Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari


-jadval  Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə11/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

2-jadval 

Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini 

tekshiruvlari va ularning natijalari

to’g’risida ma’lumot

5



Ko’rsatkichlar



2012 y. 

2013 y. 

2014 y. 
1 Tekshiriladigan tadbirkorlik 
sub’ektlar soni (ta)
1680

2457
5310



Tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar 
2
Ishchi va xizmatchilarning ish 

xaqilaridan xisoblanadigan daromad


solig’ini noto’g’ri hisoblash (foizda) 
28
24

18
3


byudjet oldidagi soliq va boshqa 

majburiy to’lovlarni o’z vaqtida


to’lamaslik (foizda) 
35
38

29
4 penya qarzdorligi mavjudligi (foizda) 


15
18

17
5 yagona solik to’lovini noto’g’ri 


xisoblash (foizda)
25

26
31

6 soliq organlariga xisobot shakllarini
topshirmaslik va xokazolar (foizda) 
14
12

10
Markazning 


Qoraqalpog’iston


Respublikasi, 
Toshkent
shaxri

va
viloyatlardagi 


xudud
buyicha

mas’ul xodimlarining asosiy vazifalari


o’tkaziladigan tekshiruvlarda tadbirkorlik sub’ektlarining xuquq va manfaatlarini 
joyiga chiqqan holda himoya qilish xamda ushbu buyicha monitoring ishlarini
olib borish xisoblanadi. 
Jumladan, Monitoring Markazi xodimlari tomonidan 2013 yil davomida jami
2 457 ta, shundan 2 186 ta (yoki 89%) rejali, 271 ta {yoki 11%) rejadan tashkari 
5

www.chamber.uz


– Savdo-sanoat palatasining rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 


tekshirishlar monitoringi o’tkazilgan bulib, o’tgan yilga nisbatan 146% (2012 


yilda 1 680 ta) ni tashkil etgan. Monitoring natijalariga ko’ra, respublika bo’yicha
o’tkazilgan tekshiruvlarning 113 tasida nazorat organlari tomonidan tekshiruv 
tartib-qoidalari buzilganligi anikdangan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, eng ko’p xolat nazorat organi 
xodimlarining “Tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobi”ga qayd etmaslik (61 ta),
tekshiruv natijalari bo’yicha dalolatnoma bermaslik (53 ta), tekshiruv o’tkazish 
uchun asos bo’luvchi xujjatlarni taqdim etmaslik (29 ta), tashkilot rahbariga tilxat
asosida xujjatlarni taqdim etmaslik (24 ta), tekshirish dasturi doirasidan 
tashqarida o’tkazganlik (13 ta) xolatlari kabilarda kuzatildi.
Markaz xodimlari ishtirokida tekshirish tartiblarining buzilishlariga doir 101 
ta xolatga nisbatan choralar ko’rilgan xususan, ushbu:

joyida bartaraf etilgan - 76 ta; 


soliq idorasiga ma’lumotnoma kiritish - 9 ta; 



prokuratura idorasiga ma’lumotnoma kiritish - 6 ta; 


SES idorasiga ma’lumotnoma kiritish 3 ta; 



bojxona idorasiga ma’lumotnoma kiritish 1 ta; 


yong’in xavfsizligi idorasiga ma’lumotnoma kiritish 1 ta; 



NQOFM hududiy kengashiga ma’lumotnoma kiritish 1 ta; 


sudga da’vo arizasi kiritish 1 ta. 


Misol uchun, Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi korxonalardan birida
(korxona nomi yashirilgan) Xovos temir yul bekatidagi tarmoq IIB xodimi 
tomonidan tekshirish o’tkazilgan bo’lib, unda tekshiruvga asos bo’luvchi xujjatlar
taqdim etilmagan, “Tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobi” ni to’ldirmagan, 
tekshiruv dastur doirasida o’tkazilmagan xamda tadbirkorga dalolatnoma takdim
etilmagan. Mazkur xolatlar buyicha Palata tomonidan Xovos tuman ichki ishlar 
bo’limiga ma’lumotnoma yuborilishi natijasida tekshiruv to’xtatilgan.
Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi korxonada viloyat IBB XOOB va 
Qo’shko’pir tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan tekshiruv o’tkazilgan.
Ushbu tekshiruvning O’zbekiston Respublikasi “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 


faoliyatini davlat tomonidan nazorat kilish to’g’risida” gi, “Tadbirkorlik faoliyati 


erkinligining
kafolatlari 
to’g’risida”
gi

qonunlari


xamda

O’zbekiston


Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi 
organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to’g’risida”, “Xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to’g’risida” gi 
Farmonlari talablariga zid ravishda o’tkazilganligi Palata xamda Xorazm viloyati
adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan aniqlanib, holat yuzasidan 
Xorazm viloyat prokuraturasiga ma’lumotnoma takdim etilgan.
Surxondaryo viloyati Muzrabod, Angor, Qiziriq tumanlari hamda Toshkent 
shaxar Yunusobod tumanidagi soliq idoralari xodimlarining tekshiruv davomida
“Tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobi” ga tegishli yozuvlarni qayd etmaslik 
holatlari monitoring jarayonida aniqlangan va tezkor ravishda nazorat organlari
xodimlarini jalb etgan xolda joyida bartaraf etilgan. Bunday misollarni ko’plab 
keltirish mumkin. Shuni alohida qayd etib o’tish mumkinki, monitoring o’tkazish
jarayonida ko’plab tadbirkorlar qonun bilan belgilangan tartib-qoida va me’yorlar 
bo’yicha etarli darajada ma’lumotga ega emasliklari aniqlanmoqda.
Misol uchun, soliq organlari tomonidan utkazilgan kator tekshiruvlar yakuni 
dalolatnomalari Monitoring Markazi tomonidan taxdil kilinganda tadbirkorlar
asosan quyidagi yo’nalishlarda xato-kamchiliklarga yo’l qo’yayotganligi ma’lum 
bo’ldi:

ishchi va xizmatchilarning ish xaqilaridan xisoblanadigan daromad 

solig’ini noto’g’ri hisoblash;



byudjet oldidagi soliq va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida 

to’lamaslik;



penya qarzdorligi mavjudligi; 


yagona solik to’lovini noto’g’ri xisoblash; 



byudjetdan tashqari fondlar (Yagona ijtimoiy to’lovi noto’g’ri xisob kitob 

qilingan) (25%);



pensiya ajratmasini noto’g’ri xisoblash (5,5%); 


fuqarolarni shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya ta’minotiga to’lovlarni 




noto’g’ri xisoblash (1 %); 



soliq organlariga xisobot shakllarini topshirmaslik va xokazolar. 

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkor tashkilotlar bilan birga shu kabi


kamchiliklarning oldini olish, noqonuniy tekshiruvlarga chek qo’yish, 
tadbirkorlarning tekshiruvlar to’g’risidagi huquqiy savodxonligini oshirish
maqsadida “Tekshiruvlar: A dan Ya gacha”, “Tadbirkorlik sub’ektlarining 
faoliyatini tekshirish xaqida nimalarni bilish zarur” va “Nazorat qiluvchi
organlar tomonidan tekshiruv o’tkazish jarayoni: Tadbirkor huquq va 
majburiyatlari” nomli qo’llanmalar, teshiruvlarga doir videoroliklarni bepul
tarqatib kelmokda. 
Shu bilan birga, ko’plab tadbirkorlar internet tarmog’i imkoniyatlaridan
foydalanmasligi sababli ularga uyali aloqa vositasidan “Tezkor ma’lumotlar 
bazasi” sifatida foydalanishlari uchun “UzSAT” dasturiy mahsuloti o’rnatib
berilmokda. 

“UzSAT” dasturiy maxsulotining afzalligi shundaki, dastur uyali telefonga


o’rnatilgach, tadbirkor telefoni orqali unda qachon rejali tekshiruv 
tayinlanganligi, tekshiruv qaysi nazorat organlari tomonidan o’tkazilishi,
tekshiruvchi 
kelganda
qanday

hatti-harakatlarni


amalga

oshirishi,


nazoratchilardan kanday xujjatlarni talab etishi, shuningdek, “Ishonch 
telefonalari” orkali kaysi idoraga murojaat etishi mumkinligi tug’risida
ma’lumotga ega bulishi mumkin. 
Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish sharoitida soliq
sohasidagi islohotlarni amalga oshirish va soliq munosabatlarini takomillashtirish, 
soliq nazoratining shakllari va ularning amal qilish holatini ilmiy tahlil qilish
muhim va dolzarb muammoli masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Soliq nazorati 
davlat va jamiyat hayotida juda muhim o’rin tutadi, chunki uning vositasida
davlat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy vazifalarning bajarilishini 
ta’minlash uchun zarur bo’lgan moddiy-moliyaviy resurslar jamlanadi, yalpi ichki
mahsulotning zarur qismi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun ajratiladi.


Soliq nazorati mamlakatdagi nazorat tizimining ajralmas tarkibiy qismi 


bo’lib hisoblanadi va shu sababli soliq qonunlariga rioya etilishiga erishishni
ta’minlash qonunchilikni mustahkamlash, huquq tartibotiga rioya etilishiga 
erishishni anglatadi. Soliq nazorati huquqiy tizimning ajralmas tarkibiy qismi
sifatida adolat, demokratiya kabi tamoyillarga amal qiladi. Soliqlar davlat 
daromadlari tarkibida eng salmoqli va hukmron mavqeini egallashi jamiyatdagi
huquqiy ong, iqtisodiy taraqqiyot, nazorat tizimlarining vujudga kelishi bilan 
bog’liqdir. Soliq nazoratining vujudga kelishi jamiyatning demokratlashuvi
jarayoni bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning vositasida davlatning yangi 
soliqlar va yig’imlar joriy etish hamda to’plashga bo’lgan ishtiyoq bilan ishlab
chiqarishda qatnashayotgan fuqarolar mulkiy manfaatlari o’rtasida adolatli 
muvozanat saqlab turilishiga harakat qilinadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida davlat nazoratining asosiy 
turi, bu soliq nazorati hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan
boshlab mamlakatda olib borilayotgan soliq nazorati iqtisodiy islohotlarga mos 
ravishda rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish davomida soliq
nazorati shakllanib, uzluksiz takomillashib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi 
soliq qonunchiligi vositasida soliq sohasidagi islohotlar amalga oshiriladi. Soliq
qonunchiligi davlat faoliyatining yo’nalishlaridan biri sanaluvchi davlat ichki 
daromadlarini shakllantirishga oid bo’lgan moliyaviy-huquqiy munosabatlarni
tartibga soluvchi qonunchilik tarmog’idir.
Soliq to’lovchi moliya-xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi)
- tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi
maxsus

vakolatli


organ

tomonidan


tasdiqlangan 
muvofiqlashtirish rejasi asosida o’tkaziladigan tekshiruvdir. Amaliyotda soliq
nazorati davlat va nodavlat nazorati shakllarga bo’linadi (3-rasm).
Soliq nazoratining asosiy vazifasi-belgilangan soliq va yig’imlarni o’z
vaqtida, belgilangan hajmda yig’ilishini ta’minlash yo’li bilan davlat byudjeti 
daromadlarini shakllantirishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya 


qilish chora-tadbirlari to’g’risida» PQ-1257-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda 


to’plangan va chet el tajribasini hisobga olgan holda soliq organlari tizimini
yanada modernizatsiya qilish, nazorat qiluvchi organlar funktsiyalaridagi bir-birini 
takrorlashlarni bartaraf etish, respublika fiskal-moliya organlari tuzilmasida soliq
organlarining, eng avvalo, qabul qilingan soliq qonunchiligini va davlat 
byudjetining daromad qismini shakllantirish bo’yicha belgilangan topshiriqlarni
bajarish masalalaridagi vakolatlarini kengaytirish va rolini oshirish maqsadida. 


Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə