Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə33/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Mustahkamlash. 
Oʻquvchilar “Fobus”, “Deymus” va “Kallisto” nomli guruhlarga boʻlinib
Bizning quyosh sistemamiz”oʻyini oʻynalinadi. Bunda oʻquvchilar aylana shaklida 
oʻtirib olishadi, oʻrtalarida Quyosh rasmi qoʻyiladi. Oʻquvchilar sayyoralar
timsolida bamisoli Quyosh atrofida aylanayotganday boʻladilar. Oʻtilayotgan 
mavzular yuzasidan terminlarni oʻquvchilar bir-birlarga aytadilar, keyin bolalar
oʻrnini saqlab qolish uchun oʻzidan oldingilarning aytgan terminlarini qoʻshib 
aytib keyin oʻzlari davom etishlari kerak. Aytolmay qolgan oʻquvchi sayyoralar
safidan chiqadi. Guruhlarga 4 daqiqadan vaqt beriladi. Vaqt tugagach guruhlarning 
Quyosh sistemalarida nechta sayyora qolgani aniqlanadi va gʻolib boʻlgan guruh
a’zolari va faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi. 
Blits savollar.
1. Yulduzlar osmonining sharqdan gʻarbga aylanishining sababi nimada? 
2. Yulduzlar, aynan koʻringani kabi bitta sfera sirtida joylashganmi?
3. Olam qutbi deb osmonning qaysi nuqtasiga aytiladi? 
4. PhET simulyatsiyasi haqida qanday fikirdasiz? Uni darslarda koʻproq qoʻllash
kerak deb oʻylaysizmi? 


Uyga vazifa. “Quyosh sistemasining tuzulishi. Sayyoralarning koʻrinish shartlari”.
M. Mamadazimov. Astronomiya. 2003-yil. 




71



Xulosa 
Bugungi kunda ta’lim sohasida ta’lim jarayonini interfaol tarzda tashkil qilish,
darslarni yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga boyitgan holda oʻqitish 
kerakligi bot-bot takidlanmoqda. Lekin shuni aytib oʻtish joizki, koʻp hollarda bu
faqat quruq gapligicha qolib ketmoqda. Dars jarayoni avvalgidek ananaviy tarzda 
oʻtkazilmoqda. Toʻgʻri har bir darsni pedagogik texnologiyalar, interfaol metodar
bilan oʻtish toʻgʻri kelmas. Bunda oʻquvchilar dars jarayonidagi «oʻyin» holatiga 
koʻnikib qolib, dars jarayonidagi ma’lumotlarni jiddiy qabul qilmasliklari mumkin.
Lekin texnologiyalar oʻz oʻrnida meyorida qoʻllanilsa ta’lim sifatini oshirishi 
shubhasiz.
Texnologiya birinchi navbatda oʻquvchilarni dars jarayoniga qiziqtira olishi va 
ikkinchi tarafdan bilimlarni osonroq egallashlariga yordam berishi kerak.
Shu jihatlarni hisobga olgan holda bitiruv malakaviy ishim orqali “PhET 
Interactive Simulations dasturi yordamida Yer va Oyning Quyosh atrofidagi
harakati mavzusini oʻqitish”ni yoritib berdim.
Bitiruv malakaviy ishimni yoritishda zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalarini qoʻlladim. Bu, bugungi kunda biroz oʻquvchilar qiziqishlaridan 
chetda qolayotgan astronomiya sohasiga qiziqishlarini orttirishiga ishonaman.
Undan tashqari oʻquvchilarni axborot texnologiyalardan toʻgʻri foydalanishlariga 
undaydi deb oʻylayman.
Bitiruv malakaviy ishim orqali umumiy oʻrta ta’lim maktablari 9-sinflari uchun 
va akademik litsey talabalari uchun Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati
mavzusida namunaviy dars ishlanmalar taqdim qildim. Bu dars ishlanmalarni 
amalda dars jarayonida qoʻllashni taklif qilaman va bu darsning samarali oʻtishini
ta’minlaydi deb oʻylayman.


72




Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə