Kirish. Sharq hujjatchiligi



Yüklə 15,34 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü15,34 Kb.
#141832
1   2   3
1-mashg‘ulot kirish. Sharq hujjatchiligi reja-fayllar.org (1)

Eslab qoling!
Hujjatlar kishilar, jamoalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, davlat ichidagi hamda davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, harbiy sohalarda aloqalar o‘rnatish, hamkorlik qilish, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantira borishlari uchun xizmat qilib kelgan.


Tayanch so‘z va iboralar
Hujjat, hujjatchilik, Sharq xalqlari, qadimgi hujjat turlari, “Temur tuzuklari”, “Sug‘d arxivi” , “Vasiqalar to‘plami”, xonliklarda hujjatchilik; mirza, devon, devonbegi.


O‘z-o‘zini nazorat qilish, muhokama uchun savol va topshiriqlar
  1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunlarini o‘qing.


  2. “Davlat tili haqida”gi qonunning moddalari va ularning hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha fikrlaringizni yozma bayon eting.


  3. O‘zingiz yashayotgan hudud, tahsil olayotgan o‘quv yurtingizda ish yuritish qay holatda ekanligi to‘g‘risidagi fikrlaringizni yozma bayon eting.




4-topshiriq. “Yujjat” so‘ziga sinkveyn tuzing.
SINKVEYN” (5 qator) texnikasi
Maqsad – kategoriyaga tavsif berish
1-qator – tushuncha - ot
2-qator –2 so‘zdan iborat sifat
3-qator –3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim

«PINBORD» usuli



Pinbord (inglizchadan: pin- mahkamlash, board – yozuv taxtasi) munozara usullari yoki o’quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat.

Ta’lim beruvchi:
→ Taklif etilgan muammoni yechishga o’z nuqtayi nazarini bayon qiladi.
→ Ommaviy to’g‘ri aqliy hujumni tashkillashtiradi.
Ta’lim oluvchilar quyidagi g‘oyalarni:
→ Taklif etadilar, muhokama qiladilar, baholaydilar eng ko’p maqbul (samarali va boshqa g‘oyalarni tanlaydilar va ularni qog‘oz varag‘iga asosiy so’zlar ko’rinishida (2 so’zdan ko’p bo’lmagan) yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar.
→ Guruh a’zolari (ta’lim beruvchi tomonidan belgilangan 2-3 talaba yozuv taxtasiga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib:
  • aniq xato yoki qaytariluvchi g‘oyalarni saralaydilar;


  • tortishuvlarni aniqlaydilar;


  • g‘oyalarni tizimlashtirish mumkin bo’lgan belgilar bo’yicha aniqlaydilar;


  • shu belgilar bo’yicha hamma g‘oyalarni yozuv taxtasida guruhlaydilar (kartochka/ varaqlar).




Ta’lim beruvchi:
→Umumlashtiradi va ish natijalarini baholaydi.
TESTLAR
1. Bobil shohi Xammurapining miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi qonunlar majmui, hamda shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094- yillar)ning qonunlari nimadan darak beradi?
a) «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi.
b) Tarixiy hujjatlarning kamchiliklari ko‘pligini ko‘rsatadi.
c) Tarixiy hujjatlarning mukammalligini ko‘rsatadi.
d) «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining turlari nihoyatda ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.
2.O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi… hukmronligi davrida boshlandi.
a) Qoraxoniylar
b) Saljuqiylar
c) Amir Temur
d) Turk xoqonligi
3. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar…… bilan ajralib turadi.
a) o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi
b) o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi
c) o‘ziga xos mazmuni va nutqiy qolipi
d) aniqligi, to‘g‘riligi, muayyan tartibi
4. Tariximizda saroy va umuman yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchilar qanday atalgan?
a) munshiy
b) mirza
c) xattot
d) ish yurituvchi
5. “Sug‘d arxivi”dagi sug‘dcha nikoh guvohnomasi
a) 710-yilning 24-martida yozilgan
b) 710-yilning 25-martida yozilgan
c) 710-yilning 22-martida yozilgan
d) 710-yilning 20-martida yozilgan
6. XIX asr oxirlarida Sharqiy Turkistondan qanday yozuv yodgorliklari topilgan?
a) uyg‘ur yozuvi yodgorliklari
b) xorazm yozuvdagi yodgorliklar
c) arab yozuvdagi yodgorliklar
d) lotin yozuvdagi yodgorliklar
7.Xondamirning hujjatchilikka oid kitobi
a)“Qonuni Humoyun”
b)“Qonuni Xondamir”
c)“Qonuni Bobur”
d) to‘g`ri javob yo‘q

8. Ro‘zbexonning hujjatchilikka oid kitobi


a)“Qonuni Humoyun”
b)“Qonuni Xondamir”
c)“Qonuni Bobur”
d) “Suluk al-muluk”
9.Oldingi davrlarda davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim o‘rin tutgan hujjat
a) arznoma
b) tixat

c) vasiqa


d) yorliqlar
10. Hujjatlar ...
a) kishilar, jamoalar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish,
b) davlat ichidagi hamda davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy, harbiy sohalarda aloqalar o‘rnatish,
c) hamkorlik qilish, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantira borish uchun xizmat qilib kelgan.

d) barcha javoblar to‘g`ri




Yüklə 15,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə