Косая таблица вагонопотоков


Yuk poyezdlarini tuzish rejasini hisoblash



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə6/17
tarix09.03.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#102175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
lokomotiv

1.5. Yuk poyezdlarini tuzish rejasini hisoblash


Yuk poyezdlarini tuzish rejasi deganda, yuklangan va jo‘natishga tayyorlangan vagonlarni o‘z vaqtida poyezdlarga biriktirilishi va tezroq manziliga yetkazilishi tushiniladi.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy talablarga rioya etish kerak:
− yuklarni yetkazishni va vagonlar aylanmasini sezilarli darajada tezlashtirish;
− texnik stansiyalararo saralash ishlarini to‘g‘ri taqsimlash;
− vagonlarni o‘z vaqtida poyezdlarga biriktirish;
− qayta ishlanishlar sonini kamaytirish;
− yig‘ilish va qayta ishlanishlar jarayonida turish vaqtini qisqartirish;
− saralash va manyovr vositalaridan foydalanishni jadallashtirish.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasi poyezdlar harakati grafigining amal qilish davriga ishlab chiqiladi.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasida har bir poyezd tuzuvchi stansiya uchun jo‘natiluvchi poyezdlarning turlari, qabul qiluvchi stansiyalar manzili va tarkibdagi vagonlarning manzillari, bo‘sh vagonli poyezdlar uchun harakatdagi tarkibning turi ko‘rsatiladi.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasi quyidagi asosiy ikki qismdan tashkil topgan:
− yuklash joylarida jo‘natuvchi va pog‘onasimon marshrutlarni tashkil etish;
− uchastka va saralash stansiyalarining poyezdlar tuzish rejasini ishlab chiqish.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasi, poyezdlar harakati grafigini tuzish uchun asosiy ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Poyezdlar tuzish rejasidan poyezdlarni jo‘natish stansiyalarini, ular manzillarini, poyezdlar sonini va ularning tasniflanishi va boshqalarni aniqlash mumkin.
Poyezdlar tuzish rejasining sifati quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi:

  1. umumiy tejalgan yoki sarflangan vagon-soatlar;

  2. jo‘natish marshrutlari bilan qamrab olingan tashishlar foizi;

v) vagonlarni qayta ishlovga tushmasdan bosib o‘tgan o‘rtacha masofasi;
g) vagonlarning yig‘ilish jarayonida o‘rtacha turish vaqti.
Kurs loyihasida yuk poyezdlarini tuzish rejasini hisoblash quyidagi ketma -ketlikda bajariladi:
− vagon oqimlari yiriklashtirilgan jadvalini tuzish;
− jo‘natuvchi marshrutlar tuzish rejasini hisoblash; − bir guruhli poyezdlar tuzish rejasini hisoblash;
− poyezdlar tuzish rejasining qulay variantini aniqlash.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə