Leksemalaning ma'noviy


Nisbiy ko'makchilar haqida



Yüklə 130 Kb.
səhifə7/10
tarix16.05.2023
ölçüsü130 Kb.
#110662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ko’makchi

Nisbiy ko'makchilar haqida. Mustaqil so'zlarnmg "nomustaqillik" belgisiga nisbatan mo"tadilligi sababli mustaqil so'zlar ichidan nisbiy yordamchilar ajralib chiqadi. Nisbiy ko'makchilar bir xususiyati bilan "ma'noviy mustaqil", ikkinchi xususiyati bilan "ma'noviy nomustaqil" leksemalarga o'xshab ketadi va "oraliq uchmchi" guruhini hosil qiladi. Leksemalar nomustaqil leksema sifatida voqelanganda leksema sememasi o'z muayyanhgini kuchsizlantiradi va semema grammatik ma'no sifatida voqelanadi. Chunonchi, quyidagi gaplarda ifodalangan ko'ra leksemasining ma'nolarim qiyoslashga harakat qilamiz: 1. YAxshi-yomonni ко 'ra-ko 'ra odamning yaxshimi, yomon ekanini tez ajratib oladigan bo'lib qolgan. (A.Qah.) 2. Qalandarovdan shikoyat boshlashdan ко 'га ко 'proq bu noqulay ahvoldan chiqish uchun ... (A.Qah.) 1-gapda qo'llanilgan ko'ra «ko'z bilan ko'r-moq, kuzatmoq» semasiga ega bo'lsa, 2- gapda «ko'rish» semasi kuchsizlangan va «chog'ishtirish, qiyoslash» grammatik ma'nolarini voqelantirgan. 1-gapda qo'llanilgan «ko'ra» ko'rmoq fe'lining ravishdosh shakli bo'lsa, 2-gapda fe'l ko'makchi sifatida tobela-nish munosabatini hosil qilgan. Qolgan nisbiy ko'makchilar ham xuddi shunday xususiyatlarga egadir. Old, oldin, or qa, ro 'para, qarshi, avval, keyin, so 'ng, oxir, tomon, ost, ust, tag, tepa, yon, uch, ich, o.'rta, ora kabi o'rin va payt ma'noli otlar, bosh, qosh, lab, og'iz, oyoq, qorin kabi tana a'zolari nomlari, qariyb, bo'ylab, boshlab, ko'ra, deya, deb, atab, o'xshab kabi ravishdoshlar juda ko'p hollarda ko'makchi vazifasida keladi va ko'makchilar xazinasining boyishiga sabab bo'ladi. Bunday hollarda bu so'zlar nisbiy yoki yarim ko'makchi sanalib, o'zi birikib kelgan so'z bilan birgalikda bir gap bo'lagi, ko'pincha, hoi bo'lib keladi. Ko'makchilardan bilan, uchun, kabi, singari, yanglig', sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog'li, bo'ylab, haqida, to'g'risida kabilar o'zlari birikib kelgan so'zlarga hech qanday qo'shimchasiz bog'lanadi; tomon, qadar, qarshi, qaraganda, doir; binoan, qaramay kabi ko'makchilar o'zlari birikib kelgan so'zdan -ga qo'shimchasini qabul qilishm talab qiladi: qonunga binoan, ukasiga qaraganda, baxtga qarshi; so'ng, keyin, boshqa, tashqari, buyon, avval, ilgari, boshlab ko'makchilari -dan qo'shimchali so'zlar bilan birikadi: bundan avval, о 'qishdan keyin, tanaffusdan so 'ng kabi. Ko'makchilarning grammatik munosabatni yaratib, kelishik qo'shimchalariga o'xshash vazifani bajarishi haqida yuqorida qisman aytib o'tilgan edi. Darhaqiqat, ko'mak­chilar shu xususiyati bilan ham boshqa yordamchi so'zlardan farq qiladi. A.N.Kononov ta'biri bilan aytganda, ko'makchilar ko'p hollarda kelishiklarning dubleti sanaladi. Masalan: Ukamga oldim - Ukam uchun oldim. Siyohda yozdi - Siyoh bilan yozdi. Telefonda gaplashdi - Telefon orqali gaplashdi. Akamni gapirdi -Akatn haqida gapirdi.

Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə