Korparativ boshqaruv


Kapital qo‘yilmalarning mulk shakliga ko‘ra tuzilmasi



Yüklə 220,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix12.04.2023
ölçüsü220,92 Kb.
#105169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Korparativ boshqaruv

Kapital qo‘yilmalarning mulk shakliga ko‘ra tuzilmasi
-
bu,
investitsiyalarning davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, ijara va boshqa turdagi jamoa
korxonalari o‘rtasida taqsimlanishidir. U kapital qo‘yilmalardan foydalanish ,
shuningdek, ularning shakllanish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan muhim
ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kaptil qo‘yilmalarning samarali
tuzilmasi ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p foyda olishga tengdir.


10
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilish hamda
mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta
qurollantirishga sarflanuvchi xarajatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni ifodalaydi.
1.3.Yengil sanoat korxonalarida investitsiyani baholash.
Umuman olganda samaradorlik muayyan natijalarga erishishni anglatadi. U
saraflangan xarajatlar va olingan natijalar nisbati asosida aniqlanadi. Xarajatlar
qanchalik kam va natijalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, samaradorlik ham shunchalik yuqori
bo‘ladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi butun ishlab chiqarish
samaradorligining tarkibiy qismidir. Turli darajadagi xo‘jalik faoliyatida
investitsiyalarning iloji boricha ko‘proq foyda, qaytim keltirishi asosiy vazifa qilib
belgilanadi. Bu qoidadan chetga chiqish resurslarni yo‘qotish, jamiyatning ilgarigi va
hozirgi mehnatini yo‘qqa chiqarishga olib kelishi mumkin.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash zarurati, qo‘shimcha
kapital qo‘yilmalar kiritilishini talab qiluvchi yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishni
kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni
zamonaviylashtirish va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi barcha
hollarda yuzaga keladi. Ba’zan mahsulotlarning yangi turini ishlab chiqarish ham
investitsiya va boshqa mablag‘lar kiritilishini, demak, xarajat va natijalar nisbatini
avvaldan baholashni talab qiladi.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda korxonalar ikkita
vazifani hal qilishlari lozim:

Yüklə 220,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə