Kredit shartnoma № (Milliy va xorijiy valyutada)



Yüklə 301,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix19.12.2023
ölçüsü301,78 Kb.
#152191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kredit shartnomasi shakli 2023

13.
 
Maxfiylik 
13.1
Shartnomani tuzish va bajarish vaqtida taraflar bir-biridan olgan barcha maʼlumotlar 
maxfiy axborotlar deb tan olinadi. 
13.2
Shartnomani tuzish va undan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish chogʻida boshqa 
tarafning tijorat siri hisoblangan maxfiy axborotlar va maʼlumotlarni ikkinchi taraf axborot 
egasining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.
13.3
Mazkur talab shartnomaning amal qilish muddatiga hamda uning muddati tugagan vaqtdan 
boshlab 3 yil davomida amal qiladi. 
13.4
Ushbu talablarni buzgan taraf buning oqibatida ikkinchi tarafga yetkazilgan barcha zararni 
toʻliq hajmda qoplaydi. 
13.5
Kreditor oʻz huquqlari va manfaatlari yoki ularni himoya qilish maqsadida qarz oluvchi 
kreditorga qarz oluvchi toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor 
etish (topshirish) uchun soʻzsiz roziligini bildirgan hisoblanadi.
13.6
Qarz oluvchi kreditorga shartnomada koʻrsatilgan yoki shartnoma tuzilishi va bajarilishida 
kreditorga taqdim etilgan qarz oluvchining barcha maʼlumotlari bilan ishlash va topshirishga 
mazkur shartnomaga asosan roziligini tasdiqlaydi. Shu jumladan, shartnoma boʻyicha huquqiy 
vorislik tartibida kreditorning huquq va majburiyatlari boshqa shaxsga oʻtganda, ularni 
uchinchi shaxsga topshirishga ham rozilik beradi. Kafil va yoki mulkiy kafil bunday 
maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish qarz oluvchining qonun bilan muhofaza 


_________________ _________________
12 
qilinadigan bank va boshqa sirlarining buzilishi boʻlib hisoblanmasligiga mazkur shartnomaga 
binoan roziligini bildirgan hisoblanadi. 
14.
 
Fors-major
14.1
Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu taraflarning irodasi, xohishiga 
bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron va hokazo), ijtimoiy-iqtisodiy 
holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni ta`qiqlash va 
boshqalar), xalqaro, banklararo va bankning elektron toʻlov hamda taʼminot tizimidagi nosozlik, 
bankning dasturiy taʼminot tizimiga qilingan tahdid (hujumlar) sababli yuzaga kelgan 
sharoitlarda taraflarga majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib 
boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir. 
14.2
Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda taraflar ushbu holatlar bartaraf etilguniga qadar 
shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻladi. Fors-major holati 90 kun mobaynida 
bartaraf etilmagan taqdirda shartnoma bekor qilinishi mumkin. 
14.3
Fors-major holatlari boshlanganligi yoki yakunlanganligi haqida bir taraf ikkinchi tarafni 
3 ish kuni ichida bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi shart. Xabarnomalar barcha aloqa 
vositalari orqali yuborilishi mumkin. 

Yüklə 301,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə