Korparativ boshqaruv



Yüklə 220,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix12.04.2023
ölçüsü220,92 Kb.
#105169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Korparativ boshqaruv

tashqi manbalari
quyidagilar:
·
markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil
fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
·
korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va
nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida
shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
·
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi
kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar
tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona investitsion
resurslaridagi ulushi 50% va undan ko‘proqni tashkil etadi.
Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tanqisligi sharoitida lizing
investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Lizing -
moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib,
korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki
maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini
anglatadi. Lizing bitimida ko‘rsatilgan tomonlardan tashqari investitsion loyihalarni
moliyalashtirish hamda ularni buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash
imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat yoki investitsion banklar ham ishtirok etishi mumkin.
Investitsiyalardan (kapital qo‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilar hisoblanadi: [4]
·
yangi qurilish;
·
korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
·
ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
·
harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Yangi qurilishga
yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida
quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan

Yüklə 220,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə