Leksemalaning ma'noviy


Bog'Iovchi va uning shakliy ko'rinishlari



Yüklə 130 Kb.
səhifə8/10
tarix16.05.2023
ölçüsü130 Kb.
#110662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ko’makchi

Bog'Iovchi va uning shakliy ko'rinishlari. Bog'lovchilar ham ko'makchilar kabi sintaktik aloqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog'lovchilar gap bo'laklari, qo'shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqalarni, grammatik munosabatini ko'rsatadi. Bog'lovchilar-ning mohiyati, o'zbek adabiy tilidagi bog'lovchilarning turlari, bu turlarga oid so'zlar tilshunosligimizda keng o'rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog'lovchilarning turlari va bu turlarga qaysi so'zlar mansubligi masalasida turlicha nuqtayi nazarlar bor, ya'ni bir ishda bog'lovchi deb berilgan birlik boshqa ishda yuklamalar qatoriga kiritiladi, ko'makchi deb berilgan birlik bog'lovchi deb tan olinadi. Bog'lovchilarga oid so'zlarning aniq
belgilanmaslik sababi ularning lisoniy jihatdan o'rganilmagan-ligida bo'lsa kerak.
Bog'lovchilarni ham ko'makchilar singan shakliy jihatdan uch guruh (sof bog'lovchilar, nisbiy bog'lovchilar, qo'shimcha-simon bog'lovchilar) ga ajratib o'rganish lozim. Sof bog'lovchilar guruhiga faqat bog'lovchi vazifabida qo'llaniladigan va, hamda, yo, yoxud, yoki, ammo, lekin, biroq, chunki, shutting uchun, agar, ya'ni kabi yordamchi so'zlar xos. Qo'shimchasimon bog'­lovchilar guruhiga -ki (-kirn) va ham bog'lovchi, ham yuklama vazifasida kela oladigan -u (-yu), -da, -mi qo'shimchalari mansubdir. -u (-yu), -da qo'shimchalarinmg bog'lovchi vazifa-sini to'la-to'kis bajanshi qator manbalarda qayd etilgan, -mi qo'shimchasida ham bog'lovchilik xususiyati borligini YOmg'ir yog dimi, hamma joy nam bo 'ladi, Karim keldimi, to 'polon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qo'l-langan -mi qo'shimchasi ta'kid ma'nosini voqelantirgan holda sodda gaplami bir-biriga bog'lash funksiyasini bajaryapti. Nisbiy bog'lovchilarga mustaqil so'z turkumlaridan o'sib chiq-qan, "oraliq uchinchi" tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bo'lgan ba'zan, bir, vaqtida, hali goh, (goho) kabi so'zlarning takroriy shakli misol bo'ladi. CHunonchi, I.Ba'zan Qoratoyning ishxonasida, ba'zan choyxonada tunabyurdi. (Oyb.) 2Jkki kundan beri goh savalab, goh shiddat bilan yog'ayotgan yomg'ir hammayoqni ivitib yubordi. (A.Qah.^ 3. Vaqtida qor yog'adi, vaqtida yomg'ir. Bu gaplarda qo'llanilgan ba'zan, goh (goho), vaqtida so'zlarining vazifalari bog'lovchilarga juda yaqin.
Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi; Brigadada mehnat yaxshi uyushtirilmadi. Natijada hosil kam bo 'Idi; Azimboy ко 'p zulm о 'tkazdi. Oqibatda xalqning sabr kosasi to 'Idi gaplaridagi u, natijada, oqibatda so'zlari birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog'lab kelmoqda. Demak, u, natijada, oqibatda so'zlari ham nisbiy bog'lovchilar sirasiga kiritilsa to'g'ri bo'ladi. Ikkinchi gapning mazmuni birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi so'zlar nafaqat so'ziarni, hatto gaplar va main qismlarini ham bog'lashga xizmat qiladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilidan darslik va qo'llanmalarda bog'lovchilarning vazifa jihatidan turlari quyidagicha belgilan-

Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə