Kirish I. Bob ko’p o’zgaruvchili funksiya ekstremumlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/15
tarix14.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#110248
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Funksiyaning nuqtada va to’plamdagi monotonlik sharti.


Mavzu: Funksiyaning nuqtada va to’plamdagi monotonlik sharti.
Mundarija:
KIRISH……………………………………………………………………………..…..2
I.BOB Ko’p o’zgaruvchili funksiya ekstremumlari……….……4
1.1 Funksiyaning o‘zgarmaslik sharti. O‘sishi va kamayishi………………..……….…4
1.2 Funksiyaning o‘sishi va kamayishi………………………………………….…..…..5
1.3 Funksiyaning nuqtada monotonlik sharti……………………………….…….……..8
1.4 Funksiyaning o’sishi va kamayishi. Maksimum va Minimumi…..……..……...…11
II BOB. Funksiyaning ekstremumlari…………………..…………..…..15
2.1 Ko’p o’zgaruvchili funksiya ekstremumini mavjudligining zaruriy va yetarli sharti…………………………………………………………………….………………15
2.2 Ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning xususiy hosilalari……………………….…..…...25
2.3 Shartli ekstremum masalalari. Izoperimetrik masalalar……………………………29
XULOSA…………………………………………………………………………..…....34
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….……..36

KIRISH
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” (1)
Sh.M.Mirziyoyev.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Kurs ishining dolzarbligi: Matematik analiz oily matematikaning fundamental bo’limlaridan biri bo’lib, matematikaning poydevori hisoblanadi. Ma’lumki, matematik analiz kursi davomida ko’pgina tushuncha va tasdiqlar, shuningdek, ularning tasdiqlari keltiriladi va mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog’liqMamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish zamirida, avvalombor, inson manfaatlari, uning intelektual salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb mahoratini oshirish uchun zarur shart - sharoit vazifalari mujassam. Bu borada barkamol avlodni tarbiyalash, umumta’lim maktablari, oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’quv jarayonida samaradorlikka erishish uchun zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalar, noan’anviy dars usullari va o’zaro faol o’quv jarayonini tadbiq qilish lozim. O’zaro faol usullarni o’quv jarayoniga qo’llash uchun esa o’tiladigan mavzuni talabalar, o’quvchilar o’zlari mustaqil tayyorlab kelishlari talab etiladi. Jarayonning samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion usullarni qo’llashda endi biz – pedagoglar “O’quvchilarni o’qitmaymiz, balki kitobni o’qishga o’rgatamiz” shiorini amalga oshiramiz. Buning sababi shundaki, agarda talaba va o’quvchilar darsga tayyor holda kelmasalar, hech qanaqa faol usuldan samarali foydalanib bo’lmaydi. Natijada o’qituvchi yana o’z-o’zidan an’anaviy shaklda dars o’tishga to’g’ri keladi.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə