Косая таблица вагонопотоков


-bob. Vagon oqimlari hisobi



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə3/17
tarix09.03.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#102175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
lokomotiv

1-bob. Vagon oqimlari hisobi


1.1. 2-Mintaqaviy temir yo‘l uzeli uchastkalarining texnik foydalanish

tasnifi


2-Mintaqaviy temir yo‘l uzeli (MTU) uchastkalarining umumiy uzunligi 264 kilometrni tashkil etadi (har bir talaba uchun alohida beriladigan topshiriqning 2-bandi). Shu jumladan, B-V uchastkasi 120 kilometr, V-G uchastkasi 122 kilometrni tashkil etadi. MTU tarkibiga “BV” va “V-G” uchastkalari, 3 ta texnik, ya’ni B, V, G stansiyalari va 8 ta oraliq a, b, v, g, d, e, j, z stansiyalari kiradi. 2-MTU 3 ta MTU lari bilan chegaradosh, bular A stansiyasi orqali 1-MTU bilan, D stansiyasi orqali 3MTU bilan va E stansiyasi orqali 4-MTU bilan tutashadi.
MTU uchastkalari avtoblokirovka tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, texnik va oraliq stansiyalaridagi strelka o‘tkazgichlari va signallar elektr markazlashtirilgan.
MTU stansiyalari qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining foydali uzunligi 850 metrni tashkil etadi (topshiriqning 6-bandi).
MTU joylashgan yo‘nalishdagi tortuv turi elektrli bo‘lib, yuk tashish harakatida VL80K va yo‘lovchi tashish harakatida CHS-4 rusumdagi lokomotivlardan foydalaniladi (topshiriqning 8-bandi).
Asosiy lokomotiv deposi V stansiyasida va aylanish depolari B, G, E stansiyalarida joylashgan (topshiriqning 9-bandi). V stansiyasida vagon va lokomotiv depolari hamda vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari mavjud.
MTU uchastkalaridagi yo‘lovchi poyezdlari soni uncha katta emas. Yo‘nalishlardagi yo‘lovchilar mintaqaviy temir yo‘l uzeliga tegishli bo‘lgan poyezdlar bilan tashiladi.
2-MTU da umumiy yuklash 468 vagonni, tushirish esa 574 vagonni, tranzit vagon oqimlari 4211 (umumiy vagon oqimlarining 83,4%) vagonni tashkil etadi (1.1-jadval). 2–MTU barcha MTU lardan 333 vagonni qabul qilsa, boshqa MTU lariga 227 vagonni jo‘natadi.
Jo‘natuvchi marshrutlar umumiy vagon oqimlarining 40% ni ya’ni
2004 vagonni (1.8-jadval) tashkil etadi (topshiriqning 2-bandi);
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar va ish hajmidan ko‘rinib turibdiki, MTU uchastkalari asosan tranzit poyezdlarni o‘tkazish jarayonlari bilan shug‘ullanadi.
2-MTU uchastkalarining sxemasi, peregonlari va uchastkalari masofalari bilan ko‘rsatilgan holda 1.1-rasmda keltirilgan.

1.1-rasm. 2-MTU uchastkalarining sxemasi
1.2. Vagon oqimlari jadvalini hisoblash va bo‘sh vagon oqimlari sxemasini tuzish
MTU va stansiyalar o‘rtasidagi vagon oqimlarini tashkil etish va ishlarni bajarishda qulaylik yaratish uchun rejali vagon oqimlari jadval ko‘rinishiga keltiriladi (1.1-jadval). U quyidagi 4 qismdan tashkil topgan:

    1. Mahalliy aloqa – 2-MTU stansiyalaridan, 2-MTU stansiyalari manziliga yuk yuklash;

    2. Boshqa MTUlarga jo‘natish – 2-MTU stansiyalaridan, ya’ni 2-MTU chegarasidan tashqariga boshqa MTU stansiyalari manziliga yuk yuklash;

    3. Boshqa MTUlardan qabul qilish – boshqa MTU stansiyalaridan 2-

MTU stansiyalari manziliga vagonlarni qabul qilish;

    1. Tranzit – 2-MTUdan tashqari, boshqa MTUlardan, boshqa barcha MTUlar manziliga vagonlarni qabul qilish, jumladan bu vagonlar 2MTUdan tranzit sifatida o‘tib ketadi.

2 - MTU dagi tashish ishlari hajmi 1.1- jadvalda keltirilgan.
Vagon oqimlari jadvalini hisoblash, jadvalni ustunlar va qatorlar bo‘yicha hisoblab, ularning umumiy hisobini chiqarishdan iborat. Har bir qator yig‘indisi jo‘natilgan vagonlar sonini (ortish), ustunlar yig‘indisi esa, tushirishga kelgan vagonlar sonini bildiradi. Stansiyalarda tushirilgan vagonlar sonini yuklangan vagonlar soniga taqqoslash orqali har bir stansiya uchun ortiqcha yoki yetishmayotgan bo‘sh vagonlar soni aniqlanadi. Agar yuk tushirilgan vagonlar soni yuk yuklash uchun talab etilayotgan vagonlar sonidan ko‘p bo‘lsa, stansiya uchun ortiqcha bo‘sh vagonlar soni kelib chiqadi. Agar yuk tushirilgan vagonlar soni yuk yuklash uchun talab etilayotgan vagonlar sonidan kam bo‘lsa stansiya uchun yetishmayotgan bo‘sh vagonlar soni kelib chiqadi. Barcha stansiyalardagi ortiqcha bo‘sh vagonlar yuk yuklash uchun vagonlar yetishmayotgan stansiyalarga jo’natiladi.
Stansiyalardagi bo‘sh vagonlar masofani inobatga olgan holda tarqatiladi. Yuk ortish uchun vagonlar yetishmayotgan stansiyalarga bo‘sh vagonlarni tarqatish 1.1-jadvalning “Bo‘sh vagonlar balansi” ustunlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda “+” belgisi bilan mazkur stansiyadagi ortiqcha vagonlar soni, “-“ belgisi bilan mazkur stansiyaga yetishmaydigan vagonlar soni ifodalanadi.
Misol: “G” stansiyasida 44 ta bo‘sh (ortiqcha) vagon mavjud, ularni yuk ortish uchun bo‘sh vagonlar yetishmayotgan stansiyalarga tarqatish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
− “G” dan “D” ga 44 ta.
“B” stansiyasidagi 40 ta bo‘sh (ortiqcha) vagonlarni tarqatish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
− “B” dan “A” ga 4 ta;
− “B” dan “E” ga 36 ta;
− “v” dan “b” ga 6 ta; − “g” dan “b” ga 1 ta;
− “V” dan “a” ga 17 ta;
− “V” dan “b” ga 1 ta;
Qolgan barcha stansiyalardagi bo‘sh vagonlar “E” stansiyasiga olib kelinadi. Bunda bir xil turdagi bo‘sh vagonlarni qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha tarqatish taqiqlanadi.
− “d” dan “E” ga 9 ta;
− “e” dan “E” ga 3 ta;
− “j” dan “E” ga 10 ta;
− “G” dan “E” ga 44 ta; − “D” dan “E” ga 15 ta;
Bo‘sh vagonlarni tarqatish sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan. Ushbu sxema orqali topilgan ma’lumotlar vagon oqimlari jadvalida (1.1- jadval) ko‘rsatiladi.

  1. 2-rasm. Bo‘sh vagonlar oqimi sxemasi


Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə