Korparativ boshqaruv



Yüklə 220,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix12.04.2023
ölçüsü220,92 Kb.
#105169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Korparativ boshqaruv

birinchisi
- kapital qo‘yilmalarning qoplanish muddati va daromadliligi nuqtai
nazaridan, eng maqbul variant tanlash imkoniyatini yaratuvchi investitsion loyiha
samaradorligini baholash;
ikkinchisi
- mavjud ishlab chiqarishga ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini
yaxshilash maqsadida kiritiluvchi investitsiyalar samaradorligini baholash
(qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, tannarxni kamaytirish, foydani oshirish va
hokazo).
Birinchi vazifaning echimi
mos keluvchi marketing tadqiqotlarini amalga
oshirishni ko‘zda tutib, bu tadqiqot davomida talab va undan kelib chiquvchi taklif,
bozor segmentatsiyasi, bahoni shakllantirish strategiyasi, moliyalashtirish manbalari


11
va boshqalar aniqlanishi lozim. Investitsion loyihani muqobillik asosida tanlagandan
so‘ng birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni, texnik va boshqa qarorlarni, jumladan,
muhandislik ta’minoti, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar
tayyorlashishlari amalga oshiriladi.
Investitsion loyihani tayyorlash va shunga mos ravishda investitsiyalar
samaradorligini baholash zarurati ko‘p holarda yangi korxona, sexlar qurish yoki
mavjud ishlab chiqarishni qayta tiklash va kengaytirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bularning barchasi nafaqat makonda, ya’ni ma’lum bir hududda, er maydonida, balki
vaqtda amalga oshirilishi sababli, vaqt muddati loyihani amalga oshirish, jumladan,
korxonani tashkil qilish (qayta tiklash, kengaytirish) hamda ekspluatatsiya qilish va
tugatish muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda quyidagilar asosiy
ko‘rsatkich hisoblanadi:
1) Sof diskontlangan daromad
(SDD) - butun hisobot davri uchun joriy
samaralar yig‘indisining boshlang‘ich qadamga keltirilgan miqdori yoki integral
natijalarning integral xarajatlardan oshib ketishi. U quyidagi formula asosida
hisoblanadi:
(
)
(
)
å
=
+
-
=
T
t
t
t
t
E
Х
Н
СДД
0
1
1
Bu erda:
N
t
– hisob-kitoblarning t-qadamida erishiluvchi natijalar;
X
t
– xuddi shu qadamda amalga oshiriluvchi xarajatlar;
T – hisob-kitoblarning vaqt muddati;
E - diskont normasi.
Agar investitsion loyihaning SDD miqdori ijobiy bo‘lsa, u holda loyiha
samarali, ya’ni investitsiya mablag‘lari darajasining qabul qilingan diskont normasini
ta’minlovchi hisoblanadi.
Xarajatlar va ularning natijalari miqdorini keltirish ularni
diskontlash
koeffitsienti
(d
t
) ga ko‘paytirish asosida amalga oshirilib, bunda quyidagi formuladan
foydalaniladi:
(
)
t
t
Е
d
+
=
1
1


12
Bu erda:
t - natijalarni olish (xarajatlarni amalga oshirish) davridan taqqoslash davrigacha
bo‘lgan muddat bo‘lib, yillarda o‘lchanadi.
Diskont normasi (E) - boshqa investorlar o‘z mablag‘larini xuddi shu turdagi
loyihalarni amalga oshirish uchun kiritishga rozi bo‘luvchi, kapitalning daromadlilik
koeffitsienti (daromad miqdorining kapital qo‘yilmalarga nisbati).
Agar diskont normasi vaqt davomida o‘zgaradigan bo‘lsa, diskont koeffitsienti
(d
t
) quyidagi formula asosida aniqlanadi:
(
)
k
t
k
t
E
П
d
+
=
=
1
1
1
Bu erda:
E
k
– k-yildagi diskont normasi;
t- hisobga olinuvchi vaqt muddati, yil.
Investitsion loyihalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda mahsulot
va iste’mol qilinuvchi resurslarning bazis, bashorat qilinuvchi, jahon va hisobiy
baholaridan foydalaniladi.
2) Investitsiyalarning daromadlilik indeksi (ID) - keltirilgan samaraning
investitsiyalar miqdoriga (K) nisbati bo‘lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi:
(
)
(
)

Yüklə 220,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə