Leksemalaning ma'noviy



Yüklə 130 Kb.
səhifə4/10
tarix16.05.2023
ölçüsü130 Kb.
#110662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ko’makchi

Yordamchi
so'z turi

Sof yordamchi so'z

Qo'shim
chasimon
yordamchi
so'z

Yarim
Yordamchi so'z

Ko'makchi

kabi, singari, sari,
Sayin, dovur, uchun,
Orqali

-dek, -day,
dayin, -cha

old, oldin, orqa,
qarshi, avval,
bo'ylab, ko'ra,
qarab, tomon

Bog'lovchi

va, hamda, ammo,
lekin, biroq, chunki,
shuning uchun, agar,
go'yo, toki, basharti,
garchi, xoh, dam,
yoki, yoxud, yo

-ki, (-kim), -
u, -yu, -da

vaqtida, bir,
ba'zan, gohida

Yuklama

axir, xatto, faqat,
ham, naq, go'yo,
go'yoki, atigi

-mi, -ku,
gina, -u, -yu, -
da, -a, -oq,
(-yoq), -dir

yolg'iz, ba'zan,
bir

Jadvaldan ko'rinib turganidek, yordamchi so'zlar salmog'i mustaqil so'zlar hisobidan ortib boradi. Yordamchi so'zlarning boyishida yana bir yo'l ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o'tishidir, aniqrog'i, "oraliq hodisa" xususiyatiga ega bo'lgan ko'makchi-bog'lovchi, bog'lovchi-yuklamalarning mavjudligi. Masalan, bilan, deb, deya kabilar ko'makehi-bog'lovchilardir. Ushbu ko'makchilarning bog'lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisadir. Ammo lekin bu ishni
paysalga solish qo'llanilgan, ya'ni vazifasida kelgan.
Bugungi kunda yordamchi so'zlarni har tomonlama
o'rganish, ularni lisoniy tahlil qilish davom etmoqda.
Ko'makchilar yordamchi so 'larning bir ko'rinishi sifatida. Turkiy tillarda (jumladan, o'zbek tilida ham) ko'makchilar ko'p yillardan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo'lib kelmoqda. O'zbek tilidagi ko'makchilarga birinchi bo'lib mukammal ta'rifni A.N.Kononov bergan: "Ko'makchilar shunday bir gruppa so'zlarki, ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol - vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo'nalish, o'xshatish kabi munosabatlarning yaratilishida xizmat qiladi". Sh.Shoabdurahmonov ham o'zining "Yordamchi so'zlar" asanda ko'makchilarga xuddi shunday ta'rif bergan: "Ko'mak­chilar ob'ektning ob'ektga yoki obyektning predikatga bo'lgan turh grammatik munosabatlarini ko'rsatuvchi yordamchi so'zlardir". Darhaqiqat, ko'makchilar orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma'nolarini aniqlash, to'ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko'makchi bog'lovchi va yuklamalardan farq qiladi. Ko'makchilar ma'no va vazifa jihatidan kelishik qo'shimchalariga yaqin turadi. Shuning uchun ba'zan kelishik shakllaridan anglashilgan ma'no ko'makchi bilan ham lfodalanadi (Mashinada keldim - mashina bilan keldim. Ukarnga oldim- ukam uchun oldim kabi). Lekin bular kelishik affikslariga qaraganda ma'noni aniq, konkret ifodalaydi.
Ko'makchilarning shakliy xususiyatiga ko'ra turlari. Ko'makchilar shakliy va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bo'linadi:

  1. sof ko'makchilar;

  2. yarim ko'makchilar;

d) qo'shimchasimon ko'makchilar.
Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan uchun, bilan, sari,
qadar, kabi, singari, sayin, or- qali so'zlari sof ko'makchilar bo'lib, ular tobe so'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiladi. Sof ko'makchilar boshqa so'zlarga birikkan holda turli munosabatlami anglatadi. Jumladan, bilan ko'makchisi o'zbek tilida asosan ko'makchi, ba'zan bog'lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko'makchi turi bugungi kunda yordamchi so'zlardan binning o'rnida ikkinchisi qo'llanilishi nuqtayi nazaridan ko'makchi-bog'lovchi atamasi ostida ham o'rganilmoqda. Bilan yordamchi-sining etimologiyasi haqida prof.A.N. Kononov, V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrlarini e'tiborga olib, uning birlan so'zidan kelib chiqqamni aytgan. Bilan yordamchi-sining birla, birlan, bila, Ha, -la shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko'ra ko'proq poeziyada uchraydi. Chunonchi, Baxt Ha to lib-toshgan go 'zal oy deraza tagida о 'sgan daraxt barglarida mudrab yotadi . (R.Tag.) Bu ko'makchi quyidagi ma'nolarm bildiradi:

  1. biror harakatning bajarilishida shaxs, predmetlarnmg birgaligini bildiradi: Ко 'pchilik bilan odam о 'zini kuchli sezadi.

  2. harakatni bajarishda vosita ma'nosmi bildiradi: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi. (P.Qod.)

  3. payt ma'nosim ifodalaydi: Qo'ng'iroq chalinishi bilan о 'qituvchi sinfga kirdi.

  4. sabab ma'nosini bildiradi: Ular: "Gulnor o'z ajali bilan o'ldi... ", -deyishdi. (Oyb.)

  5. harakatning bajarilishidagi holatni ifodalaydi: Onamning mehr bilan boqib turgan ко 'zlarini bir umr unuta olmasam kerak.
    (Oyb.)

Bilan ko'makchisi keng tarqalgan yordamchi so'zdir. Uning bog'lovchilik, ko'makchilik tabiati olimlanmiz orasida tortishuvlarning bo'lishiga sabab bo'lgan. Shu boisdan "... va, bilan, hamda, shuningdek so'zlari hozirgi o'zbek adabiy tilida teng bog'lovchilarning biriktiruv bog'lovchilari turiga kiradi" degan fikr ham ilgan surilgan. Ammo bu o'rinda shuni qayd etish kerakki, bog'lovchi vazifasidagi bilan ning va, ham biriktiruv bog'lovchi-laridan farqlanadigan o'ziga xos xususiyatlari bor:
- «birgalik» ma'nosi bilan yordamchisi uchun xos: Chodir
sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib о 'yin qildi (M.Ism.). Ushbu misoldagi bilan o'rnida va ni qo'llasak, yuqoridagi ma'no kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohida-alohida o'ynagani ma'nosi lfodalanadi.
- va, ham bog'lovchilari uyushib kelgan fe'l kesimlarni bog'laydi, ammo bilan da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va о 'qiydi. Lola ishlaydi ham о 'qiydi. Ammo Lola ishlaydi bilan o'qiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. Bilan ning grammatik vazifasi bog'lovchi va ko'makchi vazifasida kela olishidir; shunga ko'ra, bilan boshqa ko'makchilardan farqlanadi. Shuning uchun bilan ko'makchisini ko'makchi-bog'lovchi termini bilan ataganimizda uning barcha xususiyatlari namoyon bo'ladi. Bu ko'makchi turi gapda vosita ma'nosmi bildirganda to'ldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildirganda hoi vazifalarida keladi.
Uchun ko'makchisi atalganlik (Yo'lchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi (Oyb.)), maqsad (Hamma xalq ochdan о 'Imaslik uchun bir amal-taqal qilib turibdi (Oyb.)), sabab {Kampirning ahmoqligi yo dushmaningizning ig'vosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi? (A. Qah.)) evaz (E 'tibo-ringiz uchun rahmai) kabi ma'nolarda qo'llanilib, to'ldiruvchi, maqsad, sabab holi vazifalarida keladi.

Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə