Kodirova nigora shaydullayevna yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullari


Magistrlik dissertatsiyasining asosiy masalalari va farazlari



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə4/16
tarix15.06.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#117416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
MD-Kodirova-7.06.2023 (2)

Magistrlik dissertatsiyasining asosiy masalalari va farazlari. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida quyidagi masalalar va farazlar aniqlanib, yoritildi:

  • huquqiy ong muayyan tuzilishga ega bo‘lib, uning tarkibiy bo‘g‘inlarini o‘rganish, o‘z navbatida, mazkur ijtimoiy-siѐsiy hodisani tavsiflovchi barcha xususiyatlarni tahlil etish imkonini berishi;

  • huquqiy ongning shakllanish jarayoni quyidagi uchta usul va vositalar, ya’ni huquqiy targ‘ibot, huquqiy tarbiya va huquqiy ta’lim ѐrdamida amalga oshirilishi;

  • fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish fuqarolik jamiyatining muhim instituti hisoblangan jamoat tashkilotlarining asosiy ijtimoiy funksiyalaridan biri hisoblanishi.

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Mazkur magistrlik dissertatsiya mavzusi borasidagi adabiyotlar muallif tomonidan 3 guruhga bo‘lib o‘rganildi.
Birinchi guruhga mavzuning ilmiy-metodologik va meyoriy-huquqiy asoslarini tashkil etuvchi adabiyotlar kiritildi. Bular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov2 va Prezident Sh.Mirziyoyevning3 asarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlarini4, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini5 kiritish mumkin.
Ikkinchi guruhga xorijlik olimlardan N.N.Voplenko6, Y.A.Dmitriyev7, A.N.Golovistikova8 hamda K.T.Belskiy9 tadqiqot ishlarini kirita olamiz.
Uchinchi guruhga yoshlarning huquqiy ongini shakllantirish jarayonini va huquqiy ta’lim-tarbiya, huquqiy madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan O‘zbekistonlik tadqiqotchi va mutaxassislar A.A.Azizxo‘jayev10, G.Achilova11, Z.M.Islomov12, O.A.Karimova13, X.Mamatov14, O.T.Nasiriddinova15, X.Odilqoriyev16, Y.S.Sadikova17, A.Saidov va U.Tadjixanov18 tadqiqot ishlarini kiritishimiz mumkin.

Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə