Kodirova nigora shaydullayevna yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullari


Tadqiqot ishining obyekti va predmeti



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə3/16
tarix15.06.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#117416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
MD-Kodirova-7.06.2023 (2)

Tadqiqot ishining obyekti va predmeti. Tadqiqot ishining obyektini yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish jarayoni tashkil etsa, yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi.
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu tadqiqot ishining maqsadi yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
Ushbu maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish tuzilmasi va komponentlarini aniqlashtirish;

  • ta’lim jarayonida huquqiy ongni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish;

  • yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning zamonaviy usullarini ochib berish;

  • huquqiy ongni shakllantirishda huquqiy axborotning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish;

  • huquqiy ongni shakllantirish mexanizmida jamoat tashkilotlarining o‘rnini ko‘rsatish va ularning bu boradagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

  • O‘zbekistonda yoshlar huquqiy ongini yuksaltirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ilgari surish va ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish.

Ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi asosan, quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • huquqiy bilimlar transformatsiyasida axborot ta’sirchanligini oshirishda didaktik vositalar, media loyihalar, uyali aloqa vositalarining yoshlarda huquqiy ong darajasining yuksalishiga olib kelishi tavsiflab berilgan;

  • ta’lim jarayonida yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish jarayonida hayotiy vaziyatlarni modellashtirishga yo‘naltirilgan hamda ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi jamoaviy faoliyatini tashkil etishga doir shartli-vaziyatli, imitatsion, vaziyatni modellashtirish, ijodiy suhbat, assotsiatsiya kabi narrativ o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi aniqlangan;

  • yoshlar huquqiy ongini shakllantirishda differensial yondashuvni shaxsiy faollik, mas’uliyat, burch singari sifatlari bilan milliy an’ana, huquqiy meros, diniy qadriyatlar kabi ijtimoiy mental xususiyatlarining dialektik aloqadorligi asoslangan;

  • yoshlar huquqiy ongini rivojlantirishda ta’lim-tarbiya institutlari faoliyatini uyg‘unlashtirishning potensial imkoniyatlari (imtiyoz, rag‘bat, hamkorlik) sohadagi nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan funksional bog‘liqligi ochib berilgan.


Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə