Leksemalaning ma'noviy



Yüklə 130 Kb.
səhifə10/10
tarix16.05.2023
ölçüsü130 Kb.
#110662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ko’makchi

I. Teng bog'lovchilar. 1. Biriktiruv bog'lovchilari: va, -u (-yu), hamda. 2. Ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, yoxud, goho, dam... dam, bir... bir, ba'zan... ba'zan. 3. Zidlov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq. II.Ergashtiruvchi bog'lovchilar. 1. Aniqlov bog'lovchilari: ya 'ni, -ki (-kirn). 2. Sabab bog'lovchilari: chunki, shuning uchun, zeroki. 3. Shart bog'lovchilari: agar, agarda, agarchi. 4. Chog'ishtiruv bog'lovchilari: go'yo, go'yoki. Teng bog'lovchilar,ergashtiruvchi bog'lovchilarning ma'no va vazifa tomoni, imlo xususiyatlari formal tilshunoslikdan darslik va qo'llanmalarda atroflicha bayon etilgan.
Bog'lovchi-yuklamalarning mohiyati. Ammo ayrim so'zlarning bog'lovchilik tabiatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bog'lovchilarning miqdori, ularning mohiyati, turlari hanuzgacha aniq belgilanganicha yo'q. Masalan, chog'ishtirish bog'lovchilariga go 'yo, go 'yoki kiritiladi. Ammo bu so'z gap bo'laklari yoki gaplarni bog'lash uchun xizmat emas, balki o'xshatish, qiyoslash ma'noli konstruktsiyalarda shu ma'noni ta'kidlash uchun xizmat qiladi, o'xshatish, qiyoslash ma'nosi esa boshqa vositalar bilan ifodalanadi: Beda orasi juda issiq, go 'yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (Oyb.) Nay sadosining mayin to'lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go'yo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi. (Oyb.) Ushbu misollarda o'xshatish, qiyoslash -dek qo'shimchasi va kabi so'zi bilan ifodalanyapti, go'yo esa shu ma'noni ta'kid-layapti. Demak, go'yo ta'kid yuklamasi hisoblanadi. Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Balki qo'llanishidagi ba'zi xususiyatlariga ko'ra, zidlov bog'lovchila-ridan farq qiladi. Zidlov bog'lovchilari ko'pincha qo'shma gap qismlarini bog'laydi, balki yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut bo'Idi, lekin (ammo, biroq) yomg'ir yog'madi. Bu misolda zidlov bog'lovchisi o'rnida balki so'zini qo'llab bo'lmaydi. Balki so'zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gaplarda gumon, qarama- qarshilik ma'nolarini ta'kidlash uchun qo'llanadi;... .toping, balki tanishlaringiz border.Bu gap menga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. O'z-o'zidan anglashiladiki, balki sof bog'lovchi bo'lolmaydi, bog'lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklamalar sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o'tish va bog'lovchi-yuklama, ko'makchi-bog'lovchi kabi oraliq hodisalar hosil qilish yordamchi so'zlar tabiatiga xos xususiyat bo'lib, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo'li sanaladi. Ham... ham biriktiruv bog'lovchisi ta'kid qo'shimcha ma'no bo'yog'iga ega, na...na esa inkor ma'nosim ifodalaydi, -mi so'roq - taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog'lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog'lovchi-yuklamalar hisoblanadi. Chunonchi, Na so'zlarida ma 'no bor, na ishlarida hayo. (O.) 2.Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. (Maq.) 3.Ubir gapni aytdimi, albatta, qiladi.
Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o'zbek tili bog'lovchilarining ma'no va xususiyatlan tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog'lovchilar bilan bog'hq masalalarni to'g'ri va to'la hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masalalardan biri sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1.I.Karivov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., 2008.
2. NigmatovX.G., Funktsionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix
pamyatnikov, X-XP v.v.,T.,1989.
3. Nurmonov A va boshqalar. O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi.
T.,1992.
4. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh. Grammatik kategoriya
muammosiga doir ayrim mulohazalar. // O’TA, 1998, 6-son.
5. Rahmatullayev Sh. "O’zbek tilida tobe boglanishning turlari. T.,1993.
6. Sayfullayeva R., Abduzalova M. Gapning eng kichik kurilish
qoliplari haqida.//O’TA, 1991, 5-son.
7. Solntsev V.M Yazik kak sistemno-strukturnoe obrazovanie M., 1977.
Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə