Korparativ boshqaruv


II. Amaliy qism: Yengil sanoat korxonalarida xorijiy



Yüklə 220,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix12.04.2023
ölçüsü220,92 Kb.
#105169
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Korparativ boshqaruv

II. Amaliy qism: Yengil sanoat korxonalarida xorijiy
investitsiyaning ro’li
2.1. O’zbekiston Yengil sanoatiga kiritilgan investitsiyalar.
To‘qimachilik tarmog‘i korxonalarining yaratilayotgan mahsulotining
raqobatbardoshligini va eksportining dinamik rivojlanishida eng asosiy
indikatorlardan biri bo‘lib chet el investitsiyalarnig oqimi hisoblandi.
Xorijiy investorlarning bizning tarmoqqa bo‘lgan qiziqishlari, quyidagi
faktorlarda o‘z ifodasini topadi. Bular:
- Mamlakatimizda barqaror va sifatli xom ashyo bazasining mavjudligi;
- Energoresurslar uchun qulay narxlar;
- Nisbatan arzon yuqori malakali mexnat resurlarning mavjudligi;
Eng asosiysi hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar va
berilayotgan imtiyozlarda o‘z ifodasini topadi.
Investitsiyalarni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri bu qo‘shma
korxonalar tashkil etishdir.
Qo‘shma korxonalar xalqaro kooperatsiyaning eng murakkab shakli
hisoblanadi. Xalqaro kooperatsiyaning shakli sifatida qo‘shma korxonalar kuchli
xamkorlik aloqalari, tomonlarning uzoq muddatli va mustahkam xamkorligi bilan,
va bir vaqtning o‘zida og‘irlik darajasi bilan xarakterlanadi. Bu birinchi navbatda
ularning ishtirokchilari ushbu iqtisodiy aksiyaga shunchaki tovar emas, boshqa
kooperatsiya turlarida bo‘lgani kabi, balki o‘z kapitallarini qo‘yishlari bilan
asoslanadi. Qo‘shma korxonalar yangi korxonalarni tashkil etishda vaqt va
mablag‘larni tejash, progressiv texnika va texnologiyalarni ishlatish, ichki bozorda
mavjud bo‘lmagan tovarlarni ishlab chiqish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va
shu bilan aholining bandlik darajasini oshirish xamda valyuta mablag‘larini olish
maqsadida tashqi bozorga tez chiqish muammolarini echishga yordam beradi.


18
Qo‘shma korxonalar investitsiyalarning barcha oqimlarida asosiy o‘rinni
egallab keladi. Qo‘shma korxonalarning chet el investitsiyalar tizimidagi
ahamiyatining aniqroq ifodasini quyidagi chizmada ko‘rish mumkin. (1-chizma)
O‘zbekistonda qo‘shma korxonalarni samarali tashkil etish va rivojlantirish
iqtisodiyotni, xususan eksport salohiyatini rivojlantirishning perspektiv va etakchi
yo‘nalishlarini ifodalaydi.
Yalpi mahsulotning hajmida eksport ulushi o‘sishining ijobiy dinamikasini
ta’kidlash joiz. Bu natijaga chet el xamkorlarini nafaqat moliyaviy qo‘yilmalar,
balki mahsulot sifatini oshiradigan va uning jahon bozorida raqobatbardoshligini
ta’minlaydigan ishlab chiqarishning innovatsion elementlarini amalga oshirish
orqali qo‘shma korxonalar tashkil qilish yo‘li bilan erishildi.
Chet el investitsiyalar oqimida qo‘shma korxonalarning o‘rni
To‘qimachilik sanoat eksporti rivojlanishining asosiy instrumenti bo‘lib
qo‘shma korxonalar tashkil etish hisobiga chet el kapitalini (investitsiyalarini) jalb
qilish hisoblanadi.
Real investitsiyalar:
(to’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalar) ishlab
chiqarishda
Intelektual:
-kurslarni tayyorlash;
-malakani berish;
Portfel investitsiyalar:
-Qo’shma korxonalar
investitsiyalarini xarid qilish
Chet el investitsiyalari ishtirkida
korxonalarni
tashkil qilish:
100%-Chet el kapitali bilan
ishtirok
etayotgan korxonalar
Qoshma korxonalar (chet el
kapitalning ulushi 100% dan oz)
Chet el investitsiyalari


19
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan
15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va
o‘zlashtirildi. Bu 2014-yilga nisbatan 9,5 foiz ko‘p demakdir. Jami
investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i
xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el
investitsiyalaridir.
Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga
yo‘naltirildi. Bu esa 2015-yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar
bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti qurilishini yakunlash va
foydalanishga topshirish imkonini berdi.

Yüklə 220,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə