya mamlakatida ko‘pdan buyon davom etayotgan qurg‘oqchilik, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshib borishi kelgusida don ekinlarini ko‘proq maydonlarga ekishni talab etadi. Shundan kelib chiqib, respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, uni barqaror holda ushlab turish uchun oziq-ovqat ekinlari maydonini o‘zimizda ham kengaytirishni taqozo etadi [1].
Moshning (Phaseolus aigeum L.) vatani-janubiy g‘arbiy Osiyo bo‘lib, ushbu ekin dehqonchilikka bundan 5-6 ming yil oldin kirib kelgan [31].
Moshning kelib chiqishi bo‘yicha munozarali fikrlar mavjud bo‘lib, moshni va boshqa dukkakli-don o‘simliklarini mimozasimonlardan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi [6, 7].
Mosh ko‘proq Osiyo mamlakatlarida yеtishtirilib, uning o‘zbekcha nomi mosh, ruscha nomi esa fasol zolotistaya deb yuritiladi. Moshning lotincha 12 nomi barcha ilmiy manbalarda Rhaseo1is aureus deb yuritiladi [9, 10, 23].
Kovshik I.G, Rusakov V.V [23], X.N.Atabayeva va boshqalar [10], S.M.Mustafoyevlar [33] moshni “fasol zolotistaya” deb nomlashib, uning qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lishini, don va siderat o‘g‘it uchun yеtishtirish mumkinligini ta’kidlab o‘tishgan.
Kovshik I.G, V.V Rusakovlar [23] esa moshni “fasol aziatskaya” deb nomlashgan bo‘lsa, G.V.Bodner va G.T.Lavrinenkolar [9] esa “Aziatskny gorox” deb ataganlar. X.N.Atabayeva [9] esa moshni “Osiyo loviyasi” deb atagan. Ko‘rinib turibdiki, moshning nomi turli manbalarda turlicha nomlangan. Shunga qaramasdan uning lotincha nomi bir xilda Rhaseolis areus L. deb atalishi qabul qilingan.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan dukkakli-don ekinlari orasida mosh doni oziqalik qimmati, oqsil va vitaminlarga boy bo‘lishi, kaloriyasining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Mosh oziqalik qiymati bilan bug‘doy, loviya, no‘xat, ko‘k no‘xat va javdar donlaridan 1,5-2 baravar, to‘yimliligi bo‘yicha esa 1,5 baravar ustun turadi. Mosh tarkibidagi oqsilning hazmlanishi 86% ga еtadi. Mosh tarkibida oqsil 24-28%, lizin 8%>, arginin 7%> bo‘ladi, B va PP vitaminlar ko‘p bo‘ladi [10].
Undan tashqari mosh doni aminokislotalar va magniy, kalsiy, oltingugurt, natriy, temir, marganes, mis, bor, kobalt, nikel, yod, fosfor tuzlariga boy. Ayrim mamlakatlarda ham mosh donidan salat tayyorlanadi, Makaron va konditer sanoatida mosh unidan 30% qo‘shilsa sifati tubdan yaxshilanadi. Yem-xashak sifatida yеtakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Mosh pichani tarkibida o‘rtacha 15% oqsil bo‘ladi. Mosh siderat sifatida ang‘izda yеtishtirilsa, undan 200-250 st/ga ko‘k massa olish mumkin [4].
Mosh issiqsevar o‘simlik bo‘lib, urug‘ining qiyg‘os unib chiqishi uchun eng qulay harorat kamida 12-15 0C bo‘lishi kerak. Yaxshi rivojlanishi uchun esa eng qulay harorat -18-22 0C. Yozgi jazirama issiqlar moshning normal gullab yuqori hosil berishiga qulay sharoit yaratadi hamda kunduzgi issiq va kechasi bo‘ladigan salqin havoning o‘zgarishiga bardoshli. Uning shonalash va gullash fazalarida 20-250C qulay sharoit hisoblanadi. Bunday sharoit mosh ang‘izda yеtishtirilganda yozning ikkinchi yarmining oxirlarida yuzaga keladi. Moshning namlikka bo‘lgan talabi o‘rtacha bo‘lib, uning “Radost” navi zahira suvi bilan o‘ziga xos texnologiya bo‘yicha yеtishtirilganda ildizlari yеrning namli qatlamlariga tobora kirib boraveradi. Mosh takroriy ekin sifatida yеtishtirilsa, gullash davri birmuncha qisqaradi. Bahorda ekilganida esa gullashi 15-20 kun davom etadi [28]. Shuning uchun ham mosh issiqsevar dukkakli-don ekini bo‘lganligi sababli O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gurjiston, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va boshqa davlatlarda katta maydonlarda еtishtiriladi.
Sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minoti cheklangan sharoitlarida ham moshni kuzgi bug‘doy ang‘izida yеtishtirib, yuqori sifatli oqsil va boshqa qimmatli oziqaga boy bo‘lgan mosh doni yеtishtirish mumkin. Ayni vaqtda suv tanqis bo‘lgan hududlarda mosh yuqori harorat va qurg‘oqchilikka bardoshliligi sababli ko‘proq kuzgi boshoqli don ekinlari ang‘izida takroriy ekin sifatida yеtishtirilmoqda [4].
Yormatova D [21] moshni ko‘k massa uchun ekilishi samarali bo‘lib, undan ko‘kat o‘g‘it sifatida foydalanishni taklif etgan.
Islomova Z [22] bergan ma’lumotlarga qaraganda, Qoraqalpog‘iston sharoitida mosh ang‘izda yеtishtirilganda, doni va ko‘k massasidagi oqsilning sezilarli darajada oshishi bilan birga har gektar yer hisobiga tuproqda 100 kg sof azot to‘planishi hamda 200-300 st/ga ko‘k massa ham yеtishtirilgan.
Anarbayev I., M.Sattarov [8] lar ma’lumotiga qaraganda, moshning ildizi o‘q ildiz bo‘lib, tuproqning 1,0-1,5 m. qatlamiga kirib boradi. Bo‘yi 40-60 sm, 1000 donining vazni 30-80 gr bo‘ladi. Ekish muddatiga mutanosib holda 70-100 kunda pishib еtiladi, har g‘ektar еrga nav xususiyati bo‘yicha 10-25 kg/ga urug‘ sarflanib, keng qatorlab ekiladi.
Braginaning ko‘rsatishicha, mosh urug‘i ekishdan oldin maxsus bakteriyalar bilan ishlov berib ekilganda, 100 o‘simlikda 775 dona dukkaklar bo‘lib, og‘irligi 11,3 gr ni tashkil etgan. Urug‘ ekishdan oldin bakteriyalar bilan ishlov berilmasdan ekilganida esa 100 o‘simlikda 325 ta dukkaklar hosil bo‘lib, og‘irligi 2,3 gr ni tashkil etgan. Demak, mosh urug‘i ekilishidan oldin ilgari dukkakli-don ekinlari ekilmagan yеrlarda tegishli bakteriyalar bilan ishlov berilishi samarali usul hisoblanadi [17].
Toshkent viloyati sharoitida Atabayeva X.N., Tolipov M [11] maxsus tajribalar o‘tkazib, kuzgi bug‘doy ang‘iziga iyul oyining boshida har gektar еrga 400 ming donadan unuvchan mosh urug‘i ekib, ko‘k massa sifatida yеrga haydab tashlangandan keyin g‘o‘za yеtishtirilganda hosildorlikning va tola sifatining sezilarli darajada oshganligini aniqlaganlar.
Enkina O.V, Riger A.N, Baranov B.F [19] dukkakli-don ekinlarini yosh davrida azotli o‘g‘itlar bilan oz miqdorda oziqlantirish, kelgusida uning o‘sish va rivojlanishi uchun samarali bo‘lishini ta’kidlaydi.
Dukkakli-don ekinlari nafaqat don balki, chorva uchun ham yuqori sifatli yеm-xashak manbai hamdir. Chunki, dukkakli-don ekinlari massasi ham oqsilga boy bo‘lib, yеm-xashakning sifatini tubdan yaxshilaydi. Dukkakli-don ekinlari yеm-xashak uchun yеtishtirilganida tuproqni biologik azotga boyitadi. Lekin, dukkakli-don ekinlari yеm-xashak uchun yеtishtirilganda ularni yig‘ishtirib olish gullash va keyingi fazalarida o‘tkazilsa, tuproqni azotga boyitishi talablar darajasida bo‘ladi.
Atabayeva X.N va boshqalar[13,14] ning ko‘rsatishicha, dukkakli-don ekinlari uchun nam va oziqa yеtarlicha bo‘lib, havo issiq va quruq bo‘lsa hamda tuproqda fosforga nisbatan kaliy moddasi ko‘p bo‘lsa, azot to‘plash jarayoni jadallashadi. Dukkakli-don ekinlari insoniyat uchun ham, chorva mollari uchun ham oqsil muammosini hal etadigan manbalardan biri deb hisoblanadi.
Gorelov E.P, M.V.Babayarovlar [18] dukkakli don ekinlarining ildizlarida yashovchi tuganak bakteriyalarning qanday miqdorda biologik azot to‘plashi o‘simlikning naviga, ekish muddati va me’yoriga bog‘liqligini aniqlagan.
X.N.Atabayeva [15] ni ta’kidlashicha, Tatariston Respublikasi sharoitida dukkakli-don ekinlari erta muddatlarda ekilganda 17,8 st/gadon hosili olingan bo‘lsa, undan keyin boshoqli don ekinlari ekilganda hosildorlikni 1,2 st/ga (14,2%) oshishiga olib kelganini kuzatgan.
Dukkakli-don ekinlarining ekish me’yori oshgan sayin tuganak bakteriyalar ko‘payib boradi va agar bahorda ekilsa, tuganaklar eng ko‘p bo‘ladi.
X.N.Atabaeva [11, 12] tomonidan o‘tkazilgan ko‘pgina tajribalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, dukkakli-don ekinlari-mosh va еoyani takroriy ekin sifatida erta muddatlarda ekib, ularni 100 kg/ga fosfor va 50 kg/ga kaliy bilan oziqlantirilganda don hosildorligi 20,3-23,2 st/ga ni tashkil etganligini aniqlagan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə