Kirish I bob. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning maqsad va vazifalari



Yüklə 108,86 Kb.
səhifə3/19
tarix09.05.2023
ölçüsü108,86 Kb.
#109368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mavzuning ob’yekti: “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish” mavzusiga oid ishlab chiqqan usullarimizni Samarqand shahridagi 64- o’rta umumta’lim maktabining 2 “A”– sinfida tajribadan o’tkazdik. Nazorat sinfi etib mazkur o’rta umumta’lim maktabining 2 “B”– sinfini tanladik.
Mavzuning tuzilishi:
“Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimiz kirish, ikki bob, tajriba – sinov ishlari, xulosa, tavsiya va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kabi qismlardan iborat.

I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
1.1.Ona tili boshlang’ich sinflarda o’quv predmeti sifatida

O’zbekistonda o’qitishning o’ziga xos usullari mavjud bo’lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmagan, ba’zi xato va kamchiliklarga ham yo’l qo’yilgan. Chunonchi, XX asrning 20-yillarida maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo’l qo’yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o’rganish tizimi buzildi: grammatik, orfografik ko’nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi. Savod o’rgatishda yaxlit so’z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitik-sintetik ishlar ta’minlanmadi, puxta, to’g’ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi.


Keyinchalik 1931 yil 5-sentyabrda qabul qilingan “Boshlang’ich va o’rta maktab haqida”gi, 1932 yil 25-avgust qabul qilingan «Boshlang’ich va o’rta maktab o’quv dasturlari rejimi haqida»gi qarorlar yuqoridagi kabi yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o’quv mashg’ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o’qituvchilarga yordam berdi.
O’tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasida anchagina qo’llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o’qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi.
1955 yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari tayyorlaydigan fakulьtetlar ochila boshlandi.

___________________________


Qosimova K.,Matchonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva SH., Sariev Sh.Ona tili o’qitish metodikasi.Darslik. T., “Noshir” 2009 yil. 79-bet.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o’qitishga katta ahamiyat berila boshlandi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda «O’zbek tiliga Davlat tili maqomini berish haqida”gi qaror alohida o’rin tutadi.


Ta’lim sohasidagi bu o’zgarishlar ona tili o’qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko’plari maktablarda amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda.
Shunday qilib, fan sifatida ona tili o’qitish metodikasining o’z predmeti, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo’lib, bir qator fanlar o’rtasida uning ma’lum o’rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o’zaro munosabati, his-tuyg’ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan.
Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida o’rin tutadi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi.
Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur.
Boshlang’ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1. Tushuntirish xati.
2.Asosiy qismi.
Tushuntirishxatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari ko’rsatilib, metodik yo’l-yo’riqlarberiladi.
Dasturning asosiy qismi quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’lib, ularda har bir sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar ko’rsatiladi:
1. Savod o’rgatish va nutq o’stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203-sonli qarorida umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi:
1. Boshlang’ich ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim.
Respublikamizda uРmumiy o’rta ta’limning standarti yaratildi. Unda boshlang’ich bosqich va umumiy o’rta ta’lim nihoyasida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi.
Hozirda o’quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg’ulotlar uyushtirilmoqda.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ona tili o’quv fani sifatida shakllanib, rivojlanishning murakkab yo’lini bosib o’tmoqda.


Yüklə 108,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə