Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari


II bob. Korporativ tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilishning



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə10/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

II bob. Korporativ tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilishning 

amaldagi holati tahlili 

2.1 Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliq organlari tomonidan 

nazorat qilishning amaldagi mexanizmi va uning tahlili 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari, xususan korporativ 
tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilishda soliq organlari eng asosiy nazorat
qiluvchi organ hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatmizda soliq 
nazoratini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda faoliyat olib
borayotgan ko’p sonli tadbirkorlar takliflari inobatga olinib, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 apreldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini
tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish 
tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-
4296-sonli Farmoni bilan tekshirishlar soni yanada qisqardi, ularni tashkil etish, 
o’tkazish tizimi takomillashdi. Shuningdek, Farmonda Nazorat kiluvchi organlar
faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan 
tekshiruvlar reja-jadvaliga tushgan korxonalardan soliq va boshqa majburiy
to’lovlarni o’z vaqtida to’lagan, ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o’sishi va 
rentabelligini ta’minlaganlarini 2014 yilgi reja-jadvaldan chiqarib tashlanishi qayd
etib o’tilgan. 
Xususan, NQOFM respublika kengashi tomonidan tasdiklangan 2014 yilgi
tekshirishlar reja-jadvaliga jami 5 310 ta tadbirkorlik sub’ekti qo’yilgan bo’lib, 
Farmon ijrosi bo’yicha ulardan 595 tasi (yoki 11,3%) yuqorida qayd etilgan
me’zonlar asosida chiqarib tashlandi, shu bilan birga, bo’lib o’tadigan kompleks 
tekshirishlarning 32 tasida (yoki 0,6%) soliq va ayrim nazorat kiluvchi
organlarning ishtiroki bekor kilindi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining 
“O’zbekiston Savdo - sanoat palatasi to’g’risida” gi Qonuni 3-moddasiga ko’ra
Palata tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishchanlik 
muxitini takomillashtirish, Palata a’zolarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini
ifoda etish xamda ximoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan 
aloqalarini yo’lga qo’yishga ko’maklashish maqsadida tashkil etilgan bo’lib,



Qonunning 13-moddasida uning a’zosi xisoblangan tadbirkorlik sub’ektlari 


faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etish huquqi berilgan.
Ushbu vazifalar yuzasidan ishlarni sifatli tashkil etish, tekshirishlarga doir 
qonun xujjatlari talablarining bajarilishi, tekshirishlar shaffofligini ta’minlashning
tizimli ravishda amalga oshirilishiga erishish maqsadida Savdo-sanoat palatasi 
xuzurida “Tadbirkorlik sub’ektlari murojaatlari va tekshirishlarni monitoring qilish
markazi” (keyingi o’rinlarda - Monitoring markazi deb yuritiladi) tashkil qilingan. 



Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə